Latifalardan oling!  ( 313787 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 109 B


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:32:14

Ikki do‘st uchrashib qoldi:
-Xo‘sh, ahvoling qalay?
-E, nimasini aytasan?! Bir tanishimga plastik operatsiya uchun 10 ming dollar qarz bergandim. Yaramas, basharasini o‘zgartirib olgan, qanday topishni bilmay yuribman.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:32:23

***

Bemorni obdon tekshirgach shifokor uning xotiniga dedi:
-Esingizda bo‘lsin, eringizga dorilardan tashqari butunlay tinchlik kerak.
-Men ham ertayu kech u kishiga tinchlik kerakligini aytaverib, jag‘im charchadi.

:)

Qayd etilgan


Nodi  02 Noyabr 2006, 13:32:34

***

Doktorning yoniga kelgan bemor debdi:
-doktor, uzog‘i bilan ikki hafta yashaysiz, degandingiz. Mana besh oy bo‘ldiki, haliyam tirikman!...
-Hi-m, demak noto‘g‘ri davolabmizda.
-oldingi ish joyingizdan nega ketgansiz?
-Sababi, charchash.
-Qanaqa charchash?
-Bilmadim, rahbarlar, sizdan charchadik, deyishgandi.
-Ayting-chi, siz jinoyatdan tashqari biror foydali ish ham qilganmisiz?-so‘radi sudya jinoyatchidan.
-Bo‘lmasam-chi, mening ketimdan bir emas, o‘nta detektivingiz ish bilan mashg‘ul bo‘lgan-ku, axir,- gerdayib javob berdi u.

:)

Qayd etilgan


Nodi  07 Noyabr 2006, 07:30:31

BALIQNING TOVUSHI

Dadasi Oyshadan so‘radi:
— Hayvonlar qanday tovush chiqaradi?
— Kuchuklar vovullaydi, mushuklar miyovlaydi, ot kishnaydi, xo‘roz qichqiradi, qo‘zi ma’raydi...
— Barakalla, qizim! Baliq-chi, baliq nima qiladi?
Oysha biroz o‘ylanib, so‘ngra shoshilib dedi:
—   Baliqmi, tovada jazillaydi...

:) :) :)

Qayd etilgan


Nodi  07 Noyabr 2006, 07:31:08

MEN KUTUBXONADA QOLDIM, SIZ QAYERDASIZ?

Yarim kechasi kutubxona xizmatchisining telefoni jiringladi. Bir bola:
— Amaki, kutubxona qachon ochiladi?
— Ertalab to‘qqizda.
— Ertaroq ochishning iloji yo‘qmi?
— Yo‘q. Roppa rosa 9.00 da ochiladi. Siz nega yanada ertaroq kelishni istayapsiz?
— Qanaqa kelish, amaki?! Men kutubxonadaman. Uyga ketishim kerak.

:) :) :)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  16 Noyabr 2006, 14:56:35

"O'zi bitta,ko'zi mingta" topishmog'ining yangicha javobi:
- Ko'pchilikdan qarz olgan odam!

Qayd etilgan


Abdullox  16 Noyabr 2006, 22:34:51

Ikkinchi jahon urushi davri.SSSR yutqizmoqda.Rus generali o'ylab-o'ylab bir qarorga keldi.
 - Agar kimda kim fashistlarni asrga olsa xar biriga 5 so'mdan to'liyman , -dedi.
Tojiklar 2  kundan keyin qaytib kelib 5 ta fashistga 25 so'mni olishdi.
Qozoqlar 3  kundan keyin qaytib kelib 7 tasiga 35 so'mni qurttay sanab oldi.
Afandi 1 kunda  100 ta fashist bilan qaytib keldi.Buni ko'rgan General kapalagi uchib dedi:
-- Kel Afandi, popalam qilamiz ,nima deding ?
--E,qanaqasiga axir bularni 3 so'mdan optim zakaz qilib keldim.

Qayd etilgan


Qoidabuzar  17 Noyabr 2006, 03:12:10

- Yahshi qiz, siz ahir anchadan buyon Oq otdagi Shaxzodangizni kutmoqdamisiz?
- Ha.
- Mana , men keldim.
- Zurku, Shaxzoda qani?

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Noyabr 2006, 19:54:42

Bemor vrachga murojaat qilyapti:
-Operatsiya uchun yigirma ming frank olasizmi? Juda qimmat-ku!
-Ana, hamkasabam Dyupon kelyapti. U sizdan bir tiyin ham olmaydi.
-Nahotki? U bepul operatsiya qiladimi?
-Ha. Unga odatda bemorning merosxo’rlari haq to’lashadi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Noyabr 2006, 19:56:59

Dengiz tubida ishlayotgan g’avvosga kemadan telefon orqali habar qilishipti: "œTezroq chiqing, cho’kyapmiz".

***

-Siz bilan sen’or Rossi ko’rishgani keldi, - dedi turma nazoratchisi mahbusga.
-Meni yoq deb qo’ya qolin.

***

-Nega endi siz, miss Djonsning ovoziga shunchalar qoyil qolayabsiz? Miss Smitning ovozi unikiga qaraganda boyroq.
-Miss Smitning ovozi boyroq bo’lsa, miss Djonsning otasi boyroq.

Qayd etilgan