Latifalardan oling!  ( 313146 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 102 103 104 105 106 107 108 109 B


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:32:42

Direktor yangi kotibaga suq bilan tikildi.
— To‘rtta farzand bor, — deydi  kadrlar bo‘limi xodimi qulog‘iga shivirlab.
— Bunday bo‘lishi mumkin emas, — deydi direktor hayron bo‘lib.
— Uning emas, sizning bolangiz bor...

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:37:13

— Meni nima uchun ishdan bo‘shatishganiga sira tushunolmayman. Axir men hech nima qilganim yo‘q-ku!
— Xuddi shuning uchun ham seni bo‘shatishgan-da!

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:38:52

Ko‘pqavatli uyning yettinchi qavatida turadigan bir xasis eng yuqori qavatning tomiga chiqib, televizor antenasini o‘rnatayotgan edi, qulab ketdi. U yerga uchib tushayotib, o‘z xonasi derazasi oldidan baqirib o‘tdi:
- Xoti-i-in! Men ketyapman, tushki ovqatni o‘zingga loyiq qil!

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:44:32

Oshiq yigit ma’shuqasiga dil izhori qilyapti:
- Azizam, dunyoda men uchun eng qimmatli narsa o‘zingizsiz...
- Nima bo‘ldi, mashinangizni sotib yubordingizmi?

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:44:43

- Kecha xotinim mushukni o‘rmonga olib borib, adashtirib keling degan edi.
- Xo‘sh, adashtirib keldingmi?
- E-e, qayoqda, o‘zim mushukning orqasidan zo‘rg‘a uyimni topib keldim.

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:44:52

Xotin mashina  haydab ketayotgan eriga aql o‘rgata boshladi:
- Burilish chirog‘ini yoq! Tormozni tuzukroq bos! Bunaqa keskin burilmagin-da!
- Iltimos, ovozingni o‘chir! Sening vazifang — YPX xodimiga iljayib qarash, xolos.

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:46:06

Urush vaqtida bir general juda chiroyli, yosh qizga uylandi.
- Do‘stim, senga juda achinaman,- dedi bir do‘sti.
- Nega bunday deysan?
- Chunki endi sen ikkita frontni qo‘riqlashingga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:47:14

— Qara-chi, to‘qayda bir hayvonni otuvdim, nimaykin?
— Eshmat ekan, pasportida shunday deb yozilibdi.

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:47:34

— Sir saqlay olasanmi?
— Bo‘lmasam-chi, maoshim oshganiga besh yil bo‘ldi, haligacha xotinim bilmaydi.

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:48:25

— Bilasanmi, mening xotinim — farishta.
— Baxtli ekansan. Meniki haliyam hayot.

Qayd etilgan