"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar  ( 134606 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 27 B


AbdulAziz  15 Aprel 2008, 08:02:33

Va alaykum assalom!

Inshalloh, jum'a kuni ertalab e'lon qilinadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Aprel 2008, 07:01:18

Assalamu alaykum.
Hurmat forumdoshlar va forum mehmonlari.
Mana nihoyat Tanlovning 1-tur dastlabki natijalarini e'lon qildik.
Bu tanlov haqidagi fikr- mulohazalaringizni, takliflaringizni e-mail orqali bildirishingiz yoki shu mavzuda qoldirishingiz mumkin.
Barchani bu tanlovda faol ishtirok etib, ilm o'rganishga va Saravri Koinot bo'lgan Rasululloh sav hayotlari haqida bilimga ega bo'lishlaringiz tilaymiz.
Alloh barchalarimzni Haq yo'liga boshlasin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Aprel 2008, 07:27:29

Va alaykum assalom!

Dastlabki natijalarni ko'rib, judayam xursand bo'ldim. Alloh rozi bo'lsin!

Juda ko'p mehmon foydalanuvchilar ham javob berishibdi. Alloh ilmlzrini ziyoda qilsin!

Barcha forum a'zolarini (negadir ko'pchiligini bu ro'yxatda ko'rmadim) Rasululloh SAV siyratlaridan ilm hosil qilishga chaqiraman. Hali vaqt bor. savollarga javoblaringizni kutib qolamiz.

Qayd etilgan


shoir  19 Aprel 2008, 16:44:52

Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Juda go'zal tanlov bo'lyapti.
Tashkilotchilarga yana bir bor minnatdorchilik izhor qilaman.

Tanlov savollari kim tomonidan tuzilayotgani haqida bilsak bo'ladimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Aprel 2008, 08:00:53

Va alaykum assalam.
Alloh sizdan ham rozi bo'lsin.
Alloh bu ihsimizni davomli qilsin.
Bu tanlovdagi savollar shu tanlov tashkilotchilari tomonidan va ba'zi ishtirokchilarimiz tomonidan tuzilyapti. Ya'ni ishtirokchilarimiz ham savol jo'natishyapti, Abdulaziz ularni saralab test holiga keltiryaptilar. Alloh u kishidan rozi bo'lsin.
Siz va boshqa ishtirokchilarimiz ham o'z savollaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
Alloh barchalarmizni  o'z vaqtining qadriga yetadigan insonlardan aylasin. Amiyn!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Aprel 2008, 08:44:41

Assalomu alaykum!

Tanlovga savol jo'natayptgan ishtirokchilar diqqatiga:

1. Savol jo'natayotganda aniq javobini yozishni unutmang.
2. Savolning aniq manbasini albatta yozib yuboring.

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Aprel 2008, 00:47:32

Assalamu alaykum!
Mana, alhamdulillah, ushbu tanlovimiz ham juda samarali o'tib borayapti. Biz kelayotgan javoblardan, savollardan judayam xursand bo'layapmiz.
Inshaalloh, bugun 1-turning to'liuq javoblari, ikkinchgi turning dastlabki reytinggi va 3-tur savollari e'lon qilinadi.

Biz hakamlar hay'ati bilan kelishgan holda har 4 turdan so'ng, Islom asoslari, namoz va ibodat qoidalari haqida ham savollar berib borishni rejalashtirgan edik.

Shunga sizlardan ham fikr-mulohazalar kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Olimxon  25 Aprel 2008, 05:56:18

InshaAlloh xayrli bo'lardi

Qayd etilgan


shoir  25 Aprel 2008, 15:12:02

Va alaykum assalom!

Juda yaxshi bo'lar edi.

Jazaakalloh.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 May 2008, 07:11:40

Assalamu alaykum.
Barchangizga Juma muborak bo'lsin!!!
Tanlov natijalarini, savollarning to'g'ri javoblarini va yangi turning savollarini joyladik.
Lekin nimagadir bu tanlovda faol ishtirokchilarimizdan juda kam kishilar ishtirok etishyapti.
Mehmonlarimiz esa juda faol,Alloh ulardan rozi bo'lsin. Men shuni xohlardimki, ishtiorkchilarimiz ham o'z bilimlarini oshirish uchun shu tanlovda ishtirok etishsa. Salomoni Forsiy, Chustiy, Rukhiya, Muzayyana,Asadulloh....
Bu tartibni juda uzoq davom ettirishimiz mumkin.
Barchangizni bu tanlovda kutib qolamiz.
Alloh barchamizga haqiqiy ilm va shu ilmga amal qilishlikni nasib qilsin.
Alloh barchamizdan rozi b'lsin.

Qayd etilgan