Assalamu alaykum!
5-turning eng chiroyli savoli Abdul'aziz Toshmatov yuborgan ushbu savol bo'ldi:
15. “Hunayn jangida dushmanning pistirmasiga tushib qolgan musulmonlar qattiq zarbaga uchradilar. Ular ichida qatl bo’lganlar ko’paya bordi. Dushman ichida Bani havozinlik bir kishi bo’lib, qizil tuya minib olgan edi. Qo’lidagi uzun nayzasi bilan ko’plab musulmonlarni narigi dunyoga jo’natardi…”. Shu paytda mazkur kishiga ro’baro kelgan va tuyasining payini qirqib tashlagan sahoba kim edi?
a) Usoma ibn Zayd (r.a.)
b) Abu Dujona (r.a.)
c) Zubayr ibn Avvom (r.a.)
d) Adiy ibn Hotim (r.a.)
To’g’ri javob: Abu Dujona (r.a.)
Izoh: Dushman ichida bani havozonlik bir kishi bor edi. U qizil tuya minib olgan bo’lib, qo’lida uzun nayzasi bor edi. Bu odam ko’plab musulmonlarni o’ldirar edi. Abu Dujona r.a. uning qarshisiga chiqdi. U dushman tuyasining payini qirqib tashladi. Shu payt Ali ibn Abu Tolib kelib, mushrikning qo’lini kesib tashladi. Abu Dujona uning ikkinchi qo’lini kesdi. So’ngra ikkovlari uni qatl qildilar. (“Hadis va Hayot” 26-juz, 230-bet)
Aynan shu savol yuzasidan ishtirokchilarimizdan juda ko'p mulohazalar oldim. Eng quvonarlisi viktorinachilar faqatgina o'zbekcha manbalar bilan cheklanmasdan arabcha, turkcha, ruscha kitoblardan ham ma'lumotlar qidirishgan.
Bir foydalanuvchining yozishicha, u siyrat haqidagi juda ko'p arabiy kitoblarni qarab chiqqan, faqatgina "Mag’oziyul voqidiy" kitobidan Abu Dujona javobini topa olgan. (Men bu kitobni birinchi marta eshitishim).
Yana bir foydalanuvchining ayna shu savol yuzasidan o'qib chiqqan manbalarida "Sayyidimiz Muhammad (sav)", "Zadul Ma'od", "Siyar a'lam an-nubalaa", "Ar-Rijal havlar-Rosul", Peshqadamlar roziyollohu anhum" kitoblari mavjudligi, meni shoyad quvontirdi.
Yana bir foydalanuvchi turkcha "Asri-Saadet" kitobidan bani havozinlik kishinining tuyasi payini qirqib tashlagan sahoba Abu Dujona ekanligi yozilganligini e'tirof etdi. Yana shu foydalanuvchining ta'kidlashicha, "Tarixi Muhammadiy" kitobida javobga yetaklovchi aniqlik ko'rsatilgan:
"Dushmanning hujumiga askarlari oldida qizil tuya mingan, qora bayroq ko'targan tug' begisi bo'lib, tug'lik nayzasini qo'lida to'g'ri kelgan kishiga sanchib, sog' qo'ymas edi. Bu holni ko'rgan hazrat Ali unining qasdiga tushib, orqasidan piyoda keldi va tuyaning keyingi oyog'iga qilich soldi. Tuya yiqilishi bilan ansor sahobalardan birovi tuya ustidagi tug'begini chopdi".
Variantlarni o'rganilib chiqilganda Usoma ibn Zayd (r.a.) va Zubayr ibn Avvom (r.a.)lar Makkalik sahobiylar, Adiy ibn Hotim (r.a.) esa 9-hijriy sanada islomni qabul qilgan bo'lib chiqmoqda. Yagona aniq va to'g'ri javob Abu Dujona (r.a.)dir.
Javobni Hazrati Ali deb izoh bilan yuborgan foydalanuvchilarning ham javoblari to'g'ri deb qabul qilindi.
Alloh barchamizdan rozi bo'lib, olinayotgan ilmlarni qiyomatga qadar foydalik qilishini O'zi nasib etsin!