Latifalardan oling!  ( 313814 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 109 B


mubashshir  11 Iyul 2006, 08:10:15

Bir o'zbek Sibiriya o'lkalrida sovuqdan titrab, aylanib yurib bir rus kishisini ko'rib qolibdi. U muzqaymoz yeb yurgan ekan. O'zbek hayrin bo'lib unga debdi:" Hamma joy qor, sovuq bo'lsa, nega shu qahratonda muzqaymoq yeysan?"
Rus kishi o'zbekka heyron bo'lib qarab:" Seni nima ishing bor, nega aralashsan? Ahir yozda, ayni chillada siz o'zbeklar issiq-issiq choy ichasizlar, biz aralashmaymiz-ku",- debdi. ;) ;) ;)


Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:30:13

Bir kishi sabzavotlar do‘koniga kirib sotuvchidan so‘radi:
— Sizda bodring bormi?
— Yo‘q!
— Pomidor-chi?
— Yo‘q!
— Karam ham yo‘qmi?
— Bu yer sabzavotlar do‘koni, ma’lumotlar byurosi emas! — deb javob berdi ensasi qotgan sotuvchi.

 ;) ;) ;)

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:30:50

Xotin eriga o‘shqirdi:
— Sizga turmushga chiqqan paytimda ko‘zim ko‘r, qulog‘im kar bo‘lgan ekan!
— Bundan xursand bo‘lishing kerak, men seni ana shu kasalliklardan qutqardim!

;) ;) ;)

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:31:17

Ikki o‘rtoq suhbatlashyapti:
— Mening xotinim doimo «pul bering, pul bering» deyaveradi.
— Shuncha pulni nima qiladi?
— Xudo biladi, hali biror marta pul berganim yo‘q!

;) ;) ;)

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:31:24

— Chekish va ichishning sog‘liqqa zarari to‘g‘risida juda ko‘p o‘qidim. Bas, endi yig‘ishtiraman.
— Bir yo‘la ham chekishdan, ham ichishdan qutular ekansiz-da?!
— Yo‘q, o‘qishni to‘xtatmoqchiman!

;) ;) ;)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:10:23

BEZORILAR DARDLASHUVI

— Qanday yashayapsan, do‘stim? — deb hol-ahvol so‘radi bir bezori ikkinchisidan.
— Sekin-asta. O‘zimni yomon his qilsam, «tez yordam» olib ketadi, agar «hushyor» holatda bo‘lsam, militsiya mashinasida aylanaman, — deb javob qildi ikkinchisi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:10:30

GLOBUSNI KO‘RMAGANMISAN?

Jajji bolakay otasidan so‘radi:
— Dada, odamlar yer sharining dumaloqligini qayoqdan bilishadi?
— Globusni ko‘rib, shunday xulosaga kelishgan.

:) :) :)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:10:38

* * *

Militsiya xodimi shirakayf bo‘lib ketayotgan kishini to‘xtatib so‘rabdi:
— Qayerga ketyapsiz?
 — Qayerga bo‘lardi, uyga. Yangi yil bazmini o‘tkazib, kulbai vayronamizga ketayapmiz.
— Nimalar deyapsiz, hozir aprel oyi-ku!
—   Shuning uchun shoshilyapman-da, uydagilar xavotir olayotgandir-ov.

:) :) :)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:10:46

— Sen gazetadan nimani qirqib olayapsan? — so‘radi bir kishi ikkinchisidan.
— Xotini cho‘ntagini kovlagani uchun ajrashishga ariza bergan erkak haqidagi maqolani.
— Xo‘sh, uni nima qilmoqchisan?
—   Cho‘ntagimga solib qo‘yaman.

:) :) :)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:10:53

YAXSHISI, PRYANIK OLING

Xaridor sotuvchidan so‘radi:
— Pryanigingiz yangimi?
— Yo‘q, eskiroq edi.
— Pechene-chi?
— Yaxshisi, pryanik ola qoling...

:) :) :)

Qayd etilgan