Latifalardan oling!  ( 313195 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:39:11

Askar yaxshi ko‘rgan qizidan xat olibdi. Unda qiz boshqa yigitni sevib qolganini va rasmini qaytarib jo‘natishni iltimos qilgan ekan. G‘amga botgan askar harbiy qismdagi hammadan qizlarning keraksiz rasmlarini yig‘ib olibdi-da, «Sevgilim, afsuski, bulardan qaysi biri sen ekanligingni eslay olmayapman. O‘z suratingni olib, qolganini qaytarib yubor», degan yozuv bilan jo‘natib yuboribdi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:39:18

Yaponlar o‘g‘ri ushlaydigan robot ixtiro qilishipti. Natija: Yaponiyada 5 daqiqa ichida 100 ta o‘g‘ri ushlanibdi. Amerikada 5 daqiqa ichida 200 ta o‘g‘ri qo‘lga tushibdi. Rossiyada 5 daqiqa ichida robotni o‘g‘irlab ketishibdi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:39:34

Mezbon: — Qo‘ziqorin solib beraymi?
Mehmon: — Yo‘q, rahmat, men qo‘ziqorinlarni terishni yoqtiraman.
Mezbon: — Xohishingiz. Yerga tashlab berishim ham mumkin.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:39:44

Institutda sessiya. Talaba bitta biletni qo‘liga olibdi — bilmaydi. Ikkinchisini — bilmaydi. Uchinchi bilet — yana o‘sha ahvol. To‘rtinchisi, beshinchisi... Professor reyting daftarchasiga «3» baho qo‘yib beribdi. Boshqa talabalar hayron bo‘lishganini ko‘rib, domla debdi: «Nimadir qidirayaptimi, demak nimanidir bo‘lsa ham biladi!».

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:39:52

Eshik ochilib, xonaga yigit kirib kepti:
— Salom, dadajon!
Otasi berilib kompyuterda internet titkilib o‘tiribdi. Boshini burmay:
— Qaerda yuribsan?!
— Armiyada, dada...

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:40:01

Aqlli lug‘at

Boshqotirma — shampun
Sizdan ugina, bizdan bugina — boks
Talantli inson — yubilyar
Yuksakdagi ayol — alpinistka

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:40:08

Bir kishi oltin baliq tutib olibdi:
— Kichkina bir zavod, uy va mashina xohlayman.
Baliq:
— Yaxshi, tanla — kreditgami yo lizing asosidami?
— Yaxshisi sen tanla — seni qovurib yesam yaxshimi yo qaynatibmi?

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:40:22

Bir kishidan so‘rashibdi:
— Siz nega aroq ichasiz?
— Suyuq bo‘lganligi uchun-da...
— ?! Agar qattiq bo‘lganida-chi?
— Chaynab yerdim.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:40:30

Ko‘prikda sayr qilib yurgan generalning qarshisidan oddiy askar chiqib qolibdi. Shaharga aylanishga chiqqan askar indamay o‘tib ketmoqchi bo‘libdi.
Shunda general:
— Siz qanday askarsiz o‘zi?! Nega harbiy salom bermadingiz?
Askar:
— Ustavning 147-bandiga asosan, ko‘prikda salom berish mumkin emas, o‘rtoq general!
General o‘zini yo‘qotib qo‘yibdi va uyga kelishi bilanoq, ustavni titib, undan kerakli bandni topibdi: «147-band. Askar zukko va jur’atli bo‘lishi kerak»...

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:40:38

Ilmiy-tadqiqot o‘tkazayotgan kema bir necha oydan buyon dengizda ekan. Asta-sekin kema xodimlari ichkilikka berilib ketishipti. Kema kapitani bu beboshlikka yo‘l qo‘yish uchun hammani yig‘ibdi va debdi:
— Xo‘sh, ichkilikbozlik avj olayotganiga barham berish maqsadida kemadagi hamma aroqni suvga uloqtirishni buyuraman.
Hamma jim. Shunda orqadan ovoz kepti:
— Nima ham derdik. Kapitan aytdimi, demak aroqlarni suvga uloqtirishimiz kerak.
Hamma bir ovozdan o‘sha tomonga baqira ketipti:
— G‘avvoslar jim bo‘lsin! Ularga so‘z berganimiz yo‘q!

:) :) :)

Qayd etilgan