Latifalardan oling!  ( 313279 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:33:37

— Siz qizimning qo‘lini so‘radingiz-a?
— Shunday.
— Oilani ta’minlashga qurbingiz yetadimi, axir?
— Albatta!
— O‘ylab ko‘ring yaxshilab, biz qizimiz bilan besh jonmiz.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:33:45

— Bu qanday mo‘jiza, sen uylanding, ammo hamon cho‘ntaging pulga to‘la?
— Buning bitta siri bor.
— Xo‘sh!
— Cho‘ntagimga quyon terisidan qirqib, solib qo‘ydim. Bir marta cho‘ntagimni kovlagan xotinim buni kalamush deb o‘yladi shekilli, qaytib bu ishni qilmaydigan bo‘ldi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:33:52

— Dugonajon, senga qanday erkaklar yoqadi, puldorlarimi, hazilkashlarimi?
— Albatta, hazilkashlari.
— Ya’ni?
— Axir puli bo‘lmagan kishining ko‘ngliga hazil sig‘armidi?

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:34:00

— Qizim, nega bunchalik menga o‘shqirasan?
— Voy, oyijon, kechirasiz, men xayolparishonlik qilib, sizni qaynonam deb o‘ylabman.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:34:07

Kechasi navbatchi militsiyaning telefoni jiringladi:
— Iltimos, o‘tinaman, darhol yetib keling! Xonada mushuk yuribdi.
— Esingiz joyidami? — deb e’tiroz bildirdi xodim. — Arzimagan gap uchun qo‘ng‘iroq qilgani uyalmaysizmi? Kim bu gapirayotgan?
— To‘tiqushman!

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:34:15

Chaqmoq chaqinidan cho‘chigan bolakay dadasining pinjiga suqilarkan so‘radi:
— Dadajon, osmonda nima bo‘layapti o‘zi?
— Ikkimizni suratga olishayapti.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:34:44

Psixiatrga bemor murojaat qilibdi:
— Do‘xtir, bedavo dardga yo‘liqdim. O‘zimga-o‘zim ikki kishi bo‘lib ko‘rinaman.
— Hech narsani tushunmadim, — dedi do‘xtir, — bitta-bitta gapiringlar.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:35:07

— Allo, bu hayvonlarni qo‘riqlash jamiyatimi?
— Xuddi shunday?
— Iltimos, birorta xodimingizni bu yoqqa jo‘natsangiz! Hovlimizdagi daraxtga pochtachi chiqib olib, itimizni rosa haqoratlayapti!

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:35:18

— Men xotinim bilan ajrashishga mutlaqo roziman! — dedi sudyaga er. — U yotoqxonaga o‘zining o‘rgatilgan echkisini olib kiradi, koshkiydi, buning hidiga chidab bo‘lsa!
— Oynani ocha qolsangiz bo‘lmaydimi? — e’tiroz bildirdi sudya.
— Nima? Echkini deb mening kabutarlarim uchib ketsinmi?

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:35:25

Dorixona sotuvchisi mijozga dedi:
— Men sizga tavsiya qilgan zaharli dorilar harqalay sichqonlarni kamaytirishga yordam berayotgandir.
Mijoz:
— Ha, juda yaxshi, dorini tatib ko‘rgach, sichqonlar shu darajada semirib ketishdiki, oqibatda inlariga sig‘may qolishdi va mushuk kemiruvchilarni osongina tutmoqda.

:) :) :)

Qayd etilgan