Latifalardan oling!  ( 313709 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:22:17

Dada, chehrangizni yaxshi eslaysiz-a?
- Bu nima deganing, o'g'lim?
- Ya'ni, burningiz, iyagingiz, og'zingiz qayerdaligini bilasizmi?
- Albatta, albatta.
- YE, xayriyat-ye... Men siz soqol oladigan oynani sindirib qo'yib, qo'rqib yuruvdim.

*********************************

Ona:- Men o'g'limni ikki funt olxo'riga jo'natuvdim. U bo'lsa bir yarim kilo olxo'ri olib keldi.
Sotuvchi:
- Men tarozim to'ppa-to'g'ri xonim. Lekin siz bolangizni tortib ko'rmadingizmi?

********************************

- Azizim, adang zinapoyalardan yiqilayotib nima dedi? — so'radi ona o'g'lidan.
- Yomon so'zlarni qoldirib aytaymi? — so'radi bola.
Ona:
- Albatta, azizim.
O'g'il:
- Unda, adam xech narsa degani yo'q.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:22:26

Ikki dugona bir-biriga xat yozayapti: «Men Afrikada yashayman. Bu yer juda ham issiq bo'lganidan odamlar kiyimsiz yurishadi. Iste'mol qiladigan narsamiz - bananlar», desa ikkinchisi: «Men Toshkentda yashayman. Agar biz ham xar kuni bananlar yeydigan bo'lsak, «kiyimsiz qolishimiz aniq», dermish.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:22:33

O'qituvchi:
- Sardor, nega sen maktabga xar kuni kechikib kelasan?
Sardor:
- Men vaqtida yetib kelishga harakat qilaman, lekin muyulishdagi «Maktab! Tezlikni sekinlat!» degan yozuvga ko'zib tushib qoladi-da.

***********************************

Xola:
- Abror tarixdan imtixonni yaxshi topshirib oldimi?
Ona:
- Koshki edi... Lekin bu uning aybi emas. Bolamdan o'zi tug'ilmasdan oldingi bo'lib o'tgan voqealar haqida so'rashibdi, shuyam adolatdanmi?

***********************************

Avtomaktab oldida ogohlantiruvchi plakat osib qo'yilgan:
«Maktab o'quvchilarini urib ketmang!»
Pastida esa bolalar qo'li bilan o'yib yozilgan yozuv:
«Yaxshisi o'qituvchilarni kutib turing!»

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:22:44

O'qituvchi:
- Valijon, Vatan bu nima?
Vali:
- Vatan — bu o'rmonlar, dalalar, daryolar, bog'lar...
O'qituvchi:
- Yo'q, sen yanglishding, Vatan — bu sening onang. QAni endi Anvarjon sen aytchi Vatan nima ekan?
Anvar:
- Vatan — bu Valining onasi ekan.
O'qituvchi:
- Yo'q sen ham yanglishding, Vatan — bu sening ham onang. Tushundingmi?
Anvar:
- Ha, tushundim.
O'qituvchi:
- Nimani tushunding.
Anvar:
- Men Valini ukasi ekanligimni.

*************************************

Oyisi o'g'lini urishyapti:
- Buncha dangasasan?! Geografiyadan olgan «ikki»ngni tuzatmapsan-ku, xali.
- Allaqachon tuzatganman...
- Qanaqasiga?
- Keyingi sahifasidagi «bir»ni nahotki ko'rmadingiz?!

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:22:53

Uyqusizlikdan qiynalayotgan bokschi maslahat so'rab vrachga murojaat qildi.
— Sizga judayam sinalgan bir uslubni taklif etishim mumkin. Uxlagani yotganingizda, ovoz chiqarmay, bir, ikki, uch, to'rt, besh deb to uxlab qolguningizcha sanayvering. Bu darrov uxlab qolishingizga yordam beradi.-dedi vrach.
— Afsuski, bu uslub menga to'g'ri kelmas ekan,— dedi bokschi xo'rsinib.— Hisob "œto'qqiz" bo'ldi deguncha, o'rnimdan irg'ib turib ketaman.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:23:58

Insonlar chiroyli va juda chiroylilarga bo'linadi
- O'zim haqimda nima deyishim mumkin? Meni chiroyli deb bo'lmaydi ;)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:24:05

* * *
Do‘xtir, 11- palatadagi bemor o‘zini ancha yaxshi his qila boshladi. Bugun birinchi marta gapirdi.
—Xo‘sh, xo‘sh? Nima dedi?
—«O‘zimni yomon his qilyapman», dedi.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:24:13

* * *
Harf teruvchi ayol doktorga kelibdi.
—Qani, «a» dengchi?
—Kichkina «a»ni aytaymi, kattasinimi?

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:24:23

* * *
Bemor qabulga yozilmoq uchun vrachiga qo‘ng‘iroq qilipti.
- Bizni ma’zur tutasiz, - deb javob beripti kotiba, - faqat ikki hafta keyingi kunga yozib qo‘ya olamiz. Oldinroq yozishning sira iloji yo‘q.
- Qiziqmisiz, ikki haftagacha men o‘lib qolaman-ku...
- Zarari yo‘q, xotiningiz kelsalar, yozuvni bekor qilamiz-qo‘yamiz.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:24:32

* * *
Vrach bemor ayolni ko‘rikdan o‘tkazib, dedi: - Siz pianino chalishni bas qilsangizgina tuzalib ketishingiz mumkin.
Bemor chiqib ketgach, hamshira so‘radi:
- Doktor, bu ayol bemorligining pianino chalishiga nima aloqasi bor?
- Jiddiy aloqasi bor-da... u mendan bir qavat yuqorida yashaydi.

Qayd etilgan