Latifalardan oling!  ( 313574 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 109 B


Mahdiyah  04 Dekabr 2006, 18:58:46

Inspector endigina o’rganayotgan haydovchidan so’radi:
-Tasavvur qilingki, tez ketayotganingizda g’ildirak chiqib ketdi. Shunda nima qilasiz?
-Gazni bosib, tezlikni oshiraman-da, g’ildirakka yetib olishga urinaman.

***

Qayoqqa o’qishga kirding?
- Tibbiyot institutiga.
- Yaxshi bo’lipti. Men vetereneriya institutiga kirdim. O’qishni bitirsak, bir-birimizni muolija qilib yuramiz"¦

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2006, 19:00:27

Ikki dugona gaplashyapti:
-Men Olimdan minnatdorman. Sardorni unitishimga yordam berdi.
-Sardor kim?
-Sardormi? Karimni unitishimga yordam bergan yigit"¦

***

Boshliq huzuriga kotibasi bilan xodimini chaqiripti:
Oyimqiz, Mansurov janoblari shikoyat qildi — siz ishga haddan tashqari kalta yubkada kelarmishsiz. Men bunga chidab turolmayman.! Janob Mansurov, ishdan bo’shadingiz.

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2006, 19:03:55

Ikki xotin gaplashyapti:
-Qiziq, ilgari erkaklar ayollarni nimasi bilan maftun qilganiykin?
-Ilgari deganing qachon?
-Pulni ixtiro qilishlaridan avval-da"¦

***

Tibbiyot institutida gigiena darsida:
Professor: Nima uchun biz uyimizni doim toza tutishimiz kerak?
Talaba: Chunki kutilmaganda mehmon kelib qolishi mumkin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2006, 19:05:25

Qanchalik ko’p o’qisak, shunchalik ko’p bilamiz. Qanchalik ko’p bilsak, shunchalik ko’p unutamiz. Qanchalik ko’p unutsak, shunchalik oz bilamiz. Qanchalik oz bilsak, shunchalik oz unutamiz. Qanchalik oz unutsak, shunchalik ko’p bilamiz. Binobarin, o’qib nima qilamiz?

***

Ota: Bilasanmi, Tom, Linkol’n senday vaqtida juda yaxshi o’qirkan. U sinfdoshlari orasida eng a’lochisi ekan.
O’g’il: Ha, shunday. Buni bilaman, dadajon. Axir sizdek vaqtida u Qoshma Shtatlari prezidenti bo’lgan.

***

Bir kishinikiga uzoq qarindoshi mehmonga kelib, rosa yotib olipti. Mezbon qarasa, mehmon hali-beri jo’naydigan emas. Mezbon sha’ma qilipti:
-Bu deyman, bola-chaqalarni ham sog’ingandirsiz?
-Juda sog’indim. Telegramma yubormasam bo’lmadi. Ertaga kelishadi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Dekabr 2006, 19:08:02

Qiz: Ota, qaysi kuni aytgan yigitga turmushga chiqaman.
Ota: Uni faqat o’n kundan beri taniysan-ku? Rostdan uni sevasanmi?
Qiz: Bu mening ishim.
Ota: U-chi? U seni sevadimi?
Qiz: Bu uning ishi.
Ota: Xo’p, qanday yashaysizlar. Ikkovingda ham tiriklikka yashaydigan hech vaqo yoq ku.
Qiz: Bu sizning ishingiz

***

-Nima og’irroq — bir litr suvmi yo bir litr vinomi?
-Bir litr suv, janob o’qituvchi, nega desangiz vino hech qachon to’la bo’lmaydi.

Qayd etilgan


Shahina  04 Dekabr 2006, 23:31:39

YOQIB TUSHDI

Temiryo‘l kassasi oldiga kelgan provodnik navbatda turgan otaxonga yuzlanib dedi:
— Urganchga borsangiz, 4-vagonga chiqavering, sizni biletsiz arzonroqqa olib ketaveraman.
— Yo‘lda tekshiruvchilar chiqib qolishsa-chi?!
— Unda otam deyman, — dedi provodnik hazillashib.
— Rostdanmi, unday bo‘lsa, mayli ketdik o‘g‘lim, axir o‘z otangdan yo‘lkira olmassan, — debdi yo‘lovchi.

Qayd etilgan


Shahina  28 Yanvar 2007, 11:17:08

SOQOL CHIQIBDI

— Dada, makkamizga soqol chiqibdi, — dedi quvonib Jahongir.
—   Aka, makkamizni yaqinda ekdik-ku, tezda qarib qolibdimi-a? — dedi Boburjon.

Qayd etilgan


Shahina  28 Yanvar 2007, 11:17:16

CHAQALOQNING TUFLISI

— Dilnoza, yugur, biznikiga kelinoyim chaqalog‘i bilan keldilar, — dedi Dilafro‘z o‘ynayotgan singlisiga.
Dilnoza yugurganicha ko‘chadan hovliga kirib ayvonda turgan tuflilarni ko‘zdan kechirgach, opasidan o‘pkaladi:
— Nega meni aldaysiz? Axir, chaqaloqning tuflisi yo‘q-ku...

Qayd etilgan


Shahina  28 Yanvar 2007, 11:17:30

CHAQMOQ

Jahongir shoshib hovlidan uyga kirdi:
—Oyi, chaqmoq chaqyapti, — dedi vahima qilib.
—Voy akajon, chaqmoq ham chaqib oladimi? — dedi qo‘g‘irchog‘ini o‘ynab o‘tirgan Maftuna.

Qayd etilgan


Shahina  28 Yanvar 2007, 11:17:43

* * *

— Azizim, karnavalga qanday niqob kiyishimni maslahat berasiz?
—   Juda oddiy, agar yasama soch kiymasang va yasama kiprik qo‘ymasang, seni hech kim tanimaydi.

Qayd etilgan