Latifalardan oling!  ( 313708 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 109 B


Shahina  28 Yanvar 2007, 11:17:54

* * *

— Tushunmay qoldim, sen nega eringdan noliysan? Axir, u senga oylik maoshini bus-butun beradi-ku?
—   Gaping to‘g‘riku-ya, keyin hamma pulni men bilan qarta o‘ynab yutib oladi-da.

Qayd etilgan


Shahina  28 Yanvar 2007, 11:18:04

* * *

— Doim menga yangi palto sotib olaylik, deb sizdan iltimos qilganimda, hamisha bir xil javob olaman, — dedi xotin eriga nolib.
— Chunki sen doimo bir xil narsani iltimos qilasan-da, — dedi eri.

Qayd etilgan


Mahdiyah  20 Fevral 2007, 21:14:09

Hangomalar

Bir odam domladan:
Chivin o’ldirsa, kishining tahorati ketadimi? — deb so’radi.
Domla og’zini javobga juftlaguncha yonidagisi fatvo berib qo’yaqoldi:
- Sizniki emas, chivinniki ketadi.

***

Bir shayx so’rida kitob o’qib o’tirgan edi, sallasiga tepadan yomon narsa tushdi. Shayx osmonda uchib yurgan qushlarga bir qaradi-da, "œXudoga shukr", deb qo’ydi.
Bu gapdan xotini hayron bo’ldi.
- Boshingizga axlat tushsa ham "œXudoga shukr" deysizmi, - dedi.
- Xudoyim sigirlarga qanot berib, osmonda uchirib qo’ymaganiga shukr qilayapman, xotin, - dedi shayx.

***

Bir kishi do’stiga o’sha zamondagi sultonning holidan ajablanib:
- Shuncha jabr-sitam va shakkoklik qilsa ham, unga hech narsa bo’lmaydi-ya?!-debdi.
- Jahannamda tayyorlab qo’yilgan o’rniga hali tayyor bo’lmagandir-da, - deb javob beribdi sherigi.

Musulmonlar taqvim kitobi 2003 (1424) III chorak

Qayd etilgan


Bir muslima  24 Fevral 2007, 23:58:26

Jinni jinnixonaga tushibdi.
Do'xtirla so'rashibdi: -San kimsan?
Jinni: - Man Napaleonman!
Do'xtirla: - Iya, bizada Napaleon bor, san endi ikkinchisisan.
Jinni: - Yo'q, man napaleon tortman!

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Mart 2007, 15:47:55

Mushkul ish.

Bir hukmdor hisob ilmida komil bo'lgan olimga buyuribdi:
- Yurtimizdsagi tentaklarni sanab chiq va menga ro'yhatini keltir!
Olim uzrhohlik qilibdi:
- Hazratim, bu ish amri mahol. Ularning sanog'iga yetmoq bo'lsa juda dushvor. Ammo aql egalarini sanab chiq desangiz, bir zumda buning uddasidan chiqardim...

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Mart 2007, 15:54:17

Gina...

Ro'zg'or tashvishi va xotini harhashasidan yongan bir bechora do'stlaridan gina qilib, shunday degan ekan:
- Biz bo'ydoq bo'lgan kezlarda uylangan birodarlarimiz gungu lol edilar, bu ishni qilma, deb bizga nasihat qilishga yaramadilar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2007, 06:34:38

— Nega ot poygasida qatnashib, sira yutolmaysan-u, karta o’yinida doim omading kelaveradi?
— Sen otni yenging orasiga yashirib qo’y-chi, sig’armikan?

:) :) :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Aprel 2007, 08:57:30

Kashanda

Afandi kashanda ekan. Sigaretning xumori tutibdi. Qarasa cho’ntagida sigaret ham, gugurt ham yo’q ekan. Duch kelgan odamdan ikkalasini birdan so’ragani uyalib shunday debdi:
- Menda gugurt ham yoq ekan, sizda sigaret topiladimi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Aprel 2007, 08:14:11

Qadimda nihoyatda poraxo’r bir qozi o’tgan ekan. Bir kishi uning oldiga arz-dod bilan boribdi. "œTaqsir, najot istab keldim, - debdi u qozining huzurida cho’kkalab. Falonchi mendan olti oy muddatda qaytarib berish sharti bilan 1000 tanga olgan edi. Mana, bir yil bo’ldi, pulimni ololmay xunobman. Yordam qiling".
"œYaxshi, ertaga falon soatda o’sha odamni olib mahkamaga keeling", - debdi qozi. Da’vogar odam uyga borgach o’ylanib qolibdi. Men-ku haqman, lekin bu qozini muttaham, poraxo’r deyishadi. Mayli, sadqai sar, deya qaytib borib, taqsir, mana bu 40 tanga debdi pulni ko’rpachaning tagiga qo’yib"¦
O’sha kuni da’vogarning arz qilganligidan xabar topgan qarzdor shomdan keyin qozining uyiga boribdi. "œTaqsir, - debdi u 100 tanga uzatib. Man bu ona sutidek halol. Iltimos mening foydamga hal qilsinlar. Hamisha xizmatingizdaman".
Ertasi kuni ikkalasi mahkamada hozir bo’lishibdi. Lekin da’vogar quloq solib tursa, qozi ishni qarzdorning foydasiga hal qilayotganmish. Voy padaringga la’nat, imonsiz, - deya yoqa ushlabdi da’vogar odam. O’zim haq bo’lsam, buning ustiga qirq tanga berdim. Yo esidan chiqib qoldimikin? Bir ishora bilan yodiga solib qo’yay-chi, deya xayolidan o’tkazib qoziga murojaat qilibdi. "œTaqsir, so’zlaringizga uncha tushunmayapman. Bundoq qirqib-qirqib gapirsangiz-chi?"
Shunda da’vogarning nimaga sha’ma qilayotganligini tushingan qozi mug’ombirona kulib: "œE, birodar, qirqib-qirqib gapiray desam mana bu kishining "œyuz"idan o’tolmayapman", degan ekan.

"œYigit yig’lamasin dunyoda" yoki "œQasos" Nosir Zohid. 2004 (267 bet)

Qayd etilgan


Fatima  14 Aprel 2007, 14:19:39

Imtixonda hamma imtihonni topshirib bo`lgach,eng oxirgi qatorda bir sodda bola o`ylanib otiribdi,shunda domla uni oldiga chaqirib:Men senga fandan savol bersam baribir bilmaysan,kel senga osonroq savol beraman.Xonada nechta lampochka bor?,bola o`ylanib o`tirganda tepaga qarab lampochkalarni sanab qo`ygan ekan,darhol javob beribdi:8ta domla.Domla shunda e sodda bola 8ta emas 9ta mana 1tasi meni cho`ntagimda deb bolani imtixondan yiqitib yuboribdi.Keyingi imtixonda ham o`sha axvol yana domla bolani oldiga chaqirib e seni tanidim yana senga o`sha savol xonada nechta lampochka bor?,bola darxol 9ta domla deb javob beribdi.Shunda domla e sodda bola bu gal meni cho`ntagimda lampochka yo`q edi deganda bola:zato menikida bor domla deb javob bergan ekan

Qayd etilgan