Latifalardan oling!  ( 313754 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 109 B


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:31:45

Quyon o’rmonda 2 ta to’pponcha topib olibdi. "œEndi hammadan alamimni olaman!" — deb, xursand bo’libdi. Yo’lda ketayotgan ekan? Uzoqdan bo’ri ko’rinibdi. Bir chetga "œkattasi"ni qilib, qo’liga to’pponchalarnini olib, bo’riga debdi:
- Bo’ri, bo’ri! Pah-puh! Mana buni ye! Pah-Puh! Agar yemasang... Pah-Puh!
Bo’ri qo’rqqanidan, quyonning aytganini qilibdi. Quyon kula-kula alamidan chiqibdi. Ertasiga olidan ayiq chiqib qolibdi, bo’ri bilan qilgan ishini ayiq bilan xam qilibdi:
- Ayiq, ayir! Pah-Puh! Mana buni ye! Pah-Puh! Agar yemasang ... Pah-Puh!
Ayiq ham quyon aytganini qilibdi. Quyon yana rosa kulibdi, yotib olib kulibdi, dumalab kulibdi! Keyin oldidan yo’lbars chiqib qolibdi. Quyon yo’lbars bilan ham shunday ish qilmoqchi bo’libdi:
- Yo’lbars, yo’lbars! Pah-Puh! Mana buni ye! Pah-Puh! Agar yemasang ... Chih-chih! O’zim yeyman!!!

* * *
O’rmonda fil yig’lab o’tirgan ekan. Buni ko’rgan sher jahli chiqib, butun o’rmon ahlini yig’ib, so’roq qilibdi:
- Kim filni xafa qilishga jur’at qildi? Uni xatto men, o’rmon shohi xurmat qilaman! Kim ekan u, o’zini mendan ham ustun ko’radigan?
Xamma jim — jit, daxshatda. Shu payit bir kichkina chumoli chiqid, debdi: - O’zidan birinchi chiqdi!


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:32:09

Bo’g’irsoq o’zini o’zi osib qo’yibdi!

* * *
Kampir xamir qorib, bo’g’irsoq qilibdi. Tayyor bo’lganida, bo’g’irsoqqa debdi:
- Sen Macdonalds’ga borma! Ular seni ichinga karam, go’sht va boshqa narsalarni tiqib qo’yishadi.

* * *
Chol ikkinchi marta oltin baliqni tutib olibdi. Oltin baliq tushundiki, endi uning kuni bitti!

* * *
— U xozir ham bizga o’zining issiq munosabatini xadya etyapti, - deb, Malvina Buratinoning oxirgi qoldiqlarini o’tin qilib olovga tashladi.

* * *
Oloviddin sehrli chiroq topib olibdi. Ichidan Jin chiqib undan so’radi: - Tila tilagingni, bajaraman!
- Bilasanmi, Jin, meni xecham omadim chopmaydi, xecham ishim yurishmaydi, juda omadsizman. Meni omadli qilib qo’y!
- Tilaging bajarildi!
Oloviddin ozgina yurgan ekan, erdan 500 dollar pul topib olibdi. Bu pulni olib kazenoga boribdi. U erda o’ynab, 100 mln. dollar yutib olibdi, pulini ozginasini biznesga qo’yib, katta biznesmen bo’lib ketibdi. Bir kuni Mers-600 da ketayotgan ekan, bir go’zal qizni urib olishiga oz qolibdi. Qizni mashinaga o’tkazib kasal xonaga olib boribdi. Qiz Xindistonning malikasi ekan. Olovuddinga qiz yoqib qolib to’y qilibdi. To’ydan keyin qizdan so’rabdi:
- Nega peshonengda dumaloq bo’yoq bor?
- Bilmadim, bu bolaligimdan shunday.
- Kel, o’chirib tashlayman?!
- Mayli...
Oloviddin o’chirib, rosa kulayotgan ekan. Qiz:
- Nega kulyapsiz?
Oloviddin:
- Peshonengni ochirib "œNexia" yutib oldim!

* * *
Bir kuni o’lmas kashey o’zini cho’ktirgani boribdi. Baland ko’prikdan eng chiqur daryoga o’zini tashlabdi... Keyin o’zini poezdning tagiga otibdi... Osmono’par binodan o’zini pastga tashlabdi...Kislota to’ldirilgan basseynga o’zini otibdi...Keyin rosa zaxar ichibdi... Xullas, qo’lidan kelganicha dam olayotgan ekan.

* * *

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:32:36

Darsda o’qituvchi:
- Qani Eshmat, aytchi BMTning bosh kotibi kim?
- Bayje choyi!
- Kiiiiim????!!!
- Eeey, tfu! Hecham eslab qololmayman, Kofe Anan, o’qituchi opa!

* * *
O’qituvchi Eshmatni doskaga chaqirdi va so’rayapti:
O’: -Sen Amir Temiurni bilasanmi?
E: - Yo’q.. :-(
O’: - Boburnichi?
E: -Yo’q.
O’: - Xech bo’lmasa, Alisher Navoiyni bilarsan?
E: -Yo’q!
O’: - O’tir joyinga! Bahoying IKKI!
Darsdan so’ng Eshmat o’qituvchining yoniga borib so’radi:
E: - Siz kallahonadagi Abdurahmonbekni tanisizmi?
O’: - Yo’q. :-[
E: - Salimbeknichi?
O’: - Yo’q!
E: - Xech bo’lmasa, G’ofurbekni tanirsiz?!?
O’: - Yo’q!
E: - Bo’lmasa, nimaga unda mani o’zizni bandez bilan qo’rqitmoqchi bo’vossiz?!?


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:32:59

Ingliz tilidan birinchi dars.O’qituvchi:
- Bolalar, kim inglizcha xarflarni yoddan niladi?
Eshmat (kichkina dasturchi):
- Men!
- Qani, tartib bilan aytchi?!
- Q, W, E, R, T, Y, ...

* * *
- Eshmat! Kundaliging qani?
- Uni Axmad ota — onasini qo’rqitish uchun so’rab turdi!

* * *
Avtobus bekatida. Eshmat bir ayolning yonida turibdi.
Qarasaki, ayolning qorni katta.
- Xola, xola! Nega sizning qorningiz katta?
- Men farzand kutyapman!
- Aaa, tushunarli!
Eshmat qarasaki, oldida yana bir qorni semiz erkak turibdi:
- Amaki, amaki! Siz nima kutyapsiz?
- Avtobus..
- Tug’ganizda manga ko’rsatasizmi?


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:33:23

Xayvonot bog’ida:
- Oyi, bu maymunmi?
- Yo’q, bu xali kassir.

* * *
Darsdan so’ng Eshmat sinfga kallasi bintlangan xolda kirib keldi. O’qituvchisi xayratlanib so’radi:
- Xo’sh, bu safar nima bo’ldi?
- Beshinchi qavatdan yiqilib tushdim.
- Nima, beshinchi qavatdan ergacha 2 dars o’tguncha tushdingmi?

* * *
Telefon qo’ng’irog’i. Go’shakdan past ovozda: "œAllo!".
- Allo, kim bu?
- Bu men, Eshmat!
- Eshmat, nega pichirlab gaplashyapsan?
- Men o’ynayapman!
- Yaxshi, oyingni chaqir!
- Chaqirolmayman, u band!
- U xolda, otangni chaqir!
- U ham band!
- A, yana kimdir bormi kattalardan?
- Xa, yong’in o’chiruvchilari.
- Chaqir ulardan birini!
- Lekin ular ham band!
- Yana kimdir bo’lsa ham bormi kattalardan?
- Xa, militsionerlar!
- Chaqir militsionerni!
- Ular xammasi band.
- Voy, nima bilan band xammaligisi?
- Meni qidirish bilan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:33:42

 Eshmat, nega qo’llaring isqirt?
- Chunki, men xozir yuzimni yuvdim.

* * *
Eshmat rezinali etik kiyyapti. Onasi unga:
- Eshmat, ko’cha quruq, suv , loy yo’q-ku?!
- Xavotir olmang, men topaman! — quvonib javob qaytardi Eshmat.

* * *
O’qituvchi Eshmatdan so’rayapti:
- Eshmat, agar sening bir cho’ntagingda 100 so’m pul, ikkinchi cho’ntagingda 300 so’m pul bo’lsa, xammasi bo’lib nimani bildiradi?
- Bu shuni bildiradiki, men birovning shimini kiyib olibman.

* * *
8-nchi sinfda biologiya darsi ketyapti. Eshmat darsga beparvo bo’lib, darsni eshitmay o’tiribdi. O’qituvchi:
- Eshmat, yaxshilab menga diqqat bilan qarab o’tir, aks xolda maymun xaqida hech qanday tasvvurga ega bo’lmaysan!!!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:34:17

* * *
3-nchi sinfda o’qituvchi bolalarga uchta cho’chqacha haqida ertak aytib beryapti: "œShunda Nif-nif qishloqqa borib, dehqonlardan ozgina non so’radi... Bolalar, nima deb o’ylaysizlar, dehqonlar nima deb javob qaytarishdi?"
Eshmat: "œMen bilaman! Dehqonlar: "œVoooooy, gapiradigan cho’chqaaaaa!!!!" - deyishdi" — debdi.

* * *
O’qituvchi o’quvchilarga maktabga xar hil tibbiy aslahalarni, kim nima olib kelolsa: shpric, qaychi, pinset — olib kelishni buyurdi. Eshmat xavo oldiradigan apparat olib keldi. O’qituvchi so’radi:
- Bu apparatni qaerdan olding?
- Bobomdan.
- Bobong nima dedi?
- Ap-ap-ap....

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:34:34

Petka sayr qilib yurgan ekan, qarasa, Chapaev yer qaziyotgan ekan.
- Nima qilyapsiz?
- Bilasanmi, Petka, menga xujjat uchun beldan yuqori rasmga tushishni buyurishdi. Belimgacha bo’lgan qism ko’rinmasligi uchun chuqur qaziyapman.
- Nega bunchalik cho’nqir qaziyapsiz?
- Axir men otimda rasmga tushmoqchiman-da!

* * *
Petka bilan Chapaev pulemyotni etaylab, cho’lda ketishayotgan ekan. Bir payt uzoqdan karvon ko’rinibdi. Petka:
- Karvonni otib tashlaylik?!
- Ey, nima qilasan otib, Petka?!
- Shunchaki, xazillashib..
- Ey, nima qilasan, ana, Xattabich bilan xazillashib bo’ldik-ku?!


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:34:54

Petka poezd yo’lida dam olib o’tirgan ekan. Chapaev yoniga kelib debdi:
- Ha, ishyoqmas, o’tiribsanmi? Qani surilchi, kamandir o’tirmoqchi!

* * *
Petka Chapaevdan so’rayapdi:
- Sizningcha, axmoq kim?
- Bu shunday odamki, uni gapini boshqalar tushuna olmaydi... Tushundingmi?
- Yo’q...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:35:25

Chapaev bilan Petka daraxt tepasida o’tirishgan ekan, shu payt bir fil kelib daraxtni silkita boshlabdi. Petka debdi:
- Balki filning shu daraxtda ini bordir?
- Axmoq ekansan Petka, axir fillar o’rada yashaydilarku?!

* * *
Chapaev bilan Petka oqlardan qochishayapti. Bir uychaga yugurib kirib olishdi. Petka karavotni tagiga berkinib oldi. Uning ketidan Chapaev kirayotgan edi, shu payt oqlar uychaga kirib kelishdi. Chapaev ularga qarab:
- Xali bo’lmadi, men berkinishga olgurmadim, boshqattan...!!!


Qayd etilgan