Latifalardan oling!  ( 313217 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:35:34

Bog‘chaga bolasini olib ketishga kelgan otadan so‘radilar:
— Qaysi biri sizniki?
— Nima farqi bor, ertalab yana olib kelaman-ku?!

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:35:41

— Ayting-chi, ayollar yotoqxonasi erkaklarnikidan nimasi bilan farq qiladi?
— Ayollarnikida idish-tovoqlar ovqatlanib bo‘lingach, yuviladi. Erkaklarnikida esa ovqatlanishdan avval.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:35:48

— Menga qara, qarindoshing uch oydan beri biznikida yashayapti, qachon unga insof kiradi? — dedi jahl bilan xotin eriga.
— Men bo‘lsam, uni sening qarindoshingmi deb o‘ylabman, — javob qildi er.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:35:59

Yosh yigit sevgan qiziga dedi:
— Ayt-chi, sen boy ahmoqqa turmushga chiqarmiding?
— Bir narsa deyish qiyin, o‘zi sening qancha puling bor

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:36:11

Yosh o‘qituvchi ayol dugonasiga dedi:
— O‘quvchilarimdan biri doimo darsda shovqin ko‘taradi, bu bilan nafaqat mening, partadoshining ham asabiga tegadi.
— Uning birorta yaxshi jihati bormi?
— Bor, afsuski u sira dars qoldirmaydi!

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:36:19

— Ofitsiant, mening sho‘rvamda pashsha bor ekan! — dedi xo‘randa ishtahasi bo‘g‘ilib.
— Yaramas, nihoyat qo‘lga tushibdi-da.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:36:28

— Qizim, toshbaqani nimaga uyga olib kirding?
— Dada, u rostdan ham ikki yuz yil yashaydimi-yo‘qmi, shuni tekshirib ko‘rmoqchiman.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:36:34

— Siz nimaga besh soatdan beri yoqilg‘i quyish shahobchasi yonida turibsiz?
— Bu yerda chekish taqiqlangan, men esa chekishni tashlashni judayam xohlayman.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:36:41

Bir kuni chivin motosikl minib ketyatkanakan, ko'ziga pashsha kirib ketibdi. :)

:) :) :)

Ikkita baliq cho'milgani borishgan ekan, suv yo'qakan, qaytib kelishibdi :)

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:36:50

— Tug‘ilgan kuningga ota-onang nima sovg‘a qilishdi?
— Ho‘v anavi kumushrang Mersedes-600ni ko‘ryapsanmi?
— Ha, juda zo‘r mashina ekan!!!
— Xuddi shunaqa rangdagi kepka sovg‘a qilishdi.

:) :) :)

Qayd etilgan