Latifalardan oling!  ( 313737 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:28:03

Axmoq

Mahmud va Ahmad uchrashib qolishdi. Mahmud jahl bilan dedi:
- Sen kecha meni nega sharmanda qilding? Hammaning oldida ahmoq deding-a "¦
- Kechirasan, men buning sir ekanini bilmabman.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:28:10

Lentaga o’ralgan pul

Restoranda bir xo’randa to’satdan o’rnidan turdi-da qichqirdi:
- Kim lentaga o’ralgan pul yo’qotdi?
- Men yo’qotdim, men, - deya o’rnidan turdi bir kishi.
- Mana, lentasini topib oldim"¦

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:28:19

Yer yuzida eng sovuq joy

O’qituvchi :
- Ayting-chi, yer yuzida eng sovuq joy qayer?
O’quvchi:
- Bizning sinfxona!

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:28:28

Masala

Bir bola do’konga kirdi:
- Bir kilo non qancha turadi?
- 16 tiyin.
- Bir kilo qand-chi?
- 82 tiyin.
- 2 kilo non bilan 2 kilo qand necha pul bo’ladi ?
- 1 so’m 96 tiyin.
- 3 so’m bersam, qancha qaytim berasiz ?
- 1 so’m 4 tiyin .
- Shularni daftarimga yozib bering.
Sotuvchi yozib beradi. Bola daftarni olib, jildiga solarkan deydi :
- Rahmat. O’qituvchimiz uyga bergan masala edi.
Yechildi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:28:38

Filni nima qilasan?

Eh do’stim, qani endi bitta filni sotib olishga yetgulik pulim bo’lsa!
- Aqldan ozdingmi, filni nima qilasan?
- Menga fil kerak deyayotganim yo’q. Shuncha pulim bo’lganda edi, deyapman, xolos.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:28:47

Ajoyib usul

Jurnalist jinnixona bosh vrachidan so'radi:
- Jinnilarga uyga ketish uchun ruxsat berish masalasida qanday testdan foydalanasizlar?
- Biz vannani suvga to'ldirib, yoniga choy qoshiq va katta krujka qo'yamiz va vannani suvdan xalos qilishni buyuramiz.
- Albatta, aqli bo'lsa, katta krujkani oladi.
- Yo'q, aqli bo'lsa, probkani olib tashlaydi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:28:58

shdan ketasan!

Graf xizmatkor ayolni chaqirib dedi:
- Ertaga qaynonam keladi. Mana senga uning suyukli ovqati yozilgan ro'yxat.
- Xo'p bo'ladi, janob!
- Bilib qo'y, agar shulardan birontasini tayyorlasang, shu zahoti ishdan ketasan.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:29:10

Mahbus bilan uchrashsam bo'ladimi?

- O'rtoq nazoratchi, men mahbus Toshmatov bilan uchrashsam bo'ladimi?
- U kechagina ozodlikka chiqdi. Endi bir oydan keyin kelasiz.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:29:25

Piyonistalar kimlar?

- Dada, piyonistalar kimlar?
- Hov anavi to'rtta daraxtni ko'rdingi? O'shalarni sakkista ko'radiganlar piyonistalar, o'g'lim!
- Tushundim-ku, dada, ammo u yerda to'rtmas, bor-yo'gi ikkita daraxt bor, xolos.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:29:34

Kameridagi ikki mahbus

Ikki mahbus kamerida o'tirib gaplashishyapti:
- Sen ilgari kim eding?
- Talaba
- Nimaga qamashdi?
- Bir soat darsni qoldirganim uchun.
Yolg'gon gapirma. Buning uchun qamashmaydi.
- Nimaga tushunmaysan. Men shu mahal bankni o'mardim.

:) :) :)

Qayd etilgan