Xotin eriga dedi:
— Dadasi, men non olishni unutibman. Do‘konga chiqib kelmaysizmi?
Er chiqib ketib o‘n besh daqiqadan so‘ng bir qo‘lida non, ikkinchi qo‘lida bir shisha aroq bilan kirib keldi-da, xotiniga dedi:
— Ishon, bugun rostdan ham qaytimlari yo‘q ekan!