Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim
Madaniyat
Latifalardan oling!
Latifalardan oling! ( 299799 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
...
109
B
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 13:28:58
— Hoy, qizim, uyimizga kimni yetaklab kelding?
— Oyijon, bu kishi mening bo‘lg‘usi birinchi erim
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 13:29:32
— Yaxshi qiz, siz hayvonlarni sevasizmi?
— Nima, bu gapingiz bilan menga turmush qurishni taklif etayapsizmi?
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 13:29:59
Talaba:
— Domla, menga yana bitta qo‘shimcha savol bering!
— Xo‘p, ayting-chi, qayta topshiriladigan imtihonlar shartlaridan boxabarmisiz?
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 13:30:11
— Do‘xtir, kirsam maylimi?
— Sizni nima bezovta qilayapti?
— Besh yuz dollar.
— Shunaqami? Unda kiring!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 16:39:31
Okulist huzurida.
— Do‘xtir, uylanganimdan so‘ng mening ko‘rish qobiliyatimda muammolar yuzaga keldi... Men pulni umuman ko‘rmaydigan bo‘lib qoldim.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 16:39:53
Avtohalokatga uchrab boshidan oyog‘igacha doka bilan bog‘lab tashlangan yigit yotgan yerida vrachdan so‘radi:
— Do‘xtir, aniqlab ko‘ring-chi, mabodo mashinam qattiq shikast yemaganmikan?
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 16:40:29
— Do‘xtir, men kechalari shu qadar qattiq xurrak otayapmanki, hatto o‘zimning xurragimdan o‘zim uyg‘onib ketayapman. Nima qilay?
— Boshqa xonaga o‘tib uxlang!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 16:40:48
— Do‘xtir, xotiramni yo‘qotib qo‘ydim.
— Qachondan beri?
— O‘n sakkizinchi mart, soat to‘qqizdan besh daqiqa o‘tgandan boshlab
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 16:41:15
Juhud ayolidan qo‘shnining o‘g‘li so‘radi:
— Roza xola, Abram uydami?
— Voy, u hozir ovqatlanayapti. Seniyam qorning ochib ketgandir-a, bolam?
— Ha.
— Bor, sen ham uyingga kirib ovqatlanib chiqa qol!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 16:44:05
Juhud xotiniga dedi:
— Bugun Rabinovichning do‘konidan go‘sht sotib olmagin!
— Nega?
— U bizning tarozimizni ijaraga olgan.
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
...
109
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc