Latifalardan oling!  ( 313256 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 109 B


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:17:45

HAYRATOMUZ SAVOL

Bir kishi Nasriddinni yo‘lda uchratib, so‘radi:
— Eshitishimcha, qo‘shningiz aqldan ozganmishmi?
Nasriddin javob berish o‘rniga o‘ylanib qoldi.
— Tinchlikmi, savolim yoqmadi shekilli.
— Yo‘q, gap unda emas, qo‘shnim avvaldan aqlsiz bo‘lsa, qanday qilib yana aqldan ozishi mumkin? — deya javob berdi Nasriddin.

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:18:01

Aksinchadir?

—Afsuski, siz mening so‘nggi pesamni tomosha qilmadingiz. Kassa shu qadar tirband bo‘ldiki... — dedi dramaturg do‘stiga mamnuniyat bilan.
—Balki ular kassadan pullarini qaytib olish uchun tirband bo‘lishgandir!

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:18:16

Maxbusning shikoyati

Vrach: —Nimadan shikoyatingiz bor?
Bemor:—Meni kimdir kuzatayotganga o‘xshaydi.
Vrach: —Anchadan beri shundaymi?
Bemor: —Qamoqxonadan qochib chiqqanimdan beri!

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:18:36

Ishdan bezgan ota o‘g‘liga uqtirdi:
— Agar meni ishxonadan so‘rab telefon qilishsa, yo‘qman!
Telefon jiringlaydi, bola ko‘taradi:
— Allo, dadangni chaqir!
— Dadam ishxonadan kimda-kim so‘rasa, meni yo‘q deb aytinglar, degan. Ishonmasangiz, mana o‘zidan so‘rang!

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:18:46

***
Ona o‘g‘lidan so‘rayapti:
— Sinflaringda yalqov, dangasalar bormi?
— Qaydam!
— Kim dars payti qo‘l qovushtirib, butun sinfni kuzatib o‘tirsa, shu o‘quvchi  tanbal-da...
— O‘qituvchimiz shunaqa qiladi!

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:19:01

BIRGALIKDA QILINGAN XATO

— O‘g‘lim, shunchalik ham ko‘p xatoga yo‘l qo‘yasanmi? Yozgan inshoingni ko‘rib, xatolar ko‘pligidan ko‘zim tinib ketyapti! — dedi ota bolasining daftarini varaqlab past bahoni ko‘rarkan.
— Dada, axir bu inshoni ikkalamiz birga yozgan edik-ku?

:) :):)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:19:43

TALVASA

Xotin: — Azizim, mashinamiz yaroqsiz holga keldi! Karbyurator suv ichida!
Er: — Karbyuratorda suv! Axir bu kulgili-ku?
Xotin: — Men sizga aytdim-ku, karbyurator to‘liq suv ichida!
Er: — Aqlingni yeb qo‘yganmisan, qanday qilib, qani o‘zim ko‘ray-chi? Karbyurator qanday qilib suv ichida bo‘lishi mumkin, aqlim bovar qilmayapti! Aytganday, mashinaning o‘zi qaerda?
Xotin: — Suv havzasida!

:) :) :)

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:20:28

***

Tunda tentirab ketayotgan mast kishini militsiya xodimi to‘xtatdi:
— Shu ahvolda qayoqqa ketyapsiz?
— Ichkilikning zarari haqidagi suhbatni tinglashga!
— Xo‘sh, yarim kechasi sizga bu leksiyani  kim o‘qiydi?
— Xotinim-da!

:) :) :)

Qayd etilgan


Shahina  20 Oktyabr 2006, 02:48:02

Ma’lumki, qovoq terisi o‘ta sezuvchan bo‘ladi. Garnir laboratoriyasi bu muammoning yechimini topdi:
«Biz sizning ko‘zlaringizni boshqa joyga ko‘chiramiz.»

:) :) :)

Qayd etilgan


Shahina  20 Oktyabr 2006, 02:48:30

*  *  *
Mashingangizga nimadir urilsa, darhol tushib qarang. Agar oldindan urilgan bo‘lsa, pul yo‘qotasiz. Mabodo orqangizdan urishgan bo‘lsa, baxtingiz. Sizga pul berishadi.

:) :) :)

Qayd etilgan