Latifalardan oling!  ( 313731 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 B


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:10:16

Muallima o‘quvchidan so‘radi:
— Bir timsoh janubga, bir timsoh g‘arbga qarab uchdi. Qani, shunga ko‘ra mening yoshim nechadaligini aytib beringlar-chi!
Eshmat:
— Yoshingiz 28 da!
— Ie, qanday topding buni?
— Uyda dadam meni ahmoqroqsan deb urishadi. Mening yoshim esa 14 da. Demak, to‘liq ahmoq 28 da bo‘ladi-da!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:15:53

— Kecha ishdan ertaroq kelgandim, yaramas xotinim qandaydir ingliz bilan xufiyona uchrashayotganining ustidan chiqib qoldim.
— Xo‘sh, o‘sha inglizga nima deding?
— Nima deyman? Axir, inglizcha birontayam so‘zni bilmayman-ku!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:17:22

— Allo, bu hayvonlarni himoya qilish jamiyatimi?
— Ha, nima bo‘ldi?
— Bog‘imdagi daraxtlardan biriga pochtachi chiqib olib itimni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilayapti! Yordam beringlar!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:18:08

Gazetadagi maqoladan:
— Shahrimizda jinoyatchilikka butkul barham berildi. Kecha so‘nggi bezorini qandaydir manyaklar o‘ldirib ketishdi...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:18:47

— Do‘xtir, nega xafasiz?
— Bugun mijozim olamdan o‘tib qoldi.
— Ana, bu sizga bir maktab bo‘ladi endi! Xizmat haqini oldinroq olib qo‘yish kerak edi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:19:50

Jarroh narkozdan so‘ng ko‘zini ochgan bemorga dedi:
— Operatsiya muvaffaqiyatli kechdi!
— Rahmat, do‘xtir!.. Lekin men... santexnikman... Sizlarning kraningizni ta’mirlash niyatida bu yerga kirgandim.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:20:54

Yangi o‘zbek uzoq yillar ko‘rmagan maktabdosh do‘stini uchratib qolib so‘radi:
— Xo‘sh, gapir, nima bilan bandsan hozir?
— Ko‘cha savdosi bilan shug‘ullanayapman.
— Vo, zo‘r-ku!.. O‘rtacha ko‘cha qanchadan tushayapti?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:22:11

Starshina safdagi askarlarni oshxonaga olib ketardi.
— Bir, ikki! Bir, ikki!..
Shu payt to‘rt-besh yoshlar oralig‘idagi bir bolakay kelib unga dedi:
— Amaki, men sanay qolay?  O‘ngacha sanashni bilaman!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:25:06

Shahar chetidagi posyolkalardan birida yashovchi yangi o‘zbek qo‘shnisiga qichqirdi:
— Hoy, oshna, qaynonang timsohlarim suzib yurgan basseynga tushib ketdi. Qutqarib olmaysanmi?
— Timsoh seniki! Kerak bo‘lsa, o‘zing qutqar!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:25:58

Chekish ayvonchasida polkovnik ofitserlarga latifa aytib berayapti. Hamma qotib-qotib kulardi-yu, birgina leytenant kulmasdi. Polkovnik undan so‘radi:
— Leytenant, nega kulmayapsiz?
— O‘rtoq polkovnik, men boshqa qismdanman!

Qayd etilgan