Erkak restoranda o‘tirgandi, boshqa bir erkak kirib kelib baqirdi:
— Toshmat, bor tez, ko‘chada bezorilar xotiningni kaltaklashayapti!..
Erkak yugurib ko‘chaga chiqdi-yu, uni mashina urib ketdi...
Kasalxonada ko‘zini ochib, xayolidan shunday so‘zlar o‘tdi:
— Qara-ya, keyingi paytlarda juda asabiy bo‘lib qolibman o‘zim ham!.. Birinchidan, Toshmatmas, Eshmatman. Ikkinchidan hali uylanganim yo‘q edi-ku!