Eh do’stim, qani endi bitta filni sotib olishga yetgulik pulim bo’lsa!
-Aqldan ozdingmi, filni nima qilasan?
-Menga fil kerak deyayotganim yo’q. Shuncha pulim bo’lganda edi, deyapman, xolos.
***
- Obbo tishingizda katta yoriq , katta yoriq , katta yoriq bor ekan .
- Janob doktor , nega siz menga bu so’zni uch marta takrorlab aytdingiz ?
-Kechirasiz men uni faqat bir marta aytdim , qolgan ikki martasi tishingizdagi kovakdan kelgan aks-sado bo’lsa kerak .
***
Bir bola do’konga kirdi :
-Bir kilo qancha turadi?
-16 tiyin.
-Bir kilo qand-chi?
-82 tiyin.
-2 kilo non bilan 2kilo qand necha pul bo’ladi ?
-1 so’m 96 tiyin.
-3 so’m bersam , qancha qaytim berasiz ?
-1 so’m 4 tiyin .
-Shularni daftarimga yozib bering.
Sotuvchi yozib beradi. Bola daftarni olib, jildiga solarkan deydi :
-Rahmat. O’qituvchimiz uyga bergan masala edi.
Yechildi.