Latifalardan oling!  ( 297388 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 109 B


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:11:00

PIYODA YURMAGAN MA’SHUQA

Yigit qizdan so‘radi:
— Azizam, sen menga qadar ham birortasi bilan  yurganmisan?
— Albatta yo‘q, axir ularning hammasida mashina bor edi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:11:07

* * *

Elektr ustasi shogirdiga dedi:
— Anavi simni olgin-chi.
— Oldim. Endi nima qilay?
— Hech nima sezmayapsanmi?
— Yo‘q.
—   Yaxshi, demak, narigi simda 220 volt tok bor.

:) :) :)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:11:15

O‘qituvchi o‘quvchidan so‘radi:
— Tug‘ilgan kuning qachon?
— Beshinchi avgust.
— Qaysi yili?
— Har yili!

:) :) :)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:11:22

* * *

— Buva, yomonlikka yaxshilik qilish kerakmi? — dedi nabira buvasiga.
— Ha, to‘g‘ri.
—   Bo‘lmasa, menga pul bering, muzqaymoq olib yeyman. Ko‘zoynagingizni sindirib qo‘ydim.

:) :) :)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:11:29

— Oilada kim boshliq? Sizmi, eringizmi? — deb so‘radi bir ayol ikkinchisidan.
— Albatta, erim, u mening aytganlarimning barchasini so‘zsiz baja-
radi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:11:37

* * *

Yoqilg‘i quyish shaxob-
chasiga kirib kelgan boyvuchcha boshliqdan so‘radi:
— Sizga xodimlar kerak emasmi?
— Yo‘q, bizda shtatlarning barchasi band.
— Jiddiy aytayapsizmi?
— Xuddi shunday.
— Unda xodimlaringizdan biri bakimga to‘ldirib benzin qo‘ysin!

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:16:02

«AYB»SIZLAR

Mashina halokati sodir bo‘ldi. Undagi uch kishining esxonasi chiqib ketdi. DAN xodimi hoziru-nozir bo‘lib:
—Mashinani kim haydagan? — dedi.
—Hech kim, - dedi ular bir ovozdan.
— Biz hammamiz orqa o‘rindiqda edik.

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:16:31

ICHIB TAMOM QILISHSIN

Ota o‘g‘lidan so‘radi:
—Akvariumning suvini yangilab turibsanmi?
—Yo‘q, hali baliqlar suvni ichib tamom qilishmadi-ku, - deya javob berdi bola.

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:17:00

BAXTLI LAHZALAR

—Bizni kuzatishingiz shart emas, ovora bo‘lmang! — dedi mehmon mezbonga.
—Ovorasi bor ekanmi, men mehmonlarni kuzatsam, o‘zimni baxtli sezaman! — dedi mezbon ham bo‘sh kelmay.

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:17:29

TANASI BOSHQA DARD BILMAS

Tish doktorining kabinetiga ikki qiz kirib keldi. Ulardan kattarog‘i qat’iy qilib dedi:
— Doktor, tishni olib tashlash kerak. Faqat og‘riqsizlantirishga vaqtni behuda o‘tkazmang. Judayam shoshib turibmiz.
— Judayam botir ekansan-ku, qani og‘zingni och-chi!
— Men emas, sherigim! Qani, o‘tir kresloga! — dedi haligi qiz.

:) :) :)

Qayd etilgan