Assalomu alaykum ahli forum,
Alloh sizlardan rozi bo'lsin, amallaringiz ajrini bersin!
Viktorina tashkilotchilariga iltimosim bor. Men ilk bor qatnashayotganim uchun, shu kungacha bu viktorinani qonun qoidalari bilan tanish emas edim. Bugun tog'ri javoblarni ko'rib chiqdim, biroz e'tirozim bor. To'g'ri javoblarning aniq manbasi berilmagan, manba chala, manbani bir shaklga solib olish kerak. Misol uchun, Kitob nomi, qachon va qayerda nashr qilingan, muallifi kim, to'g'ri javob olingan aniq sahifasi ko'rsatilishi shart. O'shandagina xato qilganlar tez va qiyinchiliksiz manbani ko'rishi mumkin. Bir javobda sahifasi berilgan birida esa yo'q. Iltimosimni inobatga olasizlar degan umiddaman.
Keyin yana bitta gap, bu yerga yuklangan aksaryat elektron kitoblarning mundarijasi yo'q, bu kishiga biron bir ma'lumotni izlashda qiyinchilik va ko'p vaqt talab qiladi. Har bir kitobni mundarija bilan berishni iloji yo'qmi, navigatsiya kishi ishini ancha yengilllashtiradi. Misol uchun 2-tur 16-savoliga to'gri javobning manbasini, ya'ni aniq sahifasini topish uchun butun kitobni izlab chiqishim kerak. Bu o'quvchiga noqulaylik to'gdiradi. O'z shaxshiy fikr va muolahazalarimni bildirib o'tdim.
Omon bo'lingizlar!
PS: Bizda natijalar yomon emas.