Latifalardan oling!  ( 313551 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 109 B


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:27:24

O’qituvchi:
-Qani Akmal , "œDadam majlisga ketdi" gapining ega va kesimini aniqlachi?
Akmal:
-Dadam - ega, ketdi-fe`l.
O’qituvchi:
-Yaxshi, majlis-chi?
Akmal:
-Oyimning aytishlaricha "œBahona".

***
O’qituvchi :
-Ayting-chi , yer yuzida eng sovuq joy qayer?
O’quvchi:
-Bizning sinfxona!

***
Bir kuni Afandidan so’rashibdi:
-Ayt-chi, Xo’ja , yangi oy chiqqanda, eski oyni nima qilishadi?
-Shuni ham bilmaysanmi? Eski oyni mayda bo’lakchalarga bo’lib yulduzlar yasashadi.Osmondagi yulduzlar shular-da, -dedi Afandi.

***
Imtihon olayotgan professor studentga dedi:
-Ayting-chi, o’rtoq Aliyev, imtihon deb nimaga aytishadi o’zi?
-Imtihon-bu ikki aqlli odamning o’zaro suhbati,-deb javob berdi student.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:27:51

Restoranda bir xo’rranda to’satdan o’rnidan turdi-da qichqirdi:
-Kim lentaga o’ralgan pul yo’qotdi?
-Men yo’qotdim , men ,-deya o’rnidan turdi bir kishi .
-Mana lentasini topib oldim"¦

* * *
Eshmat peshonangdagi shish qayerdan paydo bo’ldi?
-Anavi devordagi qoziqni ko’ryapsanmi?
-Ko’ryapman.
-Men esa ko’rmadim.

* * *
Bir o’qituvchi kechasi velosiped chirog’ini yoqmay ketayotgan edi . Politsiya uni ushlab , ishini sudga oshirdi .
Sudya bir mahallar shu o’qituvchining qo’lida o’qigan edi .
-Ustoz!-dedi u . —Esingizdami , har bir noto’g’ri yozgan so’zimizni yuz martalab qayta yozdirardingiz?
O’qituvchi "œobbo , o’shaning alamini endi olsa-ya "œ deb o’ylab titrab ketdi. Sudya hukm chiqardi:
-Sizga beriladigan jazo shu : qog’oz ,qalam olingda "œkechasi chiroqsiz velosiped minmayman"œdeb yuz marta yozing .


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:28:22

Shavkat botinkasini kalish bilan kiyyapti . Onasi deydi :
-O’g’lim ko’cha quruq , loy yo’q .
-Men topaman oyi .

* * *
O’qituvchi : Begzod ,uy vazifangni yana dadang ishlab berdimi ?
Begzod :Oyim band bo’lganlaridan keyin nima qilay , axir?

* * *
-Bugun oqituvching yana sendan nolidi ,-dedi ona o’g’liga .
-Nega endi ,oyijon ?
Bugun maktabga borganim yo’q-ku .

* * *
Mahmud va Ahmad uchrashib qolishdi . Mahmud jaxl bilan dedi :
-Sen kecha meni nega sharmanda qilding ? Hammaning oldida ahmoq deding-a "¦
-Kechirasan , men buning sir ekanini bilmabman .

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:28:47

Qorni juda ochgan mehmon uy egasining o’g’lidan sekingina so’radi :
-Sizlar odatda qachon ovqatlanasizlar ? Bola javob berdi : -O’zimiz soat birda , ammo uyda mehmon bo’lsa ,u ketguncha sabr qilamiz .

* * *
-Mening dadam mashina oldi,-deb maqtandi Toni ko’chada.
-Qani u mashina ?-deb so’radi o’rtog’i .
-Garajda . Dadam kechasi bilan uni boshqa ranga bo’yab , no’merini o’zgartirdi

* * *
Buvisi nevarasi bilan ko’chada ketishyapti .
Birdan nevarasi ro’paralaridan chiqgan odamga tilini ko’rsatadi .
-Nima qilyapsan!-deb xafa bo’ladi buvisi.
-Kattalarga tilni ko’rsatib bo’lmaydi.
-Bu kishi bizning vrachimiz,-deb tushuntiradi nevara.
-U kishi tilni ko’rsatganni yaxshi ko’radi.
Doim "œtilingni ko’rsat" deb iltimos qiladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:29:32

Madina pashsha tutib onasiga dedi:
-Oyi shundan fil qilib bering.
-Bu mumkin emas , jonginam .
-Dadam sizni doim pashshadan fil yasaydi deydilar-ku

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:29:55

- Itingni oti nima?
- Skleroz.
- Tushunmadim...
- Xozir tushunasan. Skleroz, ovoz ber!
- G'oq-g'oq . . . E, miyov-v-v . . . Tfu, vov-vov-vov!!!

* * *
- Imtihon qalay bo'ldi?
- Zo'r!
- Domla nimani so'radi?
- Tushunmadim. U inglizcha so'radi.

* * *
Oliygoh xojatxonasining 1-nchi va 3-nchi kabinalariga kirib ketgan talabalar suxbati:
1-nchi kabinadan: - Anavi sholg'om oliy matematkadan bahoyingni qo'yib berdimi?
3-nchi kabinadan: - Yo'q, maraz, ablah odam-de, qancha tushuntirsam xam, baribir qo'ybermadi, Eeey o'sha sholg'omni...
2-nchi kabinadan: - Qo'yib bermayman xam!!!

* * *
Qorong'i ko'chada. - Qani, tez qo'lingni boshingga qo'yib, oyoqlaringni ker-chi!.. Bo'l tez!..
- Nima, siz qaroqchimisiz?
- Yo'q, men jismoniy tarbiya o'qituvchisiman.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:30:20

E'lon:
- Ingliz tilini tajribali o'qituvchidan kelishilgan narxda o'rganishni istovchilar uchun 8-B sinfdagi o'rnimni bo'shatib beraman.

* * *
- Ishonasanmi, kecha 3 yashar o'g'ilcham yangi romanimning ellikta betini pechkaga tashlab yubordi.
- Ie, o'gling halitdan o'qishni biladimi?

* * *
Birdaniga 52 kishini urib ketgan xaydovchidan sud'ya so'radi:
- Qanday qilib birdaniga shuncha odamni urib kettingiz?
- Mening aybim yo'q. Bu baxtsiz hodisa... Yo'lda ketayapman, bir payt tormoz ishlamay qoldi. Qarasam, chap tomonimdan 2 kishi, o'ng tomonimdan 50 kishi chiqib kelyapti. Yaxshisi, 2 kishini urib keta qolay deb rulni chap tomonga burdim. bittasini urishga ulgurdim. Ammo ikkinchisi qurib ketmagur o'ngga qarab yugursa bo'ladimi...


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:30:37

Sud'ya so'radi:
- Ayblanuvchi, nima sababdan siz jabrlanuvchini avval hamyonini o'g'rlab, keyin qaytib kelib do'pposladingiz?
- O'zi hamyonida atigi 10 so'm olib yurgan ekan!

* * *
Yoqilg'i quyish shaxobchasida bolakay otasidan so'radi:
- Dada, mashina agar ko'p benzin yesa, katta bo'lib abtobusga aylanadimi?

* * *
Xarbiy kommisariatda.
- Xo'sh, yigitcha, qaysi qismda xizmat qilmoqchisiz?
- Uchuvchilar xarbiy qismida.
- Yo'q, cizdan uchuvchi chiqmaydi.
- Unda raketachilar qismida.
- Nega endi?
- Chunki, men uchmaganimdan keyin xech kim uchmasligi kerak.

* * *

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:31:00

Qizil shabkacha buvisiga dedi:
- Buvijon, sizga issiqqina somsa olib keldim, tez yeb oling!
Buvisi tishini kovlab, debdi:
- To'xta, avval bo'rini hazm qilib olay!

* * *
— Salom, yashil shapkacha!
- Salom, kulrang daltonik!

* * *
Bo'ri har kuni quyonni jig'iga tegadi. Uni ko'rishi bilan:
- Nega qalqopsiz yuribsanq - deb, chekkasiga bir tushuradi.
Ertasi kuni ko'rib:
- Nega qalqop kiyib yuribsanq — deb, yana chekkasiga tushuradi. Bu holni tulki ko'rib, bo'riga debdi:
- Bo'ri, xadeb bir narsani qilaverish joninga tegmadimiq Yaxshisi sen quyonni do'konga yubor! Sigaret olib kelsa, "œnega filtrsiz", yoki "œnega filtrli" — deysan, vino olib kelsa, "œnega oqidanq", yoki, "œnega qizilidan" — deysan.
Quyon do'kondan kelibdi. Bo'ri:
- Sigaretni ber!
Quyon:
- Filtrligidanmi yoki filtrsizidanmi?
Bo'ri:
- Vinoni ber!
Quyon:
- Oqidanmi yoki qorasidanmi?
Bo'ri boshini qichib, bir oz o'ylab, quyonning boshiga bir tushuribdi:
- Nega qalqopsiz yuribsan?


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:31:22

Zumrad o’rmonda adashib qolibdi. Nima qilishni bilmay, qichqirishga tushibdi:
- Aauuuuuu! Aaaaauuuuuuuu!
Bir payit orqasidan kimdir elkasidan qoqipti. O’girilib qarasa ayiq turganmish. Ayiq:
- Xoy qiz, nega qichqiryapsan?
Zumrad:
- Adashib qolgan edim, kimdir ovozimni eshitib qolar, deb baqirayotgan edim!
Ayiq:
- Xo’sh, mana men eshitdim, nima, senga engil tortdimi?


Qayd etilgan