Latifalardan oling!  ( 313272 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 109 B


muxbir  14 Iyun 2007, 18:28:41

* * *

O‘g‘il oyisidan so‘radi:
— Nega itimiz tilini chiqarib olgan?
— Issiqlab ketgan bo‘lsa kerak-da!
— Unda nega po‘stinini yechib qo‘ymayapti?

Qayd etilgan


[-KoTTa_CHaQaLo-]  15 Iyun 2007, 18:29:03

Bolasi: -Oyijon manga uken fariwta digan edingiz
Onasi: - Xa, bolam uken xaqiqatdan xam fariwta
Bolasi:- Nega unda derazadan tawavorsam u4ip ketiw o'rniga yerga qulap tuwti...

Qayd etilgan


Mahliyoqiz  23 Iyul 2007, 19:11:25

-BOBO UHLAYAPSIZMI?
-YO'Q,NIMA EDI?
-1000 SO'M BERING...
-UHLAYAPMAN O'G'LIM,UHLAYAPMAN..!

Qayd etilgan


Farida  23 Iyul 2007, 19:16:04

Er uyga g‘irt mast holda qaytdi. Xotini urisha ketdi:
—Ha, eshshak, mol, mushukka o‘xshamay o‘l!
Shu payt ichkari xonadan o‘g‘li chopib chiqdi:
—Oyi, meni chaqiryapsizmi?

Qayd etilgan


Farida  23 Iyul 2007, 19:16:14

Kechki ovqat mahali. Oila a’zolari ovqatlanishyapti. Ona kichik o‘g‘liga buyurdi:
—Suyakni dadangga ber! Sen it emassan-ku!

Qayd etilgan


Farida  23 Iyul 2007, 19:16:27

Bir yigit o‘zini yomon his qilib, kasalxonada to‘liq tekshiruvdan o‘tgach, vrach unga dedi:
—Sizni hech nima bilan xursand qila olmayman. O’pkangizning bittasini olib tashlashga to‘g‘ri keladi.
—O’pkam soppa-soo‘ edi-ku!
—Bilaman. Biroq jigarga joy yetishmayapti.

Qayd etilgan


Farida  23 Iyul 2007, 19:16:35

Sakson yoshli qariya vrachga dedi:
—Ahvolim zo‘r. O’n sakkiz yoshli jazmanim bor. Hademay farzand tug‘ib beradi. Siz bunga nima deysiz?
—Bilasizmi, sizga bir voqeani aytib beray. Ovchi bir kuni ovga ketayotib miltiq o‘rniga adashib yomg‘irpo‘sh olibdi. Ketayotsa, oldindan ayiq chiqib qolibdi. Ovchi shartta yomg‘irpo‘shni ochibdi-da, ayiqqa to‘g‘rilab tugmachasini bosibdi. Ishonasizmi, ayiq shundoq oyoqlari ostiga yiqilib jon beribdi.
—Yo‘g‘-e, balki boshqa ovchi otib o‘ldirgandir ayiqni?
—Ana endi o‘zingizga keldingiz. Men ham sizga xuddi shuni tushuntirmoqchiydim.

Qayd etilgan


Farida  23 Iyul 2007, 19:19:41

Student imtihon olishi uchun hamma narsaga boradi, hatto — darslarga ham.

Qayd etilgan


Farida  23 Iyul 2007, 19:19:47

Sudya:
— Siz ikkita g‘ozni o‘g‘irlaganingizni bo‘yningizga olasizmi?
Javobgar:
— Men ularni o‘g‘irladim deya olmayman, balki aniq ajaldan qutqarib qoldim. G’ozlarning egasi ularni baribir tushlikka so‘yar edi.

Qayd etilgan


Farida  23 Iyul 2007, 19:20:08

— Men har qanday odamni bitta barmog‘im bilan badbashara qilishim mumkin!
— Qoyil, siz karate yoki boks bo‘yicha chempionmisiz?
— Yo‘q, men fotosuratkashman.

Qayd etilgan