Latifalardan oling!  ( 313791 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 109 B


Mahdiyah  01 Dekabr 2006, 07:44:51

- Shoirning gapi esingizdami? "œSovet kishisining o’z g’ururi bor"?
- Juda to’g’ri. Chunki g’ururdan boshqa hech vaqosi yoq.

***

-Qanday ahmoqni tuzalmas ahmoq deb atash mumkin? — deb so’rashdi bir faylasufdan.
-Bir joyda ikki marta qoqilgan kishini"¦

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Dekabr 2006, 07:45:24

- Kommunizmda muhabbat bo’ladimi?
- Pul bo’lmagandan keyin muhabbat nima qiladi?

***

-Yaxshi qiz, men bilan kinoga tushishni istamaysizmi?
-Istayman.
-Siz o’ylamang, men har qanday qizni ham kinoga taklif qilavermayman.
-Men ham har qanday yigitga yoq deyavermayman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Dekabr 2006, 07:46:03

Tanishganlaridan bir necha oy o’tgach:
-Jonginam, endi meni qarindoshlaringiz bilan ham tanishtirsangiz bo’lardi.
-Bilmadim nima qilsam ekan? Bolalarim hozir qaynonamnikida, xotinim bo’lsa sanatoriyada.

***

Ko’chada ikki odam janjallashyapti:
-Sen eshaksan!
-O’zin eshaksan!
O’tib ketayotgan yo’lovchi ularga depti:
-Qarindosh ekansizlar, janjalga balo bormi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Dekabr 2006, 07:47:06

Voqea Chukotkada bo’lyapti. Har oqshom dengiz sohiliga chukcha keladi-da, Amerika tomonga baqiradi:
-Qashshoqlar!
-Nega qashshoq deysan, bizdan yaxshi yashaydi-ku ular? — deb so’rashdi chukchadan.
-Alyaskani sotib olishgan-ku, Chukotkaga pullari yetmagan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Dekabr 2006, 07:47:44

Oziq-ovqat magazinida bir kampir so’rapti:
-Servilat bormi?
-Yoq.
-Krakov kolbasasi-chi?
-Yoq.
-Chala dudlangan Moskva kolbasasi bormi?
-Yoq, lekin zab xotirangiz bor ekan-da. Qoyil-ye!

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Dekabr 2006, 07:48:11

Siyosiy mashg’ulot vaqtida Mirzayev so’rapti:
-Siz hamma narsa joyida deyapsiz, xosh, yog’ qayoqqa g’oyib bo’ldi?
-O’ylab ko’rib, yanagi mashg’ulotda javob beraman, - depti rahmar.
Yanagi mashg’ulotda boshqa tinglovchi qo’l ko’taripti.
-Siz yog’ qayoqqa g’yib bo’ldi, deb so’ramoqchi bo’lsangiz kerak? — debbi rahmar.
-Yoq. Men Mirzayev qayoqqa g’oyib bo’ldi deb so’ramoqchiman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Dekabr 2006, 07:48:52

Xotinidan ko’ngli qolgan odam do’stidan so’radi:
-Menga qara, agar Izaura haqidagi Braziliya kinosidagidek Odessada ham xotinlarni sotish mumkin bo’lganda, mening xotinim uchun sen necha pul berarding?
-Bir tiyin ham bermasdim.
-Bo’pti, kelishdik deb hisoblayver.

***

- Er bilan director o’rtasida nima farq bor?
- Direktor o’rinbosarini biladi, er — bilmaydi.

***

Tbilisiga kelgan mehmon pivo ichmoqchi bo’libdi. Bu shaharda qaytim berishni yoqtirishmaydi deb eshitgan mehmon pivofurushga bir so’m uzatipti. U 50 tiyin qaytim beripti.
-Sizlarda qaytimni olish qiyin deb eshituvdim.
-E birodar, bugun piv 

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2006, 18:48:13

Bir xotin vrachga kelipti:
-Doktor aytingchi men qaysi hayvon toifasiga mansubman?
-Iye, nima deyapsiz? Siz — odamsiz.
-Yog’-e! ho’rozday saharlab turaman. Zavodda eshshakday ishlayman. Ishdan keyin itday magazinma-magazin izg’iyman. Uyga tuyaday xalloslab kelaman. Uyda ham omahonday tinmayman. Erim kelib "œolib kel ovqatingni, qo’zichog’im" deydi. O’ringa yotgandan keyin ham erim "œsuril, sigirday yalpayib yotmay!" deb ta’na qiladi. Qandoq odam bo’ldim men?

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2006, 18:54:46

Ko’p yillar ona shahrida bo’lmagan bir odessalik Odessga kelipti. Vokzalda poezddan tushib, chemodanni yerga qo’yib, peshonasidagi terlarni artib depti:
-Shahar juda o’zgarib ketipti. Uni taniyolmay qoldim.
Yo’lni davom ettiray deb qarasa, chemodani yoq — allaqachon umarib ketishibdi.
-Lekin odamlarni tanib turipman"¦

***

- O’zi kichkina, shitirlaydi, ko’k, lekin pul emas nima u?
- Yigirma besh so’mlik"¦

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2006, 18:56:18

- Ichasanmi?
- Yoq.
- Chekasanmi?
- Yoq.
- Qimor o’ynaysanmi?
- Yoq.
- Ayollar bilan yurasanmi?
- Yoq.
- Nima balo bironta ham nuqsoning yoqmi?
- Faqat bitta nuqsonim bor.
- Qanaqa nuqson?
- Yolg’onchiman.

Qayd etilgan