Assalomu alaykum!
6 tur 19 savol bo'yicha
. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)
Ushbu savol javobida ham tushunarsizlik mavjud. Menimcha, izohda qalblari isro kechasidan keyingina ko’radigan bo’lganiga aniq ishora yo’q. Yoki hadis sharhida shunday deyilganmikan? Agar shunday bo’lsa iltimos izohga uni ham kiriting.
Chunki boshqa ma’lumotga ko’ra Rasululloh SAV vahiy tushishi boshlanganan keyin uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi deyilgan (Hadis va hayot shu hadisning o’zining sharhida).
Shu mavzuda bir savol tug’ildi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi, deyilgan hadis matnida. Hamma payg’ambarlarda Payg’ambarimizdek isro-me’roj sodir bo’lmaganku. Ularda bu holat qachondan boshlangan?
Hadis matniga ko’ra, ya’ni
Ka’ba masjididan sayohat qildirilish kecha aynan isro kechasidir, buni hadis qavllarining qavs ichidagi izohida ham ta’kidlab o’tilgan.
Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Hadis matnidan ma’lum bo’lyaptiki, Rasululloh SAV ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina, farishtalarni ko’radilar. Vallohi a’lam.
"œHadis va Hayot"da yuqoridagi hadis sharhida ham Rasulimiz SAVning isro kechasida Jabroil alayhissalomni ko’rganlari aytilgan:
"Бундан Муҳаммад мустафо соллаллоҳу алайҳи васаллам пайғамбар бслишларидан аввал ухлаб ётганларида ҳузурларига фаришталар келганини билмаганлари чиқади.
Аммо у зотга ваҳий тушганидан кейин
исро кечасида Жаброил алайҳиссалом келганларида билганлар."