Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim
Madaniyat
Latifalardan oling!
Latifalardan oling! ( 303584 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
...
109
B
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:42:06
Besh yashar bolakay bog‘chada o‘ynayotib yonidagi qizchadan so‘radi:
— Menga xotin bo‘lishni istaysanmi?
— Istayman.
Bolakay kursiga o‘tirib oyoqlarini oldinga cho‘zdi-da, dedi:
— Xotin, etikni yech!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:42:31
— Eh, odamlarda madaniyat degan narsa qolmabdi! Qachon qarasang, so‘kinishgani so‘kinishgan!
— To‘g‘ri, hozirgi zamon madaniyati haqida so‘kinmasdan gapirishning sira iloji yo‘q!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:42:44
O‘quvchi qiz o‘g‘il bola sinfdoshidan so‘radi:
— Sen yaxshi baho olib kelganingda, oying biror narsa beradimi?
— Yo‘q, oyim o‘sha biror narsani yomon baho olib kelganimda beradi.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:46:49
— Eshmatvoy, "œDadam majlisga ketdi" gapini tahlil qilib ber!
— Dadam — ega, ketdi — kesim, majlisga — oyimning aytishicha, bahona ekan.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:48:03
— Itim mening hayotimni saqlab qoldi.
— Qanday qilib?
— Kasal edim. Vrach kirmoqchi bo‘lgandi, darvozadan o‘tkazmadi.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:51:59
Ikki kampir janjallashayapti.
— Sen jinnisan!
— O‘zing jinnisan!
Shu payt bir qariya ularga yaqin keldi-da, dedi:
— Tortishib nima qilasizlar? Ikkalangiz ham haqsiz!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:52:48
— Shu yerda chekib olsa bo‘ladimi?
— Yo‘q.
— Ie, unda manavi sigaret qoldiqlarini kim tashladi?
— Sizga o‘xshab ahmoqona savollarni beravermaydiganlar.
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 12:53:32
Robinzon Kruzo va Jumavoy kimsasiz orolda o‘tirishardi.
Robinzon:
— Jumavoy, chekasanmi?
— Yo‘q, aytishayaptiki, chekish sog‘liqqa zararmish.
— Nima? Kim aytdi?!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 13:00:07
Xotin eridan so‘radi:
— Xilma-xillik nima?
— Bu Aziza, Nasiba, Hamida... degani.
— Ha, demak, Boltavoy, Teshavoy, Bo‘rivoy... deb tushunsam bo‘larkan-da?!
— Yo‘q, sen yengiltaklikni xilma-xillik bilan aralashtirma!
Qayd etilgan
Y_U_R_I_S_T
27 Fevral 2008, 13:01:02
Yigit xafaqon ohangda sevgan qiziga so‘z qotdi.
— Bilasanmi, bizning munosabatlarimizda o‘ta jiddiy muammolar paydo bo‘ldi.
— Qanday muammo?
— ... Ismingni esimdan chiqarib qo‘ydim.
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
...
109
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc