Latifalardan oling!  ( 279350 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 109 B


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:30:09

Usta ancha vaqt avtomobilning tagida ivirsib yurdi, keyin motorini titkiladi, keyin turib shapkasini oldi, boshini qashladi-da, mashina egasiga dedi:
— Agar, bu avtomobilingiz ot bo‘lgani-da, uni otib o‘ldirishni maslahat berardim.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:30:22

*    *    *

Professor:
— Imtihon vaqtida talabalar qaysi so‘zni ko‘proq ishlatishadi.
— Bilmayman.
— Barakalla, juda ham to‘g‘ri topdingiz.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:30:38

*    *    *

Sudya:
— Nega ovchilar jamiyatiga a’zo bo‘lmay turib, quyonni o‘ldirdingiz?
— Nega mening oilam a’zosi bo‘lmay turib quyon mening dalamdagi karamni yeydi.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:30:47

*    *    *

Boks hakami sanayapti:
— Bir, ikki, uch ...
— Menga qara, — deb shivirlaydi sekundant cho‘zilib yotgan bokschiga. Sakkizgacha turma.
— Yaxshi deb inqillaydi bokschi. Hozir soat necha bo‘ldi.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:30:58

*    *    *

Marsellik ikki kishi uchrashibdi:
— Atlantika okeanini tasavvur qila olasanmi?
— Ha, albatta.
— Men uni ikki marta suzib o‘tganman.
— O‘lik dengizni bilasanmi?
— Ha, bilaman.
— Uni men o‘ldirganman.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:31:07

*    *    *

— Soatingiz necha bo‘ldi?
— Beshtakam.
— Beshtakam necha?
— Bilmayman. Soatimni mili tushib qolgan.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:31:20

*    *    *

— Xo‘sh, kuyovingizdan xursandmisiz?
— Xursandman-u, lekin shaxmat o‘ynashni bilmas ekanda.
— Buni nimasi yomon?
— O‘ynashni bilmasa ham o‘ynarverarkan.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:31:39

*    *    *

Professor: Bir moddada sinil kislotasi bor-yo‘qligini qanday bilsa bo‘ladi?
— Talaba: O‘sha moddadan jindayini olib yalab ko‘rish kerak. Odam  til tortmay o‘lsa, demak, sinil kislotasi bor...

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:31:55

*    *    *

Kupeda ikki yo‘lovchi. Biri ikkinchisiga ancha tikilib turib, dedi:
— Mo‘ylovingiz demasa, siz juda ham xotinimga o‘xshar ekansiz.
— Shunaqami? Menda mo‘ylov yo‘q-ku?
— Xotinimni mo‘ylovi bor-da.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:32:05

*    *    *

Ofetsant! Pashshalaringiz juda jonimga tegdi.
Qaysi biri aniq ko‘rsating, ushlab o‘ldiraman.

:)

Qayd etilgan