Assalomu alaykum!
Rasululloh (sav) Hiraql rumliklardan katta qo’shin to’playotgani haqidagi xabarni eshitib, sahobalarga Rumga qarshi g’azotga tayyorlanishni buyurdilar. Manbalarda kelishicha ushbu g’azotga chiqishlarining yana bir sababi nima edi?
a) Ba’zi arab qabilalarining rum askarlari safiga qo’shilishi;
b) Zayd ibn Horisaning o’chini olish;
c) Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish;
d) Abdulloh ibn Ravohaning o’chini olish;
e) Barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob 1: Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish.
Izoh: Rasululloh (sav) Hiraql rumliklar va o’ziga qarashli arab qabilalaridan qo’shin to’playotganini eshitib, ularga qarshi g’azotga otlandilar. Yana Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish uchun ham deyiladi. (Sulaymon ibn Muhammad al-Luhaymid, "œAl-Anvar fi siyrat an-nabiy al-muxtor". 53-bet)
To’g’ri javob 2: Ba’zi arab qabilalarining rum askarlari safiga qo’shilishi;
Izoh: Mana shularni nazarda tutgan Qaysar Mu’ta jangidan bir yil ham o‘tmay, rumliklar va ularga tobe’ bo‘lgan G’asson va boshqa arab qabilalari ishtirokida juda katta qo‘shin hozirlay boshladi va hal qiluvchi qonli urushga tayyorlana boshladi. ("œRohiyq al-maxtum")
Ushbu savol javobining ikkinchi izohi bo’yicha e’tirozim bor. Izohda kelltirilgan manbada xossatan arablarning qo’shilishi ushbu g’azotga sabab bo’lgan degan hech bir ma’no anglashilmaydi. Balki ommatan rum va qo’l ostidagi qabilalarning urushga hozirlanishi urushning bosh sababi deyilgan. Bu yerda ba’zi arablarning ularning safiga qo’shilishi deb olish ayni xato bo’ladi, zero Rumga tobe’ qabilalarning askarlarning qo’shilishi bu tabiiy holku. Savol muallifi ham savolda buni aniq ko’rsatib yana bir boshqa sabab nima edi deb savolni aniq qo’ygan. Izohda keltirilgan manbada ham aniq qilib amakilarining o’g’li Ja’far ibn Abi Tolibni o’chini olish maqsadida deb aniq yozib qo’yibdiku. Bundan tashqari bu g’azotga boshqa bir ncha sabablar ham ko’rsatilgan. Masalan, 1.Nasroniy arablar Hiraqlga payg’ambar vafot etibdi, diningni Arabiston yarim orolida yoygin. Buning uchun u yerga hujum uyushtirgin deganlari, 2. Yahudiylar Rasululloh s.a.v.ga Shomga g’azot qilsangiz edi, zero u yerlar anbiyolar yurti deganlari, Rasululloh s.a.v. shunga javoban ushbu q’azotni boshlaganlari, bu haqida Alloh Taoloning Isro surasi 76 oyatni nozil qilgani 3.Rumni qo’shin to’plagani; 4. Amakilarining o’gli Ja’farning o’chini olish. Rumni qo’shin to’plagani savolni o’zida ta’kidlangani, Ja’farning o’chini olishdan boshqa sabablar variantda keltirilmagani bois ushbu javob to’g’ri bo’ladi vallohu a’lam bissavab.
Shuning uchun ba’zi arab qabilalarining rum askarlari safiga qo’shilishi degan variantni yana bir bor o’ylab ko’rishingizni so’rayman. Zero, ushbu q’azot sabalarida ba’zi arab qabilalarining qo’shilishi umuman sabab qilib ko’rsatilmagan.
Savol muallifidan ham fikr-mulohazalarini kutib qolaman.
Yuqoridagi ikkinchi izoh xuddi 1-turdagi ushbu savol-javob-izohiga o’xshab qolgan. Bu yerda izohda ham islomni qabul qilgani aytilmagandek:
13. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan kurash tushgan va shu bilan islomni qabul qilgan Qurayshlik pahlavon kim edi?
a) Tufayl ibn Abu Amr
b) Rakona ibn Abdu Yazid
c) Xolid ibn Valid.
To’g’ri javob: Rakona ibn Abdu Yazid
Izoh: Quraysh qabilasi ichida Rakona ibn Abdu Yazid nomlik bir pahlavon yigit bor edi. Kurash maydonida otog‘i chiqqan, yonboshi yerga tegmagan edi. Bir kun xoli bir ko‘chadan o‘tib borayotganida, Payg‘ambarimiz aning oldidan chiqib:
— Ey Rakona, Xudodin qo‘rqgil, mening nasihatimni qabul qilib, Islom diniga kirgil, — dedilar. Anda Rakona:
— Ey Muhammad, sening kelturgan bu dining haqligini qaydin bilurman? Uning haqligiga biror belgi ko‘rsatsang, qabul qilayin, — dedi. Anda Rasululloh:
— Sening pahlavonligingga so‘z yo‘qdur. Kuch-quvvatda barchadin o‘zingni ustun chog‘larsan. Qo‘pgil (tur), ikkovimiz bu yerda kurashaylik. Agar seni yiqar bo‘lsam, mening haq payg‘ambarligimga ishonib, iymon keltururmisan? — dedilar. Ul ham roziligini bildirib, tura kelib kurashga tutindi. Muborak qo‘llari tekkan hamon butun kuchidin ajradi, ikki bukib, ani yerga urdilar. Bu ishga Rakona hayron qolib, qaytadin kurashmoqni talab qildi. Bu qatimda esa, burungidin og‘irroq holga qoldi. (Tarixi Muhammadiy)