Latifalardan oling!  ( 278030 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 109 B

Shahina  20 Oktyabr 2006, 02:50:05

*  *  *
E’lon:
Ayol bilan tanishaman. U uy yig‘ishtirish, ovqat tayyorlash, tikish-bichish va mashina haydashni bilishi lozim. Xohlovchilar mashinasining rasmini jo‘natsin.

:) :) :)

Qayd etilgan

Shahina  20 Oktyabr 2006, 02:50:44

*  *  *
— Siz nega xotiningiz cho‘kayotganida qutqarmadingiz?
—   Men uning cho‘kyotganini qaydan bilay? Har doimgidek qichqirayotuvdi.

:) :) :)

Qayd etilgan

Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:25:31

—   Ser, tezroq turing, uyg‘onsangiz-chi?
—   Nima gap? Nima bo‘ldi?
—   Uyqu dori ichadigan vaqtingiz bo‘ldi.

:) :) :)

Qayd etilgan

Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:25:45

* * *

Ikki ko‘r ko‘chada borardi. To‘satdan biri ikkinchisining oyog‘ini bosib oldi. Shunda sherigi dedi:
— Ko‘chadan o‘tgan ayollarga alanglamay, ko‘zingga qarab yursang bo‘lmaydimi?

:) :) :)

Qayd etilgan

Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:25:54

* * *

Falsafadan ma’ruza bo‘lyapti:
—   O‘zi nohaq bo‘lsa-yu, buni tan olsa, unday odam donishmand. O‘zi haq bo‘lsa-yu, raqibiga yon bersa, bunday odam...
—   Uylangan odam, — dedi kimdir zaldan.

:) :) :)

Qayd etilgan

Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:26:12

* * *

Xizmat safarida yurgan er kun bo‘yi uyiga telefon qilishga urindi. Lekin uyidagi telefon doimo band bo‘ldi. Toqati toq bo‘lgan er xotiniga telegramma jo‘natdi: "œTrubkani joyiga qo‘y!"

:) :) :)

Qayd etilgan

Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:26:29

* * *

Bir shifokor qiziqchi do‘stining tarvuz bilan asal yeyayotganini ko‘rib:
—   Yeyayotganlaring bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, senga zarar yetkazishi mumkin, — dedi.
Shifokor ertasiga o‘sha do‘stining kasal bo‘lib qolganini eshitib, uni ko‘rgani kelibdi.
—   Men senga tarvuz bilan asal to‘g‘ri kelmaydi, deb ogohlantirgan edim-ku.
—   Aksincha, ular bir-biri bilan inoq bo‘lib ketishdi. Til biriktirib, endi meni halok qilishmoqchi, — debdi bemor.

:) :) :)

Qayd etilgan

Nodi  24 Oktyabr 2006, 20:26:41

* * *

O‘quvchi o‘qituvchidan so‘radi:
—   Ustoz, nimaga bizda quloq bitta emas, ikkita?
O‘qituvchi javob qildi:
— Yaxshiyam, qulog‘ing ikkita. Agar bitta bo‘lsa, gap qay biridan kirib, qay biridan chiqib ketardi...

:) :) :)

Qayd etilgan

Abdullox  24 Oktyabr 2006, 23:40:59

    Mark Tven xayotidan qiziqarli lavxalar. 
     Jurnalist:
     70 yil umr ko'rishingizga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz ?
     Mark Tven:
     70 yil oldin tug'ilganim bo'lsa kerak.
  -------------------------------------------------------------------------
      Uquvsiz shoir:
       Nima deb o'ylaysiz ,she'rlarimga yana ozgina olov bag'ishlasammikan?
      Mark Tven:
       Ko'proq olovga she'rlaringizni bag'ishlasangiz aqlliroq ish qilgan bo'lardingiz
---------------------------------------------------------------------------
      Bir kuni Mark Tven nomiga " cho'chqa" so'zidan bo'lak xech narsa yozilmagan xat keldi.Ertasi kuni gazeta nashrlarida Mark Tvenning xat egasiga quyidagicha jabobi bosib chiqarildi : " Menga doim imzosiz xatlar jo'natishar edi , ammo ilk imzoli xatni qo'lga kiritdim".
---------------------------------------------------------------------------
       Bir boy odam yozuvchi Mark Tvenga shunday deb qoldi: " Menimcha , dunyodagi eng axmoq odam xam sizning ustingizdan kulishga jur'at eta olmatdi. Shunday emasmi ?"
       Mark Tven : Qo'ysangizchi ustimdan kulayapsizmi ?
---------------------------------------------------------------------------
       Jurnalist:Chekishni tashlash nixoyatda qiyin va u inson irodasiga bog'liq deyishadi . Shunga qanday qaraysiz ?
       Mark Tven:To'g'risini aytsam , chekishni tashlashdan osoni yo'q bu dunyoda . Masalan ,men bu ishni xar kuni 5-6 marotalab qilaman.
---------------------------------------------------------------------------
                                              "INTELEKT" gazetasidan olindi.

Qayd etilgan

Shoxjahon12  25 Oktyabr 2006, 11:49:41

:))))))))

Qayd etilgan