"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar  ( 134751 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 27 B


AbdulAziz  30 Dekabr 2009, 07:30:16

Ассалам алайкум!
Биз Исломни Биламизми? викторинасининг 3 босқич 5 туридаги 19чи саволида хатолик бор ёки йсқлигини сна бир бор текшириб ксришингизни илтимос қиламиз?!
А­рталабдан бери китоб титкилаб жавоб топа олмаспмиз? Аки савол нотоғри қсйилганмикин?
А­ьтибор учун олдиндан ташаккур...

Va alaykum assalom!
Bu savolning javobi manbalarda aniq keltirilgan. Qidirishda davom eting.

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Dekabr 2009, 07:51:11

19 savolga javobni 2 hil kitobda 2 hil tarzda topdim.

Arrahiqul Mahtumda 3000 ga yaqin deyilgan
1500 ham 2000 ham 3000 ga yaqinku?
3000 ga yqin degani demak 3000 bo'lmagan deganida

Yana bir kitobda (Islomiy kitoblarda) hammasi bo'lib 1500 deyilgan

shunga ham oydinlik kiritsangiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Dekabr 2009, 08:32:38

Bunaqa izohlar javob e'lon qilingandan keyin beriladi.
Ungacha manbalar va javoblarni e'lon qilinmasin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Dekabr 2009, 08:54:08

Bunaqa izohlar javob e'lon qilingandan keyin beriladi.
Ungacha manbalar va javoblarni e'lon qilinmasin.

uzr, ikki hil javob topib olganimga hayron bo'lib qaysi birini belgilashni bilmay turibmanda  ???

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Dekabr 2009, 08:57:27

Bunaqa izohlar javob e'lon qilingandan keyin beriladi.
Ungacha manbalar va javoblarni e'lon qilinmasin.

uzr, ikki hil javob topib olganimga hayron bo'lib qaysi birini belgilashni bilmay turibmanda  ???

Fikrlashda davom eting.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  31 Dekabr 2009, 12:46:24

Танловни саволлари каерда?

Qayd etilgan


Abdulhafiz  31 Dekabr 2009, 12:54:49

Танловни саволлари каерда?
mana bu yerda:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2428.120

Qayd etilgan


lolo  16 Yanvar 2010, 12:16:12

Assalamu alaykum! Quyidagi hatoliklarga tuzatish va aniqliklar kiritinglar:

6-tur: Ro’za hukmlari. 1-qism (Hanafiy mazhabida) Javoblar va izohlar
10. Quyidagilardan qaysi biri makruhi tahrimiy hisoblanmaydi?
a) Navro’z bayrami kuni ro’za tutish — (макруҳи танзиҳий)
b) Ramazon va Qurbon hayiti kuni ro’za tutish (макруҳи таҳримий)
c) Tashriq kunlari ro’za tutish (Мандуб ёки мустаҳаб, съни ташриқ - Арафадан олдинги 8 кунлик рсзага киради)
d) Taqiqlangan kunlarigina tutmay, yilning qolgan kunlarining hammasida ro’za tutish (макруҳи танзиҳий)
e) Yuqoridagi javoblarning barchasi.
To’g’ri javob: Taqiqlangan kunlarigina tutmay, yilning qolgan kunlarining hammasida ro’za tutish
(Demak, a), c) va d) javoblar to’g’ri bo’ladi.)

Nafl ro‘zaning eng afzali bir kun tutib, bir kun tutmaslikdir. («Olamgiriya», «Xulosa») (Bundan chiqti 9-savolning javobi a) bo'ladi. Ya'ni mandub ham, mustahab ham Nafl hisoblanadi.)

14. Ro’zador tishi orasida qolgan bitta guruch donasini yutsa ro’zasi ochiladimi?
a) Ro’zasi ochiladi, qazosini tutib beradi.
b) Agar uni chaynasa, mazasini bilmasa-da, ro’zasi ochiladi.
c) Agar uni chaynab yutganida mazasini sezsa, ro’zasi ochiladi.
d) a va b javoblar
To’g’ri javob: Agar uni chaynab yutganida mazasini sezsa, ro’zasi ochiladi.
Izoh: Tishlari orasida qolgan taom qoldiqlarini yutsa, ular no‘xotdan katta bo‘lmasa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo og’zidan tashqariga chiqarib, so‘ngra qayta og‘ziga solib yutsa, no‘xotdan kichik bo‘lsa ham ro‘zasi ochiladi. Kafforat vojib bo‘lish-bo‘lmasligida ixtilofli fatvolar mavjud. Vojib bo‘lmasligiga Abullays Samarqandiy (rh.)dan rivoyat bor.
Tish orasidagi bir dona kunjutni yutib yuborsa, kichik bo‘lgani uchun ro‘zasi ochilmaydi. Ammo uni og‘zidan chiqarib, so‘ngra yana qayta og‘ziga solib yutsa, ro‘za ochiladi. Kafforat vojib bo‘lish-bo‘lmasligida ixtilof bor. Agar tish orasidagi bir dona kunjutni chaynasa, ro‘zasi ochilmaydi. Lekin chaynab yutganida tomog‘ida uning mazasini sezsa, ro‘zasi ochiladi. Boshqa har qanday taom, don yoki boshqa chaynalgan kichik narsalar shu qoidaga qiyos qilinaveradi. («Olamgiriya», «Xulosa», «Muxtasar», «Qozixon», «Fathul-Qadir»)
Savolda yutish zikr etilgan, chaynash haqida esa gap yo’q. Javoblar orasida "œOchilmaydi" degani ham bo’lishi kerak edi va shu javob to’g’ri bo’ladi. Chunki: «Тишлари орасида қолган нсхотдан кичик нарсани еса ҳам рсзаси очилмайди» («Кифос шарҳи Виқос» китобидан).

15. Tishning milkidan chiqqan qonni so’lak bilan birga yutib yuborsa ro’za ochiladimi?
a) Ro’zasi ochiladi, qazosini tutib beradi.
b) Qaraladi: agar qon ortiq bo’lsa, ochiladi.
c) Qaraladi: agar qon bilan so’lak barobar bo’lsa, ochiladi.
d) Qaraladi: agar qon bilan so’lak barobar bo’lsa, ochilmaydi.
(Yutib yuborilgan narsani tekshirib bo’lmaydi)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2010, 14:03:50

Assalomu alaykum!
"œBiz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 6-turi ko’pchilikni kitob titkilashga, izlanishga majbur qilgani bizga kelgan maktublardan bilindi.
Bu tur fiqhiy mavzuda bo’lganligi uchun unda ba’zi ixtiloflar ham bo’ldi. Bugun biz ushbu ixtiloflardagi holatlarni inobatga olib, 2 ta savoldagi savoblarda tog’ri javob varianti 2 taligini e’tiborga olib, natijalarni qayta hisoblab chiqdik va sizlarga ma’lum qilmoqdamiz.

Ushbu tur haqidagi ushbu mulohazalar bizni judayam xursand qildi:

Avvalo bu turdagi savollar ancha qiyin va biz uchun manzur bo`lganligini ta`kidlab o`tmoqchiman. Ushbu murakkablik bizlarni nafaqat bir-ikki balki, bir necha o`nga yaqin manbalarni olib izlanishimizga sabab bo`ldi. Umuman 6-tur savollari izlanishimda mendan 10`lab soatlar xattoki bir necha kunlar talab qildi. Albatta bu men uchun yutuq bo`ldi.

Birodar Alloh rozi bolsin savollarni juda qoyil qilib tuzilibdi, lekin qozonda bori cho'michga chiqar ekan topish qiyin boldi bahonada hali kop narsani bilmasligimni bilib oldim salomat boling.


Endi savollar va uning izohlariga kelsak,

5. Quyidagilarning qaysi biri vojib ro’za hisoblanadi?
a) Kafforat ro’zasi ("œKifoya"ga ko’ra, kafforat ro’zasi tayinli bo’lmagan farz rozadir.) .
b) Nazr ro’zasi ("œKifoya"ga ko’ra, nazr ro’zasi vojib, "œNurul Izoh"ga ko’ra, farzdir.) .
c) Nafl niyati bilan tutib, keyin buzilgan ro‘za qazosi ("œNurul Izoh"ga ko’ra, vojibdir.) .
d) Muharram oyining 9-10-kunlari ro’za tutish ("œNurul Izoh"ga ko’ra, nafldir.) .
e) a, b, c javoblar. (bu yerda a javobi noto’g’ri.) .

Ushbu savolning javoblariga asos bo’lgan manbalar:

Farz ro‘za ham ikkiga, ta’yinli va ta’yinli emasga bo‘linadi.
Ta’yinli farz ro‘za — Ramazon ro‘zasini ado etishdir.
Ta’yinli bo‘lmagan farz ro‘za — Ramazonning qazosi va kafforot ro‘zasidir.

Vojib ro‘za ham ikkiga, ta’yinli va ta’yinli emasga bo‘linadi.
Ta’yinli vojib ro‘za — muayyan nazr ro‘zadir.
Ta’yinli bo‘lmagan vojib ro‘za — mutlaq nazr ro‘za va nafl ro‘zani buzgan bo‘lsa qazosini tutishdir. ("œKifoya")

1. Farz bo’lgan ro’za. Ramazon ro’zasining adosi va qazosi, kafforat ro’zalari, nazr ro’zalari.
2. Vojib ro’za - nafl niyati bilan tutilgan va keyinroq buzilgan ro’zalarning qazosidir. ("œNurul Izoh")

Ko’pchilik bu savolga e javobini belgilab xato qilgan. Biz esa qayta hisoblashda b va c javobni belgilaganlarning javoblarini qabul qildik.


10. Quyidagilardan qaysi biri makruhi tahrimiy hisoblanmaydi?
a) Navro’z bayrami kuni ro’za tutish ("œKifoya"ga ko’ra makruhi tanzihiy, "œNurul-Izoh"ga ko’ra makruhi tahrimiy)
b) Ramazon va Qurbon hayiti kuni ro’za tutish ("œNurul-Izoh"ga ko’ra makruhi tahrimiy)
c) Tashriq kunlari ro’za tutish ("œNurul-Izoh"ga ko’ra makruhi tahrimiy)
d) Taqiqlangan kunlarigina tutmay, yilning qolgan kunlarining hammasida ro’za tutish («Olamgiriya», «Xulosa»ga ko’ra, makruh emas)
e) Yuqoridagi javoblarning barchasi.

Ushbu savolning javoblariga asos bo’lgan manbalar:

Bir yilning barcha kunlarida, hatto taqiqlangan kunlarida ham qoldirmay ro‘za tutish makruhdir. Ammo taqiqlangan kunlari tutmay, qolgan kunlari tutsa makruh emas. Shuningdek, iftorlik qilmasdan bir necha kun nafl ro‘za tutish ham makruhdir. Nafl ro‘zaning eng afzali bir kun tutib, bir kun tutmaslikdir. («Olamgiriya», «Xulosa»)

Navro’z bayrami kuni ro’za tutish makruhi tanzihiydir. ("œKifoya")

Tahrimiy makruh - Ramazon hayiti va Qurbon hayiti, tashriq kunlari, faqatgina juma yoki faqatgina shanba kunida, Navro‘z (21 mart) va Mehrjon (17 sentyabr) bayramlari kuni ro‘za tutishdir. Biroq Navro‘z va Mehrjon ro‘za tutishni odat qilgan kunlariga to‘g‘ri kelsa, u kunda ro‘za tutishning karohati yo‘qdir. ("œNurul-Izoh")

Biz qayta hisoblashda a va d variantlarni belgilaganlarnbing javoblarini qabul qildik.

Alloh ilmingizni ziyoda qilib, To’g’ri yo’lidan adashtirmasin!

Qayd etilgan


Muallim  18 Fevral 2010, 18:57:31

 :bs1: Alhamdulillah, alhamdulillahi robbil a`lameen was-solatu was-salamu a`la ashrafil anbiyai wal mursaliyn, sayyidina muhammadin wa a`la a`lihi wa as`habihi ajmain, amma ba`ad:
III BOSQICH Biz Islomni Bilamizmi? Viktorinasining muvaffaqiyatli yakunlanganligi bilan Alhamdulillah Allohga hamdlar aytamiz va unda bizlarga bosh bo`lgan administrator akamiz AbdulAziz, hakamlar Munira xonim va boshqa hay`at a`zolariga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Inshaalloh, Allohdan Sizlarning haqingizga holisona duo qilib qolamiz. Ikki dunyoda ham martabalaringizni yuqori qilsin. Jumladan musobaqa ishtirokchilarini ham ikki dunyoda aziz qilsin. Barchalaringizni hisob kitob kunida Alloh Subhanahu va Taoloning huzuriga Uhud-Uhud to`glaridek ajru mukofotlar bilan borishga nasib etsin! (Amiin) Musobaqa g`oliblarini: Aziza Mannopova (1-o'rin), Anisa (2-o'rin), Bahriddin Botirov (3-o'rin), Zulayho Xon (4-o'rin), Mahdiyah (5-o'rin) barchalaringizni chin qalbimdan tabriklayman, Alloh muborak qilsin. Keyingi viktorinada uchrashish hammamizga nasib etsin! Waalhamdulillahi Robbil A`lamiyn.
 :as:
 

Qayd etilgan