Latifalardan oling!  ( 313899 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 109 B


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2007, 19:22:45

Mezbon so`rayapti:
- Sizga qo`ziqorin qo`yaymi?
- Yo`q. Men faqat ularni terishni yoqtiraman.
- Mayli, unda men ularni polga sochib tashlayman.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2007, 19:23:35

 Musiqa yangiliklari: Yangi tashkil topgan "CD-RW" guruhining "700 Mb" deb nomlangan diski hayratlanarli darajada ko`p nusxada sotildi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2007, 19:24:00

- Allo, sizga televizor kerakmi?
- Yo`q.
- Unda hozir borib olib kelamiz.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2007, 19:24:28

- Ko`chani qizil chiroqda kesib o`tsa bo`ladimi?
- Albatta, faqat qo`llaringni yuqoriga ko`tarib ol.
- Nima uchun?
- Chunki o`likxonada kiyimlaringni yechib olish oson bo`ladi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2007, 19:25:12

- Nima uchun kasalning oldida shifokorlar Lotin tilidagi so`zlarni ko`p ishlatishadi?
- Chunki ular bemorning o`lik tilni tezroq o`zlashtirsin, deyishadi-da.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2007, 19:25:40

 Etibor berganmisan, ko`pchilik programmistlar bosiq bo`lishadi.
- Bu oddiy hol. Chunki WINDOWS ularni bardoshli qilib qo`yadi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2007, 19:26:10

Programmist pianinoning oldiga kelib, uni uzoq ko`zdan kechirib chiqdi. Keyin:
- Klaviatura noqulay: bor-yo`g`i 84 ta klavishalar bor, ularniyam yarimidan ko`pi funksional klavishlar, hech qaysida yozuvi yo`q. Lekin "Shift"ning oyoq bilan bosilishi zo`r ekan.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2007, 19:26:39

Oyisi Abrorga olma berib:
- Mana, senga olma. Uni singlingga chin akachasiga bo'lib ber.
- Akachasiga bo`lish qanaqa bo'ladi?
- Olmani ikkiga bo`lib, katta qismini singlingga berasan.
Abror o`ylanib turdi-da, keyin olmani singlisiga tutqazib, dedi:
- Ma, olmani chin akachasiga bo'lib ber.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Oktyabr 2007, 19:27:19

Bir hundular qabilasida Rahbar hammani yig`ibdi:
-Hinudlaaaar!!!
-HAAAAA!
-Biz buyuk xalqmizmi?
-Haaaa!
-Unda nega bizning kuchli yadroviy raketamiz yo`q?
-Unda yasashimiz kerak!
Keyin barcha hindular birlashib ibtidoiy yadro quroli yasay boshlashibdi. Eng katta daraxtni kesishibdi. Ichini o'yib, rosa porox joylashibdi. Pilik o`rnatishibdi. Xullas, rosa harakat qilishib, portlovchi qurol yasashibdi. Endi navbatdagi muammo tug`ilibdi: Raketani qayerga jo`natish kerak?!
Boshliq yana hamma hindularni yig`ibdi:
-Xo`sh, endi bu raketani qayerga qaratib otamiz?
Oralaridagi eng aqlli hindu chiqib:
-Amerikaga, debdi.
-Nega?
-Chunki men boshqa davlatni bilmayman.
-Unda Amerikaga jo`natamiz.
Hindular raketani amerikaga jo`natishga qaror qilishibdi. Raketani g`arbga qarati, unga "Amerikaga" deb yozishibdi-da, pilikni yoqvorishibdi...Ularning orolida qiyomat-qoyim bo`libdi. Hamma joy portlab, rosa ko`p aholi halok bo`libdi. Boshliq (bir qo`li, bir oyog`i yo`q) minbarga chiqib der ekan:
-Bizga Shunchalik ta'sir etti-ki, Amerika-da nima bo`layotganini tasavvur etyapman...


Qayd etilgan


Robiya  03 Oktyabr 2007, 11:16:23

- Oyi,meni hamma xayolparast deyapti.Shu rostmi?
- Hazillashmasangchi,sen qo'shnimni bolasisan-ku.

Qayd etilgan