Latifalardan oling!  ( 313741 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 ... 109 B


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:12:08

— Chukcha havo sovib ketsa nima qiladi?
— Qora uyiga kiradi-da, sham qarshisiga o‘tiradi.
— Havo juda-juda sovib ketsa-chi?
— Unda shamni yoqadi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:12:26

Rus, frantsuz va gruzin ayolni nimaga o‘xshatish haqida bahslashib qolishdi.
Frantsuz: — Ayol qo‘shiqqa o‘xshaydi, tinglasang, maza qilasan.
Rus: — Yo‘q, ayol xuddi diskka o‘xshaydi. Eshitding-eshitding-u, jonga tegsa tashlab yuboraverasan.
Gruzin: — Ie, tashlab nima qilasan? Narigi tarafini qo‘yib eshitaver!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:12:38

Sudya: — Ayblanuvchi, siz boshqa odamga aylanishga urinib ko‘rishingiz kerak.
— O‘rtoq sudya, men harakat qilib ko‘rdim. Ammo qalbaki pasport uchun baribir qamab qo‘yishdi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:12:49

Kotiba boshliqdan so‘radi:
— Nega xotiningiz menga gumonsiragan nazar bilan qarayveradi?
— Sababi shuki, u ham bir paytlar mening kotibam bo‘lgan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:13:00

— Dadasi, qanday qilib meni sevib qolgansiz-a?
— Ana, ko‘rdingmi, endi bunga o‘zing ham hayron bo‘layapsan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:13:31

Gruzin do‘stiga qo‘ng‘iroq qilayapti:
— Allo, Givi, baxtsizlik yuz berdi!
— Nima bo‘ldi?
— Otam daraxtdan yiqilib tushdi... Otamni yo‘qotib qo‘ydik, do‘stim!..
— Yo‘qotib qo‘ydik?.. Menga qara, daraxt ostilarini qarab ko‘rmadilaringmi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:13:42

— Ishonasanmi, uylanganimda mendayam, xotinimdayam hech vaqo yo‘q edi. Hatto, to‘yniyam qarz ko‘tarib o‘tkazganmiz.
— Hozir-chi?
— Hozirmi?.. Besh farzandimiz bor.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:13:53

— Nega ering har kuni kechqurunlari uydan chiqib ketaveradi?
— Sho‘rlik, uyda yolg‘iz o‘tirishni yomon ko‘radi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:14:22

Er ishdan kelib xotiniga qichqirdi:
— Xotinjon, suyunchi ber! Biz lotereyadan katta pul yutib oldik! Endi biz ham boy bo‘ldik!..
— Nima?.. Lotereyadan katta pul yutdik dedingizmi?.. Qani, tez ayta qolsinlar-chi, lotereyaga pulni qaerdan oldingiz?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 20:14:59

— Anavi qo‘rqinchli maxluqqa o‘xshagan kim?
— U mening xotinim.
— Ie, shunaqami? Kechirasiz, ahmoqlik qilib qo‘ydim!
— Yo‘q, siz emas, men ahmoqlik qilib qo‘yganman.

Qayd etilgan