Latifalardan oling!  ( 313343 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:40:47

Daydi-tilamchi bir eshikni taqillatgan ekan, eshikni bir kishi ochibdi. Daydi «Bir burda tort bering, iltimos» debdi. Uy egasi hayron bo‘lib «Sen doim non so‘rarding-ku?!» debdi. Daydi (uyalibgina): «Bugun tug‘ilgan kunim» dermish.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:41:05

AYOLLAR DO‘STLIGI:
Ayol uyiga ertalab keldi, eriga esa dugonasinikida qolganini aytdi. Er uning 10 nafar eng yaqin dugonasiga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rdi va ularning hammasi xotini bu yerda qolmaganini aytishdi.

ERKAKLAR DO‘STLIGI:
Er uyiga ertalab keldi, xotiniga esa o‘rtog‘inikida qolganini aytdi. Xotin uning 10 nafar eng yaqin o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rdi. Ulardan beshtasi eri rostdan ham shu yerda tunaganini, qolgani u haliyam shu yerda ekanini aytishdi.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:41:14

Yaqinda bir do‘kon ochishibdi. Bu yerda ayollar hamma narsa, hatto o‘ziga er sotib olishi ham mumkin ekan. Kiraverishda quyidagi qoidalar yozilgan ekan: 1. Siz do‘konimizga bir marta kirishingiz mumkin. 2. Do‘konda 6 ta qavat bor, erkaklarning sifati qavatma-qavat oshib boradi. 3. Siz bitta qavatda faqat bir erkakni tanlashingiz yoki yanada yuqoriga ko‘tarilishingiz mumkin. 4. Pastki qavatga qaytish taqiqlanadi.
Bir ayol o‘ziga umr yo‘ldoshi topish maqsadida o‘sha do‘konga kiripti.
1-qavatda «Ishlaydigan erkaklar» degan yozuvni ko‘rib, 2-qavatga ko‘tarilipti. Bu yerda «Ishlaydigan, bolalarni sevadigan erkaklar» degan yozuv bor ekan. 3-qavatga chiqipti va «Ishlaydigan, bolalarni sevadigan va juda chiroyli erkaklar» degan yozuvni o‘qipti. «Buni qara!», deya o‘ylab-o‘ylab, navbatdagi qavatga chiqishga qaror qilibdi. 4-qavatdagi yozuv: «Ishlaydigan, bolalarni sevadigan, juda chiroyli va uy ishlarida yordam beradigan erkaklar». «Bo‘lishi mumkin emas!», debdi u. Ammo rosa ikkilanib, 5-qavatga chiqibdi. Bu qavatda «Ishlaydigan, bolalarni sevadigan, juda chiroyli, uy ishlarida yordam beradigan va romantik erkaklar» degan yozuvni o‘qipti. Ayol shu yerdan tanlashni juda xohlabdi-yu, baribir o‘zini tiyib tura olmapti. Oltinchi — so‘nggi qavatda esa mana bu yozuvni o‘qipti: «Siz bu qavatdagi 31 million 456 ming 112-ayolsiz. Bu yerda erkaklar yo‘q. Bu qavat ayol kishining istaklari hech qachon tugamasligini isbotlash uchun xizmat qiladi. Do‘konimizga xush kelibsiz!».
Xuddi shu do‘kon qarshisida «Xotinlar do‘koni» ochishibdi. 1-qavatda «Chiroyli ayollar», 2-qavatda «Chiroyli va boy ayollar». Uchinchi va boshqa qavatlarga do‘kon ochilganidan buyon hech kim kirmas emish.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:41:27

SUDDAGI HAZILLAR

Massachusets shtati (AQSh) da olib borilgan sud jarayonlarida berilgan savollarni eshitsangiz, ular rostdan ham aytilganiga shubha bilan qaray boshlaysiz. Advokatlar tomonidan guvohlar, jabrlanuvchi va ayblanuvchilarga berilgan bu savollar shtat advokatlarining Massachusetts Bar Association Lawyers Journalidan olindi:
1. Doktor, agar inson tushida vafot etsa, bu haqda u ertalabgacha bilmaydi, to‘g‘rimi?
2. Sizning yigirma yoshli o‘g‘lingiz necha yoshda?
3. Siz o‘zingizmidingiz yoki yolg‘izmidingiz?
4. Urushda kim o‘lgan edi, sizmi yoki akangiz?
5. U sizni o‘ldirdimi?
6. Mashinalar to‘qnashgan paytda bir-biridan qanchalik uzoqda edi?
7. Siz ketguningizga qadar o‘sha yerda bo‘lganingiz rostmi?
8. Ayting-chi, guvoh, siz necha marta o‘zingizni o‘ldirgansiz?
9. SAVOL: U uchta bolam bor, deb aytdimi?
JAVOB: Ha.
SAVOL: Ulardan nechtasi o‘g‘il?
JAVOB: Birontasi ham o‘g‘il emas.
SAVOL: Qizlar nechta?
JAVOB: ...
10. SAVOL: Siz zinapoya yerto‘laga tushib ketgan edi demoqdasiz-a?
JAVOB: Ha.
SAVOL: Undan yuqoriga ko‘tarilish mumkinmidi?
JAVOB: ...
11. SAVOL: Janob, siz aytyapsizki, o‘sha paytda asal oyiga ketgandingiz, to‘g‘rimi?
JAVOB: Ha, aynan shunday.
SAVOL: Sizning yangi yosh xotiningiz ham birga ketdimi?
JAVOB: ...
12. SAVOL: Nikohingiz nega to‘xtatildi?
JAVOB: Xotinim vafot etganidan so‘ng.
SAVOL: Qaysi xotiningiz?
JAVOB: ...
13. Sizni binoning ichida suratga tushirishgan paytda siz o‘sha yerda edingizmi?
14. SAVOL: Siz o‘sha odamni tasvirlab bera olasizmi?
JAVOB: Ha. U kishi o‘rta bo‘yli, soqolli edi.
SAVOL: Ayolmidi yoki erkak?
JAVOB: ...
15. SAVOL: Sizdan nima so‘ralsa ham, og‘zaki javob bering, yaxshimi? Xo‘sh, qaysi maktabda o‘qigansiz?
JAVOB: Og‘zaki.
16. SAVOL: Doktor, siz jasadni yorgan paytingizda uning yurak urishini tekshirdingizmi?
JAVOB: Yo‘q.
SAVOL: Qon bosimini o‘lchadingizmi?
JAVOB: Yo‘q.
SAVOL: Nafas olishini tekshirdingizmi?
JAVOB: Yo‘q.
SAVOL: Demak, bemor jasad yorilgan paytda tirik bo‘lishi mumkin ekanda?
JAVOB: Yo‘q.
SAVOL: Nega bu qadar ishonch bilan aytayapsiz?
JAVOB: Chunki uning miyasi stol yonidagi bankaning ichida edi.
SAVOL: Shunga qaramay, bemor tirik bo‘lishi mumkinmidi?
JAVOB: Agar u advokat bo‘lsa!

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:41:36

Xotin: Agar men kutilmaganda o‘lib qolsam, yana uylanasanmi?
Er: Yo‘q albatta!
X: Yo‘q? Nega yo‘q? Sen xotinli bo‘lishni yomon ko‘rasanmi?
E: Buning nima aloqasi bor?
X: Nega aloqasi bo‘lmas ekan, nima uchun oila bilan yashashni istamaysan? Sen nikohni qadrlamaysan!
E: Xo‘p, yaxshi, uylanardim. Agar senga shu ma’qul bo‘lsa...
X: (xafa bo‘lib) Ha... demak uylanarding...
E: Ha, o‘zing aytyapsan-ku!
X: U ham shu uyda yasharmidi?
E: Qaerda yashaydi, bo‘lmasa?
X: Rasmlarim o‘rniga ham uning rasmlari bo‘ladimi?
E: Menimcha, ha.
X: Unga mening mashinamni ham berarmiding?
E: Yo‘q, u mashina haydashni bilmaydi hali...
X: (jim)
E: O‘h..........

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:41:44

Fakultet dekani talabaga dedi:
— Asqarbek, kecha qizlar yotoqxonasida sizni ko‘rib qoldim. Qoidamizga ko‘ra, 2000 so‘m jarima to‘lang. Agar bu hol yana takrorlanadigan bo‘lsa, endi 5000 so‘m jarimaga tushasiz.
— Domla, biz madaniyatli va ishbilarmon insonlarmiz. Bir semestr uchun abonement qancha turadi?

:D :D :D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:41:51

Yo‘l harakati nazorati postida bir mashinani to‘xtatishibdi va yukxonasini tekshirishibdi. Qarashsa, yukxonada 10 ta katta pichoq turganmish.
DAN xodimi: Buncha pichoqni qayoqqa olib ketyapsiz?
Haydovchi: Men jonglyorman, tsirkda ishlayman, pichoqlarni otib o‘ynataman.
DAN xodimi: Ishonmayman, qani bir ko‘rsatib bering-chi.
Haydovchi katta yo‘l chetida turib, pichoqlarni otib, o‘ynata boshlabdi.
Yo‘ldan o‘tib ketayotgan mashina ichidagi haydovchi yonida o‘tirgan xotiniga dermish:
— Xudoga shukr, yaxshiyam ichishni tashlaganim. Buni qara, qanday testlar o‘ylab topishibdi.

:D :D :D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:43:06

Bir kishining oldiga o‘rta yoshlardagi chiroylikkina ayol kelib dedi:
— Kechirasiz, menimcha, siz bolalarimdan birining otasisiz shekilli...
Kishi dahshatga tushib:
— Men?!
— O‘zingizni bosing, men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman.

:D :D :D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:43:15

— Doktor, men o‘lyapman. Siz menga yordam bermaysizmi?
— Albatta yordam beraman.

:D :D :D

— Allo! Birinchi, Birinchi! Quruvchilar ko‘chasidagi 5-uyning pod’ezdida qotillik sodir etildi! Voy, yana bir qotillik! Ie, yana bir!.. Ey, xudoyim, bu avtomat qanday o‘chiriladi, o‘zi?!

:D :D :D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:43:24

Askar komandir oldiga kelib dedi:
— Menga ta’til bermasangiz bo‘lmaydi. Xotinim farzand ko‘rishi kerak.
Komandir unga javob beribdi; bir haftadan so‘ng askar qaytib kelibdi.
— Xo‘sh, oddiy askar Oqilov, o‘g‘ilmi yo qizmi?
— 9 oylardan keyin bilamiz, o‘rtoq komandir.

:D :D :D

Qayd etilgan