Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim
Madaniyat
Latifalardan oling!
Latifalardan oling! ( 305752 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
...
109
B
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:23:37
Ikki magnitofon uchrashib qolishdi. Biri o‘zimizniki, biri chet elniki. Chet elniki dedi:
— Yaqinda xo‘jayin menga ketvorgan tasma olib berdi.
O‘zimizniki dedi:
— Qani, ber-chi, chaynab ko‘ray-chi!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:24:08
Militsiya navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilishdi.
— Allo, zudlik bilan militsionerlarni itlari bilan mana shu manzilga yuboring!
— Militsionerlarni yuboramiz. Ammo itlarni yubora olmaymiz.
— Nega?
— Ular kolbasa o‘g‘irlaganliklari uchun qamoqqa olingan.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:24:46
— Familiyangiz?
— To-to-to-shmatov!
— Nima, duduqmisiz?
— Yo‘q, dadam duduq edi. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma yozib beradigan qiz esa, g‘irt ahmoq ekan.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:25:00
Ikki bolt ko‘chada ketayotib qahvaxonaga kirishdi va mashina moyidan ichishdi. Chiqib ketayotib sherigi dedi:
— Yur, gaykalarning boshini aylantiramiz!
— Ho, keyin o‘zimizga zang orttirib olaylik-mi?!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:26:03
Xizmat haqidan ko‘ngli to‘lmagan vrach mijozdan so‘radi:
— Bu pullar mengami, yo yordamchimgami?
— Ikkalangizga.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:26:17
— Do‘xtir, nega boshqalarning bolasi tug‘ilayotib yig‘lashadi-yu, meniki kulib tug‘ildi?
— Tag‘in-a?.. Doyaga ming marta aytganman. Tug‘ruq qabul qilayotganingda yuzingga niqob kiyib ol deb!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:26:33
Bolakay otasidan so‘radi:
— Mening miyam kimniki?
— Onangniki, bolam, onangniki! Meniki joyida turibdi.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:26:56
Askar:
— O‘rtoq serjant, hojatga borib kelsam maylimi?
Serjant:
— Mayli, ikki daqiqa vaqt beraman!
Askar:
— Bu vaqt yetmasa-chi?
Serjant:
— Qaytib kelasiz, yana vaqt qo‘shib beraman.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:31:19
— Ko‘zingning razmeri qanaqa?
— Minus besh.
— O‘, juda sovuq bo‘lsa kerak-a?
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:32:06
Birinchi sinfda.
Muallima:
— O‘quvchilar, kim "œbesh" baho olishni istaydi?
Eshmat:
— Men!
— Xo‘p, qani, ayt-chi, ikki karra ikki necha bo‘ladi?
— Besh!
— Yo‘q, to‘rt.
— Mayli, "œto‘rt" qo‘ya qoling!
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
...
109
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc