Latifalardan oling!  ( 303587 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 ... 109 B


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:02:10

Qiz sevgan yigitiga dedi:
— Ertaga biznikiga keling! Uyda hech kim bo‘lmaydi.
Yigit keldi. Haqiqatan uyda hech kim yo‘q ekan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:02:46

— Sen kimligingni aytsang, men chin do‘sting kimligini aytib beraman!
— Men millionerman!
— Ishon, sening chin do‘sting menman!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:06:15

Xotin eridan so‘radi:
— Agar sizni tashlab begona erkak bilan ketib qolsam achinarmidingiz?
— Nima, begona erkakka achinib o‘libmanmi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:08:39

— Azizim, bir paytlar siz bilan ko‘cha yuzidagi chinor ostida ilk bor tanishib bir-birimizga ko‘ngil qo‘ygandik, esingizdami?
— Ha, esimda.
— O‘sha chinorni chaqmoq urib yonib ketibdi.
— Bunga uyam kam

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:08:54

Er ishdan qaytsa, xotini yig‘lab o‘tiribdi.
— Nima bo‘ldi? Nega yig‘layapsan?
— Sizga atab tort pishirsam, itimiz qurmag‘ur yeb qo‘yibdi.
— Qo‘yaver, o‘zim senga boshqa it olib beraman

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:09:22

— Xo‘sh, qizim, kuyovimizga ilk tayyorlagan ovqating yoqdimi?
— Ha, ertaga kasalxonadan chiqadi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:10:05

— Qo‘shni, kecha uyingizda qanaqa bayram bo‘ldi?
— Xotinim o‘ttiz yoshga to‘lganligining o‘n yilligini nishonladi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:10:36

— Azizim, turmush qurganimizga atigi bir hafta bo‘libdi-yu, siz meni urisha boshladingiz!
— To‘g‘ri-da, men bu kunni ikki yil kutganman, axir!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:10:50

— Nega militsionerlarni ichki ishlar xodimlari deb atashadi?
— Chunki, ular faqat buyrakka, jigarga zarba yo‘llashadi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:11:02

Yigit do‘stiga dedi:
— Biz ajrashganimizdan so‘ng xotinim bilan birga uyni teng yarmidan bo‘lib oldik. Unga uyning ichki qismi, menga tashqi qismi tegdi.

Qayd etilgan