Latifalardan oling!  ( 313546 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:32:01

— Aka, sizning uyingizda pashshalar juda ko‘p ekan. "œVarr-varr" uchishib, menga tinchlik berishmayapti, — dedi akaga ukasi.
— Men ham bu holdan hayronman. Ular qayerda notoza joy bo‘lsa, qo‘nib olishaveradi, — dedi unga javoban akasi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:32:10

Nabira: — Bobojon, nima uchun sochlaringiz oqu mo‘ylovingiz qora?
Bobo: — Mening mo‘ylovim sochlarimdan yigirma yosh kichkina-da.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:32:24

— Hozirgi yoshlar juda bo‘lmag‘ur kiyinadilar-da! Masalan, manavi yigitni qarang...
— Bu mening qizim-ku.
— Kechirasiz, men sizni uning otasi ekanligingizni bilmabman.
— Otasi emas, onasiman!..

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:32:31

— Bu qanday gap? Sizning kuchugingiz mening jo‘jamni yeb qo‘ydi.
— Aytib qo‘yganingiz uchun rahmat. Bugun unga ovqat bermaydigan bo‘ldim.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:32:38

— Allo, doktor, tezroq keling! Erimning issig‘i qirq besh darajaga chiqib ketdi.
— U holda, azizim, "œtez yordam" naf bermaydi! O‘t o‘chiruvchilarga qo‘ng‘iroq qiling.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:32:47

— Toshbaqani nimaga uyga olib kirding?
— U rostdan ham ikki yuz yil yashaydimi-yo‘qmi, shuni tekshirib ko‘rmoqchiman, oyijon.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:33:03

So‘rab chekuvchi

— Onasi, hoy onasi, qo‘shnim Xoldor sigareta chekishni tashlabdi.
— Juda yaxshi bo‘pti-da, chekmasa foydasi borligini biladi-da. Siz ham tashlang, adasi.
— Yo‘q, unga foyda bo‘lgani yo‘q, menga yaxshi bo‘ldi, demoqchiman.
— Nega?
— Chunki u har kuni mendan olib chekardi-da.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:33:10

O‘rganib qolaman-da...

— Oshna, kimda sigareta ko‘rsang: «Chekishdan ol» deb bezor qilasan. O‘zing sotib olib, yoningda olib yursang bo‘lmaydimi?
— E, og‘ayni, bunaqada ashaddiy kashanda bo‘lib qolaman-ku!

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:33:21

Yordamlashvoraman

— Hoy, menga qara, nega doim Orifning sigaretasidan so‘rab chekaverasan?
— E, shuni ham bilmaysanmi? Unga yordamlashvoraman.
— Tushunmadim, bu nima deganing?
— Bilasanmi, yigirma dona sigaretani bir o‘zi cheksa, shuncha nikotin unga salbiy ta’sir qilmaydimi?

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:33:29

Chekmasam, yo‘talaman

— Oshna, muncha ko‘p yo‘talasan, ko‘p chekasanmi, deyman-a?..
— Yo‘q, do‘stim, chekmasam yo‘talaman.

:) :) :)

Qayd etilgan