Latifalardan oling!  ( 313746 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 ... 109 B


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:32:34

— Boltavoy, o‘zingni qiynayverishni bas qil!.. To‘yga taklif qilishdimi, demak, borish kerak!.. Xafa bo‘lishadi!.. Axir, tushunsang-chi!.. Nima bo‘lgandayam, kuyovsan-ku!..

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:33:09

Kelin kuyovga yig‘lab dedi:
— Otam bankrotga uchrabdi!
— Bilardim!.. Otang bizni bir-birimizdan judo qilish uchun hech narsadan qaytmasligini bilardim!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:33:56

Hamshira maktab o‘quvchisining ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilayapti:
— Menimcha, o‘g‘lingiz giyohvand!
— Voy, bu gapni qaerdan oldingiz?
— Bugun faqat ugina ukol olishdan qo‘rqmadi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:34:19

— Oyi, maylimi bugun uyga kechroq qaytsam? O‘rtoqlarim bilan qahvaxonada o‘tirmoqchi edik.
— Soat kechki o‘ndan kech qolmagin!
— Oyi... Shunday kunda-ya?.. Axir... Har qalay, pensiyaga chiqayapman!..

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:34:31

To‘ydan so‘ng bir oy o‘tib er xotiniga dedi:

— To‘g‘ri, men to‘ydan oldin senga oltindan tog‘larni va’da qilganman! Ammo kir yuvish mashinasi haqida so‘z ham bo‘lmagan!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:34:46

To‘ydan so‘ng bir oy o‘tib er xotiniga dedi:

— To‘g‘ri, men to‘ydan oldin senga oltindan tog‘larni va’da qilganman! Ammo kir yuvish mashinasi haqida so‘z ham bo‘lmagan!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:35:08

Tanishuv klubida. Xodima:
—       Yaxshi yigit, sizga qanday qizlar yoqadi?
—       Aqlli, go‘zal va mehribon qizlar.
—       Mana bu suratdagini ko‘ring-chi! Balki yoqib qolar.
—       To‘g‘ri, bu suratdagi qiz rostdan ham go‘zal, aqlli va mehribon ko‘rinadi. Ammo... Bilasizmi, u mening birinchi xotinim.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:36:54

"œSovchi" rukni ostidagi e’londan:

— Hurmatli mijozlar, o‘z jufti halolingizni tezroq tanlang!.. Aks holda "œmol" iste’molga yaroqsiz holga kelib qoladi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:37:13

Erkak qo‘shnisiga dedi:
— Qo‘shni, sizga bir gapni aytib qo‘ymasam vijdonim bir umr qiynalib o‘tadi.
— Nima gap ekan?
— Xotiningiz menga xiyonat qilayapti!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 12:37:29

Eshak va sher bir chuqurga tushib qolishdi. Eshak qo‘rqqanidan titrardi. Buni ko‘rgan sher dedi:
— Namuncha titramasang? Men eshaklarni yemayman. Faqat echkilarni yeyman.
Oradan ikki soatcha vaqt o‘tib sherning qorni ochdi va eshak tomonga yura boshladi.
Eshak:
— Axir, o‘zing faqat echkilarni yeyman deganding-ku!
— To‘g‘ri, lekin hozir qarasam, basharang xuddi echkinikiga o‘xshab qolibdi.

Qayd etilgan