Qadimda nihoyatda poraxo’r bir qozi o’tgan ekan. Bir kishi uning oldiga arz-dod bilan boribdi. "œTaqsir, najot istab keldim, - debdi u qozining huzurida cho’kkalab. Falonchi mendan olti oy muddatda qaytarib berish sharti bilan 1000 tanga olgan edi. Mana, bir yil bo’ldi, pulimni ololmay xunobman. Yordam qiling".
"œYaxshi, ertaga falon soatda o’sha odamni olib mahkamaga keeling", - debdi qozi. Da’vogar odam uyga borgach o’ylanib qolibdi. Men-ku haqman, lekin bu qozini muttaham, poraxo’r deyishadi. Mayli, sadqai sar, deya qaytib borib, taqsir, mana bu 40 tanga debdi pulni ko’rpachaning tagiga qo’yib"¦
O’sha kuni da’vogarning arz qilganligidan xabar topgan qarzdor shomdan keyin qozining uyiga boribdi. "œTaqsir, - debdi u 100 tanga uzatib. Man bu ona sutidek halol. Iltimos mening foydamga hal qilsinlar. Hamisha xizmatingizdaman".
Ertasi kuni ikkalasi mahkamada hozir bo’lishibdi. Lekin da’vogar quloq solib tursa, qozi ishni qarzdorning foydasiga hal qilayotganmish. Voy padaringga la’nat, imonsiz, - deya yoqa ushlabdi da’vogar odam. O’zim haq bo’lsam, buning ustiga qirq tanga berdim. Yo esidan chiqib qoldimikin? Bir ishora bilan yodiga solib qo’yay-chi, deya xayolidan o’tkazib qoziga murojaat qilibdi. "œTaqsir, so’zlaringizga uncha tushunmayapman. Bundoq qirqib-qirqib gapirsangiz-chi?"
Shunda da’vogarning nimaga sha’ma qilayotganligini tushingan qozi mug’ombirona kulib: "œE, birodar, qirqib-qirqib gapiray desam mana bu kishining "œyuz"idan o’tolmayapman", degan ekan.
"œYigit yig’lamasin dunyoda" yoki "œQasos" Nosir Zohid. 2004 (267 bet)