Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim
Madaniyat
Latifalardan oling!
Latifalardan oling! ( 303582 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
...
109
B
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:37:42
Quyon o‘rmonda turgandi. Bo‘ri kelib qoldi va quyon undan so‘radi:
— Bo‘ri, mening qaysi qulog‘im chiyillayapti? Top-chi!
— O‘ng qulog‘ing.
— Qanday bilding?
— Negaki, kecha chap qulog‘ingni uzib olganman.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:37:55
Tulki o‘rmonda ketayotsa, qarama-qarshi tomondan terisi shilib olingan tipratikan kelayapti. U so‘radi:
— Tipratikan, senga nima bo‘ldi?
— E, o‘t o‘radigan mashinaning ichiga tushib ketdim.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:38:16
Tulki o‘rmonda ketayotsa, qarama-qarshi tomondan terisi shilib olingan tipratikan kelayapti. U so‘radi:
— Tipratikan, senga nima bo‘ldi?
— E, o‘t o‘radigan mashinaning ichiga tushib ketdim.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:38:41
Qushlar do‘konida.
— Men gapiradigan to‘ti sotib olmoqchiman.
— Marhamat, faqat ikkitasini birdan sotib olishingizga to‘g‘ri keladi.
— Nega?
— Chunki, to‘tilarning biri nemis tilida gapiradi. Ikkinchisi tarjimon.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:38:54
— Dadasi, yangi turmush qurgan paytlarimizda ovqatning ko‘pini menga berib, kamini o‘zingiz olardingiz. Hozir esa, aksincha ish tutayapsiz. Meni sevmay qoldingizmi?
— Yo‘q, sen mazali ovqat tayyorlashni o‘rganding, xolos.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:39:29
Ikki maymun uchrashib qolishdi.
— Xo‘sh, dugonajon, senga sevgilim yoqdimi?
— To‘g‘risi, dugonajon, tashqi ko‘rinishi unchalik yoqmadi. Lekin baribir qaysidir tomondan odamgarchiligi borligi ko‘rinib turibdi.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:40:05
"œSovchi" sahifasidagi e’londan:
— Kelishgan ayol o‘ziga turmush o‘rtog‘i qidirmoqda. Men chekmayman, ichmayman va ishlamayman ham.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:40:24
E’lon:
— Go‘zal bir ayol bilan tanishishni istayman. Uzr, o‘zim haqimda boshqa hech narsa deya olmayman!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:40:41
Gadoy millionerga hasad qilmaydi. U millionerlar ko‘proq pul tutqazib ketayotgan boshqa gadoylarga hasad qiladi.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:41:27
— Qani, "œmuhabbat" so‘zining kelasi zamon ko‘rinishini aytib ber-chi!
— Turmush qurish.
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
...
109
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc