Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 236474 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 B


AbdulAziz  12 Noyabr 2010, 10:46:22

IV BOSQICH
8-tur: Tabuk g’azoti. 1-qism
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh (sav) Hiraql rumliklardan katta qo’shin to’playotgani haqidagi xabarni eshitib, sahobalarga Rumga qarshi g’azotga tayyorlanishni buyurdilar. Manbalarda kelishicha ushbu g’azotga chiqishlarining yana bir sababi nima edi?
a) Ba’zi arab qabilalarining rum askarlari safiga qo’shilishi;
b) Zayd ibn Horisaning o’chini olish;
c) Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish;
d) Abdulloh ibn Ravohaning o’chini olish;
e) Barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob 1: Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish.
Izoh: Rasululloh (sav) Hiraql rumliklar va o’ziga qarashli arab qabilalaridan qo’shin to’playotganini eshitib, ularga qarshi g’azotga otlandilar. Yana Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish uchun ham deyiladi. (Sulaymon ibn Muhammad al-Luhaymid, "œAl-Anvar fi siyrat an-nabiy al-muxtor". 53-bet)

2. Tabuk qayerda joylashgan?
a) Madina bilan Shomning qoq o’rtasida joylashgan
b) Shom bilan Vodil Quroning orasida joylashgan
c) Madina bilan Vodil Quro orasida joylashgan
d) Madinadan 20 kunlik uzoqda joylashgan
To’g’ri javob 1: Shom bilan Vodil Quroning orasida joylashgan.
Izoh: Tabuk Shom bilan Vodil Quroning orasida joylashgan joydir. (Rashid Rizo, "œSayyidina Muhammad s.a.v". 344-bet)
To’g’ri javob 2: Madina bilan Shomning qoq o’rtasida joylashgan
Izoh: "Uzoq va xorituvchi bir yurishdan so'ng Islom qo'shini Madina bilan Shomning naqd o'rtasida Tabuk deyiluvchi joyga yetib keldi". ("Hazrati Payg'ambarimiz va islom dini", 142-bet)

3. Payg'ambar (s.a.v) islom lashkarlari bilan Tabuk jangiga otlanayotganida 2 kishi: "Bani Asfarga qarshi urushish turli arboblarning bir-birlari bilan urushiga teng, deb o'ylaysizlarmi? Allohga qasamki, bizga xuddi ertaga arqonga bog'langan holingiz ko'rinyapti", deb mo'minlarni qo'rqitadi. Mazkur kishilar kim edi?
a) Ubay(yoki Abdulloh) ibn Sulul va Gulas ibn Robiy'
b) Solim ibn Maqis va Abul Hasan ibn Habbor
c) Qusva ibn Hanzala va Asvad ibn Simok
d) Vodiy'a ibn Sobit va Muxashsho ibn Humayr
To’g’ri javob: Vodiy'a ibn Sobit va Muxashsho ibn Humayr
Izoh: Nabiy s.a.v. Tabuk g’azotiga jo’nayotganlarida bir guruh munofiqlar, jumladan, Vodi’a ibn Sobit va Muxashsho ibn Humayr ham birga edilar. Ular bir-birlariga: "œBani Asfarga qarshi urushish turli arboblarning bir-birlari bilan urushiga teng deb o'ylaysizlarmi? Allohga qasamki, bizga xuddi ertaga arqonga bog'langan holingiz ko'rinyapti" deb qo’rqitdilar. ("œHadis va hayot" 19-juz, 423-bet)

4. Munofiqlar kimning uyiga to'planib, musulmonlarni Tabukdan qaytarishga harakat qildilar?
a) Abu Uqaylning
b) Abu Hanzalaning
c) Suvaylimning
d) Abu Ya'loning
e) Abdulloh ibn Salulning
To’g’ri javob: Suvaylimning
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ba’zi munofiq odamlar Suvaylim ismli yahudiyning uyiga to‘planib olib, Tabuk g‘azotida odamlarni Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam ortda qolishga chaqirayotganlari ma’lum bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha yerga bir guruh sahobalar bilan Tolha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhuni yubordilar va ularga Suvaylimning uyiga o‘t qo‘yib yuborishga amr qildilar. Tolha roziyallohu anhu amrni bajo keltirdi. ("œHadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat")

5. Tabuk g’azoti uchun Usmon ibn Affon (r.a) qancha dinor xayr-ehson qildilar?
a) 1000 dinor
b) 2000 dinor
c) 3000 dinor
d) 4000 dinor
To’g’ri javob: 1000 dinor
Izoh: Abdurahmon ibn Samura (r.a) aytadi: "œUsmon ming dinorni yengiga solib keltirib, Nabiy (sav) "œQiyinchilik" urushiga tayyorlanayotganlarida qo’ynilariga to’kdi. Nabiy (sav) ning qo’ynilaridagini u yoq-bu yoqqa ag’darib turib, ikki marta:
"œBugundan keyin Usmonga nima qilsa ham, zarar qilmaydi", deganlarini ko’rdim". Termiziy rivoyat qilgan. (Hadis va hayot: "œUsmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo". 22-juz, 35-bet)

6. Tabuk g’azoti uchun Usmon ibn Affon (r.a) ehson qilgan dinorlar qancha oltinga teng bo’lgan?
a) 4 kg dan ortiq
b) 8 kg dan ortiq
c) 12 kg dan ortiq
d) 16 kg dan ortiq
To’g’ri javob: 4 kg dan ortiq
Izoh:Abdurahmon ibn Samura (r.a) aytadi: "œUsmon ming dinorni yengiga solib keltirib, Nabiy (sav) "œQiyinchilik" urushiga tayyorlanayotganlarida qo’ynilariga to’kdi. Nabiy (sav) ning qo’ynilaridagini u yoq-bu yoqqa ag’darib turib, ikki marta:
"œBugundan keyin Usmonga nima qilsa ham, zarar qilmaydi", deganlarini ko’rdim". Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: O’sha vaqtning dinori 4 grammdan ortiq sof oltin bo’lishini hisobga oladigan bo’lsak, hazrati Usmon ibn Affon (r.a) o’sha daf’a Payg’ambar (sav) ning qo’ynilariga to’rt kilodan ortiq sof oltinni to’kkanlari ma’lum bo’ladi. (Hadis va hayot: "œUsmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo". 22-juz, 36-bet)

7. Rasululloh s.a.v.dan jihodga borish uchun ulov so’ragan sahobalar qanday nomlandi?
a) "œUlovsizlar"
b) "œYig’loqilar"
c) "œOyoq-yalanglar"
d) "œChirmashuvchilar"
To’g’ri javob: "œYig’loqilar"
Izoh: Keyin musulmonlar ichida «yig‘loqilar» nomini olgan bir guruh sahobalar kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan jihodga borish uchun ulov so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga:
«Men sizlarni ko‘taradigan narsa topa olmadim», dedilar. Ular ko‘zlaridan yoshlari marjon-marjon to‘kilib ortlariga qaytdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

8. Jihodga borish uchun ulov topolmay ko’z yosh qilganlardan Abdurrahmon ibn Ka’b va Abdulloh ibn Mig’falga o’z suv tashiydigan tuyasini bergan sahoba kim?
a) Ibn Yamin ibn Umayr r.a.
b) Abu Uqayl r.a.
c) Abdurrahmon ibn Avf r.a.
d) Sibo’ ibn Urfuta r.a.
To’g’ri javob: Ibn Yamin ibn Umayr r.a.
Izoh: Ibn Yamin ibn Umayr ibn Ka’b an-Nazriy haligi yig‘laganlardan Abdurrohman ibn Ka’b va Abdulloh ibn Mig‘falni ko‘rib, nimaga yig‘layapsizlar, deb so‘radi. Ular:
«Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bizga ulov berishlarini so‘ragan edik, u kishida bizni mindiradigan narsa yo‘q ekan. O’zimizda ham jihodga chiqadigan hech narsamiz yo‘q», deyishdi.
Shunda u ikkovlariga suv tashiydigan tuyasini va bir muncha xurmo berdi. Ikkovlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan jihodga bordilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

9. Rasululloh s.a.v. "œAlloh "¦ga rahmat qilsin, yolg‘iz yuradi, yolg‘iz o‘ladi, yolg‘iz tiriladi" deb marhamat qilgan sahoba kim edi?
a) Abu Zarr G’iforiy r.a.
b) Abu Xaysama r.a.
c) Umayr ibn Vahb r.a.
d) Abu Hurayra r.a.
To’g’ri javob: Abu Zarr G’iforiy
Izoh: Abu Zarr roziyallohu anhu ham ortda qoldi. Uning tuyasi yurmay qolgan edi. Odamlar: «Ey, Allohning Rasuli, Abu Zarr ortda qoldi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:  «Uni tek qo‘yinglar, unda biror yaxshilik bo‘lsa, Alloh uni sizlarga yetishtiradi. Agar unday bo‘lmasa, Alloh sizni undan qutqargan bo‘ladi», dedilar.
Abu Zarr tuyasini yurishini kutib turdi. Yuravermagach, tuyaning ustidagi narsalarni oldida yelkasiga ko‘tarib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam izlaridan yurib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir joyda dam olgani to‘xtadilar. Musulmonlardan birlari uzoqdan kelayotgan odam qorasini ko‘rib: «Ey, Allohning Rasuli, bir odam yolg‘iz piyoda kelmoqda», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Abu Zarr bo‘lsaydi», dedilar. Odamlar sinchiklab qarab, uning Abu Zarr ekanini tanidilar va: «Ey, Rasululloh, Allohga qasamki, o‘sha odam Abu Zarr», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh Abu Zarrga rahmat qilsin, yolg‘iz yuradi, yolg‘iz o‘ladi, yolg‘iz tiriladi», dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

10. Tabuk g’azoti uchun bor molini keltirgan, ahli oilasi uchun bir dirham ham olib qolmagan sahoba kim edi?
a) Abu Bakr siddiq r.a.
b) Umar ibn Hattob r.a.
c) Usmon ibn Affon r.a.
d) Abdurrahmon ibn Avf r.a.
To’g’ri javob: Abu Bakr siddiq r.a.
Izoh: Abu Bakr Siddiq bor molini — ya’ni, 4000 (to‘rt ming) dirham — keltirib berdi, ahli-oilasi uchun Allohu Rasulidan boshqa narsani qoldirmadi. Buni u hammadan birinchi bo‘lib olib kelgan edi. ("œRohiyq al-maxtum")

11. Rasululloh s.a.v.: "Ey bor Xudoyo, ...dan rozi bo'lgin, men undan roziman" dedilar. Bu o'rinda Rasululloh s.a.v. kimning nomini tilga oldilar?
a) Usmon ibn Affon
b) Abdurahmon ibn Avf
c) Abu Uqayl
d) Abu Bakr
To’g’ri javob: Usmon ibn Affon
Izoh: Xayr ehson qiluvchilar peshqadami Usmon ibn Affon r.a. edilar. U kishi hech kim qilmagan xayr ehson qildilar. U kishining bu saxiyligini taqdirlab Rasululloh s.a.v. "Ey bor Xudoyo Usmondan rozi bo'lgin, men undan roziman" dedilar. ("œHadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat")

12. Rasululloh s.a.v. Madinaga kimni xalifa qilib qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum r.a.
b) Zayd ibn Horisa r.a.
c) Muhammad ibn Maslama r.a.
d) Numayla al-Laysiy r.a.
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslama r.a.
Izoh: Qo‘shinning tayyorgarligi shu tarzda amalga oshirilgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinaga Muhammad ibn Maslama al-Ansoriyni xalifa qilib qoldirdilar, ayrimlar Sibo’ ibn Urfutani xalifa qilganlar ham deyishgan. ("œRohiyq al-maxtum")

13. Rasululloh s.a.v. qayerga askargoh qurdilar?
a) Vodil quroga
b) Qubo yaqiniga
c) Saniyyatul vado’ga
d) Hijr yaqiniga
To’g’ri javob: Saniyyatul vado’ga
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Saniyyatul Vado’ nomli joyga askargoh qurdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

14. Tabuk g’azotiga chiqqan musulmon qo’shini soni qancha edi?
a) 20000 mingga yaqin
b) 25000 mingga yaqin
c) 30000 mingga yaqin
d) 40000 mingga yaqin
To’g’ri javob: 30000 mingga yaqin
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ttiz mingga yaqin kishi bilan yo‘lga chiqdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

15. Islom lashkarlari Tabuk g'azotiga otlanayotganda qo'shin safida qancha ot-ulov bor edi?
a) 10000 ot va 12000 tuya
b) 8000 ot va 10000 tuya
c) 12000 ot va 16000 tuya
d) 6000 ot va 10000 tuya
To’g’ri javob: 10000 ot va 12000 tuya
Izoh: Rasululloh s.a.v. 9-hijriy sananing Rajab oyidan besh kun qolganda Tabuk janggiga chiqdilar"¦ Islom lashkarining o’ng ming oti, o’n ikki ming tuyasi bor edi. ("œHadis va hayot" 24-juz, 397-bet)

16. Tabuk g’azotida bayroqdor bo’lgan sahobalar yozilgan qatorni ko’rsating.
a) Abu Bakr Siddiq (r.a), Zubayr ibn Avvom (r.a), Abu Tolha (r.a), Usayd ibn Huzayr (r.a);
b) Umar ibn Xattob (r.a), Amr ibn Os (r.a),  Jobir ibn Abdulloh (r.a), Habbob ibn Munzir (r.a);
c) Abu Bakr Siddiq (r.a), Zubayr ibn Avvom (r.a), Usayd ibn Huzayr, Habbob ibn Munzir (r.a)
d) Abdurohman ibn Avf (r.a), Xolid ibn Valid (r.a), Usayd ibn Huzayr (r.a), Habbob ibn Munzir (r.a)
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq (r.a), Zubayr ibn Avvom (r.a), Usayd ibn Huzayr, Habbob ibn Munzir (r.a)
Izoh: Rasululloh (sav) Saniyatul Vado’dan Tabukka qarab yo’lga chiqqanlarida tug’ va bayroqlar bog’ladilar. O’z bayroqlarini Abu Bakr (r.a) ga, tug’larini Zubayr (r.a) ga, Avs tug’ini Usayd ibn Huzayr (r.a) ga, Hazraj tug’ini Habbob ibn Munzir (r.a) ga topshirdilar. Shuningdek har bir qabilaga bayroq yoki tug’ berdilar. (Rashid Rizo, "œSayyidina Muhammad sav". 346-bet)

17. Tabuk g’azotida Rasululloh (sav) ning bayroqdorlari kim edi?
a) Abdurohman ibn Avf (r.a)
b) Umar ibn Xattob (r.a)
c) Abu Bakr Siddiq (r.a)
d) Amr ibn Os (r.a)
To’g’ri javob: Abu Bakr (r.a).
Izoh: Rasululloh (sav) Saniyatul Vado’dan Tabukka qarab yo’lga chiqqanlarida tug’ va bayroqlar bog’ladilar. O’z bayroqlarini Abu Bakr (r.a) ga, tug’larini Zubayr (r.a) ga, Avs tug’ini Usayd ibn Huzayr (r.a) ga, Hazraj tug’ini Habbob ibn Munzir (r.a) ga topshirdilar. Shuningdek har bir qabilaga bayroq yoki tug’ berdilar. (Rashid Rizo, "œSayyidina Muhammad sav". 346-bet)

18. Tabuk safariga Rasululloh (sav) bilan birga chiqmagan, so’ngra vijdoni qiynalib yo’lga chiqqan va  Rasululloh (sav) Tabukka yetib borganlarida qo’shinga yetib olgan sahobiy Abu Xaysamaning ismi nima?
a) Abdulloh ibn Xaysama as-Solimiy
b) Abdulloh ibn Xaysama al-Avsiy
c) Molik ibn Qays ibn Nujayd
d) Qays ibn Molik ibn Anas
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Xaysama as-Solimiy.
Izoh: Abdulloh ibn Xaysama as-Solimiy — Abu Xaysama Solim ibn al-Xazraj qabilasidan.
Ibn Hibbon aytadilar: U Tabuk qissasi haqidagi Ka’b ibn Molik hadisida zikri kelgan Abu Xaysamadir. (Ibn Hajar al-A’sqaloniy: "œAl-Isoba fi tamyiz as-sahoba". 4-juz, 66-bet)
Abu Xaysamaning zikri Ka’b ibn Molik rivoyat qilgan uzun hadisda kelgan. Ushbu hadisda aytilishicha: "¦ Tabukda uzoqdan bir  kishi ko’rindi. Rasululloh (sav) "œAbu Xaysama bo’lsa edi", dedilar. U Abu Xaysama edi.
Voqidiy aytadilar: Bu Abu Xaysamaninig ismi Abdulloh ibn Xaysamadir. (Ibn Hajar al-A’sqaloniy: "œAl-Isoba fi tamyiz as-sahoba". 7-juz, 93-bet)

19. Tabuk g’azotiga imkoni yo’qligi uchun chiqa olmagan va buning evaziga uning moli va joniga aziyat bergan barcha musulmonlardan roziligini aytib Allohga duo qilgan sahobiy kim va uning bu duosi qanday natija berdi?
a) Uqba ibn Zayd, Rasululloh (sav) Alloh uning duosini ijobat qilganini va sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar;
b) Utba ibn Zayd, Rasululloh (sav) uning duosi sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar;
c) Ulba ibn Zayd, Rasululloh (sav) Alloh uning duosini ijobat qilganini va jihodga chiqqanlar bilan barobar savobga ega bo’lishini aytdilar;
d) Ulba ibn Zayd, Rasululloh (sav) uning duosi sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar;
e) c va d javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Ulba ibn Zayd, Rasululloh (sav) uning duosi sadaqa sifatida qabul bo’lganini aytdilar.
Izoh: Ulba ibn Zayd ham Rasululloh janobimizdan ot-ulov masalasida rad javobini olganlardan edi"¦ Xufton namozidan keyin hamma uyquga chekinganida u o’rnidan turdi. Namoz o’qidi. So’ngra qo’llarini ko’tardi:
"œ"¦ Bugungacha molimga va badanimga zarar bergan, shaxsimni ranjitgan hamma musulmonlarga haqqim halol bo’lsin.
Rasululloh (sav) bomdod namozini o’qib berganlaridan so’ng musulmonlarga o’giridilar.
Bu kecha sadaqa bergan kishi qani? — deb murojaat qildilar.
Savol javobsiz qoldi. Ikkinchi marta so’radilar. Shunda Ulba oyoqqa qakqqdi
— Xizmatingizga tayyorman ey Allohning rasuli, men bu yerdaman,  — dedi.
— Mujdalar bo’lsin senga! Jonimni qo’lida tutib turgan Allohga qasam, sening bu ishing maqbul bir sadaqa sifatida baholandi,  — deb marhamat qildilar". (Ahmad Lutfiy, "œSaodat asri qissalari". 4-kitob, 265,266-betlar)

20. Tabuk g’azotida Abdurahmon ibn Afv (r.a) Rasululloh (sav) ga imom bo’lib namoz o’qish baxtiga muyassar bo’ldilar. Bu qaysi namoz edi?
a) Bomdod namozi
b) Peshin namozi
c) Asr namozi
d) Shom namozi
e) Xufton namozi
To’g’ri javob: Bomdod namozi.
Izoh: Tabuk safari asnosida Rasululloh (sav) hojatlari bilan bo’lib namozlardan biriga kechikdilar. U bomdod namozi edi. (Sulaymon ibn Muhammad al-Luhaymid, "œAl-Anvar fi siyrat an-nabiy al-muxtor". 54-bet)

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Noyabr 2010, 10:49:00

8-turning yakuniy natijalari

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Anisa   100
3   Aziza Mannopova   100
4   Bahodir Ashurov   100
5   Bahriddin Botirov   100
6   Iroda Turdimatova   100
7   SardorbekTurdiyev   100
8   Dilmurod Majidov   95
9   Ummatiy Muhammadiy   95
10   Jamoliddin Hasanov   90
11   Lolo   90
12   Muallim   90
13   Nodir Shoh   90
14   Abdumuhaymin   85
15   Begzod Bakirov   85
16   Kapalak (Zamira Hamidova)   85
17   Habib   80
18   Fatima Sultanova   75
19   G_u_l_i (Guli Omonova)   75
20   Braupov (Bahrom Raupov)   65
21   Mubashsher Muhammad   65
22   Shoxruh Mirzo   65

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Noyabr 2010, 10:51:06

IV bosqichning umumiy reytingi

1   Anisa   795
2   Bahodir Ashurov   795
3   SardorbekTurdiyev   795
4   Abdulaziz Toshmatov   790
5   Aziza Mannopova   790
6   Iroda Turdimatova   790
7   Bahriddin Botirov   780
8   Dilmurod Majidov   780
9   Ummatiy Muhammadiy   780
10   Jamoliddin Hasanov   770
11   Muallim   770
12   Fatima Sultanova   765
13   Lolo   740
14   Nodir Shoh   740
15   Abdumuhaymin   730
16   Habib   725
17   Shoxruh Mirzo   695
18   Mubashsher Muhammad   690
19   Kapalak (Zamira Hamidova)   680
20   G_u_l_i (Guli Omonova)   625
21   Braupov (Bahrom Raupov)   620
22   Muvahhid (Otabek To'rayev)   570
23   Aziz Uralov   545
24   Mirolim Qodiraliyev   525
25   JaviK (Javlonbek Ikromov)   490
26   Muhammad Sohib   480
27   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
28   Musannif Adham   455
29   Erkin Vahidov   420
30   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   415
31   Mo'min Mirzo   390
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Begzod Bakirov   85
42   Nodirshoh Mamatqulov   80
43   Xolms   80
44   Muzayyana   70
45   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
46   Maqsud Asqarov   55

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Noyabr 2010, 10:52:48

10-tur – Online viktorinaning o’tkazilish tartibi

Ushbu turda ham ishtirokchilarga 20 ta savol taqdim etiladi. Har bir to’g’ri javob uchun 5 ball qo’shiladi.

Online tur savollari uchun test variantlari berilmaydi. Ishtirokchi muayyan vaqt mobaynida savollarga o’z bilimiga tayanib javob berishi kerak bo’ladi.

10-tur bevosita online tartibda o’tkaziladi. Buning uchun siz messenger kabi aloqa vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Online viktorina o’tkaziladigan aloqa manzillari:
Yahoo Messenger: [email protected]
Mail Agent: [email protected]
Google Talk: [email protected]

Agar ishtirokchining messengerda qatnashish imkoni bo’lmasa, telefon raqamini e-mailimga jo’natishi mumkin. Men ishtirokchiga qo’ng’iroq qilib (albatta O’zbekistondagi telefon raqami bo’lsa) telefon orqali ham viktorinani o’tkazishim mumkin.

Savollar viktorinada foydalanilayotgan kitoblardan beriladi. 10-tur o’tkazib bo’lingandan so’ng javoblar izohi bilan birgalikda e’lon qilinadi.

Savollar online tarzda birin-ketin beriladi va blits-viktorina tarzida o’tkaziladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, bir savolni o’qish uchun o’rtacha 5-7 sekund vaqt ketar ekan. O’ylashga ham qo’shilgan 8 sekund bilan birgalikda bir savol yo’llangandan so’ng 15 sekund kutaman. Bu orada javob bo’lsa qabul qilinadi. Agar javob bo’lmasa, keyingi savolga o’taman. Agar foydalanuvchida savolning aniq javobi bo’lmasa, “keyingi” deb o’tkazib yuborishi tavsiya etiladi. Savolga to’g’ri-notog’ri javob berilganligi va natijasi haqidagi ma’lumot muloqot davomida ma’lum qilinmaydi. Muloqot qayd etilib, keyin hisoblanib, javoblar e’lon qilinganda natijalar ham e’lon qilinadi.

Blits-viktorina paytida qat’iyan taqiqlanadi:
- Kitobdan ko’rish;
- Internetdan qidirish;
- Boshqa birovdan yordam so’rash;
- Variantlar so’rash;
- Bir foydalanuvchi sinovdan o’tganidan so’ng boshqa foydalanuvchiga savollarni ma’lum qilishi.
G’irromlik qilish foydalanuvchining vijdoniga havola qilinadi.

Online viktorinaning o’tkazilish vaqti: 20 noyabr, 2010-yil, shanba kuni. Toshkent vaqti bilan soat 09.00 dan 16.00 gacha. Shu vaqt oralig’ida ishtirok etolmaganlarning javobi undan so’ng qabul qilinmaydi!

10-turdan so’ng ham ballari teng kelgan sovrinli o’rin egalari o’rtasida yana bir qo’shimcha tur o’tkaziladi. Ushbu turda ham ishtirokchilarga blits-savollar taqdim etiladi va eng ko’p javob topgan ishtirokchi go’liblikka erishadi.

Bir hafta davomida tayyorgarlik ko’ring va haqiqiy bilimingizni sinab ko’ring.
Barchamizning olayotgan ilmlarimizni foydali qilsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Noyabr 2010, 09:45:09

9-turning yakuniy natijalari

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Anisa   100
3   Aziza Mannopova   100
4   Bahodir Ashurov   100
5   Bahriddin Botirov   100
6   Iroda Turdimatova   100
7   SardorbekTurdiyev   100
8   Lolo   90
9   Muallim   90
10   Abdumuhaymin   85
11   Habib   85
12   Nodir Shoh   85
13   Ummatiy Muhammadiy   85
14   Fatima Sultanova   75
15   Kapalak (Zamira Hamidova)   75
16   G_u_l_i (Guli Omonova)   70
17   Shoxruh Mirzo   70
18   Braupov (Bahrom Raupov)   65

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Noyabr 2010, 09:49:29

IV bosqichning umumiy reytingi

1   Anisa   895
2   Bahodir Ashurov   895
3   SardorbekTurdiyev   895
4   Abdulaziz Toshmatov   890
5   Aziza Mannopova   890
6   Iroda Turdimatova   890
7   Bahriddin Botirov   880
8   Ummatiy Muhammadiy   865
9   Muallim   860
10   Lolo   830
11   Habib   825
12   Nodir Shoh   825
13   Abdumuhaymin   815
14   Dilmurod Majidov   780
15   Jamoliddin Hasanov   770
16   Fatima Sultanova   765
17   Shoxruh Mirzo   765
18   Kapalak (Zamira Hamidova)   755
19   G_u_l_i (Guli Omonova)   695
20   Mubashsher Muhammad   690
21   Braupov (Bahrom Raupov)   685
22   Muvahhid (Otabek To'rayev)   570
23   Aziz Uralov   545
24   Mirolim Qodiraliyev   525
25   JaviK (Javlonbek Ikromov)   490
26   Muhammad Sohib   480
27   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
28   Musannif Adham   455
29   Erkin Vahidov   420
30   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   415
31   Mo'min Mirzo   390
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Begzod Bakirov   85
42   Nodirshoh Mamatqulov   80
43   Xolms   80
44   Muzayyana   70
45   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
46   Maqsud Asqarov   55

Inshaalloh, ertaga so'nggi tur o'tkazilib, go'liblar aniqlanadi. Yaxshilab tayyorgarlik ko'ringlar. Ertaga vaqti bo'lmaganlar "imtihon"ni bugun ham topshirib olishlari mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Noyabr 2010, 10:38:18

IV BOSQICH
9-tur: Tabuk g’azoti. 2-qism
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh s.a.v. Tabuk g’azotiga qaysi kuni yo’lga chiqdilar?
a) Dushanba
b) Payshanba
c) Juma
d) Shanba
To’g’ri javob: Payshanba
Izoh: Ka’b ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam panjshanba kuni Tabuk g‘azotiga chiqdilar, (chunki) ul zot panjshanba kuni g‘azotga chiqmoqni xush ko‘rur erdilar». («Sahihi Buxoriy»)

2. Tabuk g’azoti yana qanday nom bilan yuritiladi?
a) Rum g’azoti
b) Al-Usra g’azoti
c) Al-Hijr g’azoti
d) At-Taymo’ g’azoti
To’g’ri javob: Al-usra g’azoti
Izoh: Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «O’rtoqlarim meni Janob Rasulullohdan ulov so‘ramoqqa yuborishdi, ul zot Al-Usra qo‘shini, ya’ni Tabuk g‘azoti haqida tashvishlanib o‘ltirgan erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh! O’rtoqlarim meni ulov so‘rab kelgil, deb xuzuringizga yuborishdi»,— dedim. Ul zot: «Olloh taolo haqi, birorta ham ulov bera olmayman!» — dedilar g‘azablanib, lekin nega g‘azablanganlarini bilolmadim. (Sahihi Buhoriy 90-bet)

3. Abu Muso Ash’ariy qanday takilif bilan Rasululloh s.a.v. huzurlariga kelgan edi?
a) Rum ayollarining fitnasiga tushib qolishdan panoh tilab
b) O’zi va qabilasi uchun ot-ulov olishga
c) Munofiqlar to’planayotgan yahudiyning uyini yoqish taklifi bilan
d) Tabuk g’azotida u va uning do’stlari qatnashishini aytish uchun
To’g’ri javob: O’zi va qabilasi uchun ot-ulov olishga
Izoh: Ey Ollohning rasuli, bizga ulov topib bering, - deyishdi. Aksiga olib, ortiqcha ot-ulovqolmagan edi.
- Vallohi, sizlarni bironta ulovga mindirolmayman, - deb javob qildilar. Ko‘zlarda yosh bilan tarqalishdi. Bu ko‘zyoshlar payg‘ambarlar sultoni bilan g‘azotda birga bo‘la olmaslik alami yurakka qilgan xurujining natijalari edi.
Yana bir guruh insonlar ichlaridan bittalarini vakil qilib, Rasulullohga (s.a.v.) borishga qaror qilishdi. Oldingilarga berilgan javobdan xabarlari yo‘q edi bularning. Abu Muso Ash’ariy ham qabilasi nomidan xuddi shu masalada Janobimiz bilan uchrashdi va u ham do‘stlariga oldingiday javobni yetkazishga majbur bo‘ladi. ("œSaodat asri qissalari" 4-kitob, 156-bet)
 
4. Tabuk g’azotida Rasululloh s.a.v. qarshi reja tuzgan 12 ta munofiqning ismini Payg’ambar a.s. kimga aytganlar?
a) Hech kimga aytmadilar
b) Abu Bakr r.a.ga aytdilar
c) Ummu Salama r.a.ga atdilar
d) Huzayfa r.a.ga aytdilar
To’g’ri javob: Rasulullohning sirlari sohibi Huzayfa r.a.ga aytdilar
Izoh: Ammor ham, Abu Huzayfa ham hech birini ilg‘ay olishmadi. Payg‘ambarlar sarvari (s.a.v.):
- Ularni ilg‘adilaringmi? - deb so‘radilar.
- Yo‘q, ey Ollohning rasuli, ilg‘ayolmadik. Ammo tuyalaridan ba’zilarini taniganday bo‘ldik, - deyishdi. Saldan keyin Janobimiz (s.a.v.) Abu Huzayfa bilan yolg‘iz qolib, bu munofiqlarning ismlarini unga bittama-bitta aytib berdilar va:
- Aslo birovga aytako‘rma! - deb ogohlantirdilar.
Bundan buyon Abu Huzayfa sir xumi o‘laroq yashayajak, payg‘ambarlar sultoniga juda yaqin odamlarga ham bu mavzuda hech narsa aytmayajak. ("œSaodat asri qissalari" 4-kitob)

5. Islomiy qo‘shin Tabukka qarab borar ekan, yo‘lda Hijrdan — xarsang toshlarni kesib o‘zlariga uylar solib olgan Quro vodiysidan — o‘tdilar. Bu yerda itoatsiz qaysi qavm halokatga uchragan edi?
a) Od
b) Samud
c) Lut
d) Madyan
To’g’ri javob: Samud
Izoh: Islomiy qo‘shin Tabukka qarab borar ekan, yo‘lda Hijrdan — xarsang toshlarni kesib o‘zlariga uylar solib olgan Samud qavmi diyori bo‘lmish Quro vodiysidan — o‘tdilar. U yerdagi quduqdan suv ichmoqchi bo‘lganlarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uning suvidan ichmanglar, tahorat ham olmanglar! O’sha suvdan xamir qorgan bo‘lsangiz, uni tuyalarga berib yuboringlar, undan o‘zlaringiz yemanglar!», deb buyurdilar va Allohning payg‘ambari Solih alayhissalomning tuyalari suv ichgani keladigan quduqdan suv tortib ichishga buyurdilar. ("œRohiyq al-maxtum")

6. Musulmonlar qavmi Tabuk chashmasidan Rasululloh s.a.v. mo’jizalari bilan to’yib suv ichdilar. Shunda Rasululloh s.a.v. kimga «Ey "¦, agar umring uzun bo‘lsa, mana shu atroflarni bog‘-rog‘ bilan to‘lganini ko‘rasan», dedilar?
a) Muoz ibn Jabal r.a.ga
b) Sa’d ibn Muoz r.a.ga
c) Muoz ibn Horis r.a.ga
d) Muoz ibn Amr r.a.ga
To’g’ri javob: Muoz ibn Jabal r.a.ga
Izoh: Tabukka yaqin qolganida: «Inshoolloh, ertaga Tabuk chashmasiga yetib borasizlar. Unga choshgoh mahalidagina yetib borasizlar. Kim avval yetib borsa, to men bormagunimcha uning suviga qo‘l tekkizmasin!», dedilar. Muoz aytadi: «Biz borganimizda ikki kishi avvalroq yetib kelgan ekan. Buloqdan oyoq kiyimning ipidek ingichka bo‘lib, ozgina suv oqib chiqayotgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam haligi ikkovidan: «Buloq suviga tegdilaringmi?», deb so‘radilar. Ular: «Ha», deyishdi. Ularni koyib, Alloh istaginicha so‘zlarni aytdilar. So‘ng buloqdan hovuchlarida oz-ozdan suv olib, bir oz miqdorda suv to‘plab, u bilan yuz-qo‘llarini yuvdilar, keyin uni buloqqa qaytarib to‘kkan edilar, undan to‘lib-toshib suv chiqa boshladi. Hamma shu suvdan bahramand bo‘ldi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Muoz, agar umring uzun bo‘lsa, mana shu atroflarni bog‘-rog‘ bilan to‘lganini ko‘rasan», dedilar. ("œSahihi Muslim")

7. Rasululloh (sav) Tabukka yetib kelganlarida nima qildilar?
a) Allohdan g’alaba ato qilishini so’rab 2 ra’kat hojat namozi o’qidilar;
b) Allohdan g’alaba ato qilishini so’rab 4 ra’kat hojat namozi o’qidilar;
c) Uzun xutba o’qidilar;
d) a va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Uzun xutba o’qidilar.
Izoh: Rasululloh (sav) Tabukka yetib kelganlarida uzun xutba o’qidilar. (Sulaymon ibn Muhammad al-Luhaymid, "œAl-Anvar fi siyrat an-nabiy al-muxtor". 53-bet)

8. Janobimizning: "Ey Abdulloh! Bir g'azotga chiqqaningda o'tli hastalikka chalinib o'lasan-da, shahid bo'lasan"¦ Yoki uloving seni yiqitib bo'yning sinadi va o'lasan-da, shahid bo'lasan"¦", degan kunlaridan beri doim ikki holdan birini kutib yurgan va Tabukda bu martabaga yetishgan Abdulloh ibn Zulbijodayni qaysi qabila vakili edi?
a) Bani Asfar
b) Muzayna
c) G'ifor
d) Huzayl
To’g’ri javob: Muzayna
Izoh: "¦ - sen kimsan? — deb so’radilar Rasuli akram s.a.v.
- Muzayna qabilasidan Abdul Uzzo bo’laman"¦
- Sening isming bugundan boshlab Abdulloh Zulbijadayn bo’lsin? — deb marhamat qildilar Rasululloh s.a.v.
"¦ - Ey, Allohning payg’ambari, men shahid bo’lishni orzu qilardim.
- G’azotga chiqqaningda haroratli bir xastalik senga yopishadi-da, o’lasan va shahid bo’lasan. Uloving seni yiqitadi-da, bo’yning sinib o’lasan va shahid bo’lasan"¦ ("œSaodat asri qissalari", 4-kitob, 231-232-betlar)

9. Rum lashkari  nima sababdan va qayerdan ortiga qaytib ketdi?
a) Rum askarlariga qo’shilgan arab qabilalari tarqab ketgani sababli Tabukka 3 kunlik yo’l qolganda ortiga qaytib ketdi;
b) Urush qilishga qo’rqib, Dimashqdan qaytib ketdi;
c) Rasululloh (sav) qaytib ketganilari haqidagi xabarni eshitib, Vodil Quro’dan qaytib ketdi;
d) Hiraql tushida Rasululloh (sav) uni mag’lub qilganlarini ko’rdi va urush qilishga yuragi dov bermay Dimashqdan qaytib ketdi;
e) Hiraql tushida Rasululloh (sav) uni mag’lub qilganlarini ko’rdi va urush qilishga yuragi dov bermay Vodil Qurodan qaytib ketdi;
To’g’ri javob: Urush qilishga qo’rqib, Dimashqdan qaytib ketdi.
Izoh: Rasululloh (sav) askar tortib Tabukkacha bordilar. O’sha yerda Rum podshosi u zotning yo’lga chiqqanlarini eshitib, urush qilishga yuragi dov bermay, Dimashqdan qaytib ketganligi haqida xabar keldi. Payg’ambar (sav) Alloh taologa hamd aytib, ortga qaytdilar. (Hadis va hayot: "œUsmon Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo". 22-juz, 39-bet)

10. Rasululloh (s.a.v) Tabukda turganlarida buzib tashlash uchun amr qilgan Vadd buti qaysi qabilaga tegishli edi?
a) Bani Kalb
b) Bani Kinda
c) Bani Vadd
d) Bani Asfar
To’g’ri javob: Bani Kalb
Izoh: Rasululloh s.a.v. Tabukda turganlarida Xolid ibn Validni Davmatul Jandaldagi mashhur but Vaddni buzib tashlash uchun yubordilar. U Bani Kalb urug’ining buti edi. ("œHadis va hayot" 24-juz, 397-bet)

11. Ma’lumki, nihoyatda muhtoj bo’lgani sabab g’azotlarda qatnasha olmaganlar 7 kishilik guruh bor edi. Ular ichida birginasi "œBadr" g’azotida qatnashgan edi. U kim?
a) Ulba ibn Zayd (r.a.)
b) Solim ibn Umayr (r.a.)
c) Irboz ibn Soriya (r.a.)
d) Salma ibn Saxr (r.a.)
To’g’ri javob: Solim ibn Umayr (r.a.)
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga "œYig’loqilar" nomini olgan yettilik keldi. Ular Solim ibn Umayr (r.a.), u Badrda ishtirok etgan, Haramiy ibn Amr, Ulba ibn Zayd, Abu Laylo Abdurrahmon ibn Ka’b, Amr ibn Ataba, Salma ibn Saxr, Irboz ibn Soriya edilar. ("œMag’oziy").

12. Rasululloh(s.a.v) g'azotdan qaytganidan keyin  Allohdan shahidlikni so'rab duo qilgan Abdurrahmon kim edi?
a) Gulas ibn Robiy'
b) Qusva ibn Hanzala
c) Muxassho ibn Humayr
d) Abdurrahmon ibn Ka'b
To’g’ri javob: Muxassho ibn Humayr
Izoh: Ushbu oyatda, avf qilinadi, degani Muxashsho ibn Xumayrdir. U Abdurrahmon ismini oldi va Allohdan shahid bo’lishni va qayerda o’lganini bilinmasligini so’radi. ("œHadis va hayot" 19-juz, 423-bet)

13. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Xolid ibn Validni Davmatul Jandal hokimi Ukaydirni tutib, fath etib kelishga necha otliq bilan jo’natdilar?
a) 100
b) 240
c) 420
d) 500
To’g’ri javob: 420
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Xolid ibn Validni 420 otliq bilan Duvmatul Jandal hokimi Ukaydir huzuriga yubordilar va unga: «Siz uni sigir ovlayotgan holda topasiz», dedilar. ("œRohiyq al-maxtum")

14. Sulh shartnomasiga muvofiq Dovmatul Zandal hokimi Ukaydir qancha tuya beradigan bo’ldi?
a) 1000 ta
b) 2000 ta
c) 3000 ta
d) 4000 ta
To’g’ri javob: 2000 ta
Izoh: Sulhga ko’ra u 2000 ta tuya, 800 bosh qul-cho’ri, 400 ta sovut, 400 ta nayza berdi va jizya to’lashga rozi bo’ldi. ("œRohiqul Maxtum")

15. Tabukda Ayla hokimi janob Rasululloh s.a.v.ga oq hachir hadya qildi. Javob Rasululloh s.a.v. bunga javoban unga nima tortiq qildilar?
a) Qizil tuya
b) Ipak kiyim
c) Oq rido
d) Qizil xamisa
To’g’ri javob: Oq rido
Izoh: "¦ Tabukka yetganimizda Janob Rasululloh: «Shu kecha qattiq shamol qo‘zgaladirg‘on ko‘rinadir, bittangiz ham turmangiz! Kimning tuyasi bo‘lsa, bog‘lab qo‘ysin!»,- dedilar. Biz tuyalarni bog‘lab qo‘ydik. Keyin, qattiq shamol qo‘zg‘aldi. Bir kishi o‘rnidan turgan erdi, shamol uchirib ketib, Tay’ tog‘iga olib borib tashladi. (Shamol tingach) Ayla podshosi Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bitta oq xachir hadya qilib yubordi. Janob Rasululloh Ayla podshosiga elchisi orqali rido (kiyim) tortiq qilib, «Dengiz sohilida odamlari birlan shay bo‘lib tursin!» degan mazmunda noma ham bitib, berib yubordilar... ("œSahihi Buxoriy")

16. Tabuk g’azoti kuni o’zi yollagan xizmatkor bilan urushib, uning qo’lini tishlab olgan va kurak tishidan ayrilib Rasululloh s.a.v.ga ko’rsatgan sahoba kim edi?
a) Lumayd So’idiy r.a.
b) Mug’iyra ibn Shu’ba r.a.
c) Ya’lo ibn Umayya r.a.
d) Abu Humayd r.a.
To’g’ri javob: Ya’lo ibn Umayya r.a.
Izoh: Ya’lo ibn Umayya raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabuk g‘azotiga chiqdim. (Keksaligim boisidan ulovim va narsalarimga qarab yursin, deb) bir kishini o‘zimga xizmatkorlikka yolladim. (U mendan o‘zining xizmat haqi qanchaligini so‘radi). Men: «Uch dinor», — dedim. Shunda u (achchig‘lanib) bir kishi birlan (ya’ni, Ya’loning o‘zlari birlan) urishib ketdi. Natijada, urushayotganlarning biri (ya’ni, Ya’loning o‘zlari) ikkinchisining qo‘lini tishlab oldi. Qo‘li tishlangan kishi (ya’ni, yollangan kishi) tishlab olgan kishining og‘zidan qo‘lini tortib olgan erdi, uning kurak tishi sug‘urilib chiqdi. Keyin, (tishi sug‘urilib chiqqan kishi) Janob Rasulullohning qoshlariga borib, tishini (oldilariga) quydi. Shunda ul zot: «Qo‘lini senga uzatsa, ayg‘ir kabi tishlab olasanmi?!» — dedilar». ("œSahihi Buxoriy")

17. «Boshqalar esa, gunohlarini e’tirof qildilar, ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir», degan oyati kimning qilmishi haqida nozil bo'lgan?
a) Abu Luboba va uning sheriklari haqida.
b) Tabukka bormagan munofiqlar haqida.
c) Qo'shindan ortda qolib ketganlar haqida.
d) Masjidi Ziror voqeasi haqida.
To’g’ri javob: Abu Luboba va uning sheriklari haqida.
Izoh: Bu oyatning nozil bo‘lish sababi haqida Ibn Jarir Tabariy roziyallohu anhu Ubayd ibn Salmondan qilgan rivoyatda quyidagilarni aytadi:
«Az-Zahhokdan Allohning: «Boshqalar esa, gunohlarini e’tirof qildilar, ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir», degan oyati to‘g‘risida quyidagilarni eshitdim:
«Bu oyat Abu Luboba va uning sheriklari haqida nozil bo‘lgan. Ular Tabuk g‘azotiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan birga bormay ortda qoldilar.  (Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat)

18. Qaysi qabila bilan mahsulotning to’rtdan birini hiroj tariqasida berishga kelishildi?
a) Jarbo’
b) Mino
c) Ayla
d) Yuhanno
To’g’ri javob: Mino
Izoh: Mino aholisi musulmonlarga mahsulotining to‘rtdan birini berish sharti bilan kelishim imzolandi. (Nurul yaqin 135-bet)
 
19. Masjidi Ziror kimning buyrug’i bilan qurildi?
a) Ubay iobn Salulning
b) Abu Omirning
c) Vodiy’a ibn Sobitning
d) Yahudiy Suvaylimning
To’g’ri javob: Abu Omirning
Izoh: Shunda Abu Omir ansoriylar ichidagi o‘z qavmidan bo‘lgan munofiqlarga xat yozib, askar bilan kelib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yengishini aytdi. Ularga turli va’dalar berdi. Hamda ularga biror markaz bo‘ladigan joy qurishni buyurdi. Toki undan xat olib boradiganlar o‘sha joyda uchrashsinlar. Keyinroq o‘zi kelganda ham o‘sha maskan kuzatish joyi bo‘lsin.
Bu xatdan keyin haligi munofiqlar Qubo masjidi yaqinida bir masjid qura boshladilar. (Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat)

20. Qur’oni karim oyatlari ila tavbalari qabul qilingan uch kishi kim edi?
a) Ka’b ibn Molik, Murora ibn Rabi’, Hilol ibn Umayya.
b) Vodiy’a ibn Sobit, Muxashsho ibn Humayr, Abu Luboba.
c) Abu Laylo Abdurrahmon ibn Ka’b, Amr ibn Ataba, Salma ibn Saxr.
d) Solim ibn Umayr, Haramiy ibn Amr, Ulba ibn Zayd.
To’g’ri javob: Ka’b ibn Molik, Murora ibn Rabi’, Hilol ibn Umayya.
Izoh: Ammo, uch nafar chin mo‘minlar — Ka’b ibn Molik, Murora ibn Rabi’ va Hilol ibn Umayya — esa to‘g‘risini, ya’ni hech qanday uzrsiz qolishganini aytishga qaror qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalarni bu uch kishi bilan gaplashishdan man qildilar. Ulardan batamom aloqalar uzib qo‘yildi, ularga nisbatan musulmonlarning muomalalari o‘zgardi. Yer ham ularni sig‘dirmay qoldi, keng yer ko‘zlariga tor bo‘lib, juda og‘ir va tang ahvolda qoldilar. Jazo choralari boshlanganidan qirq kun o‘tgach, ularga ayollaridan ham chetlanish buyurildi. Faqat ellik kundan keyingina Alloh taolo ularning tavbalarini qabul qilib, oyat nozil qildi. ("œRahiyq al-maxtum")

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2010, 16:40:29

Assalamu alaykum!
Hozirgina 10-online tur nihoyasiga yetdi. Unga ko'ra quyidagi natijalar qayd etildi:

10-turning yakuniy natijalari

1   Aziza Mannopova   100
2   Anisa   95
3   Bahriddin Botirov   75
4   Ummatiy Muhammadiy   70
5   Abdumuhaymin   60
6   Lolo   60
7   Musannif Adham   60
8   Abdulaziz Toshmatov   55
9   Dilmurod Majidov   55
10   Bahodir Ashurov   45
11   Iroda Turdimatova   45
12   Muallim   40
13   Jamoliddin Hasanov   35
14   Shoxruh Mirzo   20
15   Habib   15
16   Nodir Shoh   15
17   Kapalak (Zamira Hamidova)   10

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2010, 16:43:38

IV-bosqichning so'nggidan oldingi natijalari

1   Anisa   990
2   Aziza Mannopova   990
3   Bahriddin Botirov   955
4   Abdulaziz Toshmatov   945
5   Bahodir Ashurov   940
6   Iroda Turdimatova   935
7   Ummatiy Muhammadiy   935
8   Muallim   900
9   Sardorbek Turdiyev   895
10   Lolo   890
11   Abdumuhaymin   875
12   Nodir Shoh   840
13   Dilmurod Majidov   835
14   Habib   825
15   Jamoliddin Hasanov   805
16   Shoxruh Mirzo   785
17   Fatima Sultanova   765
18   Kapalak (Zamira Hamidova)   765
19   G_u_l_i (Guli Omonova)   695
20   Mubashsher Muhammad   690
21   Braupov (Bahrom Raupov)   685
22   Muvahhid (Otabek To'rayev)   570
23   Aziz Uralov   545
24   Mirolim Qodiraliyev   525
25   Musannif Adham   515
26   JaviK (Javlonbek Ikromov)   490
27   Muhammad Sohib   480
28   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   460
29   Erkin Vahidov   420
30   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   415
31   Mo'min Mirzo   390
32   Samia   335
33   Muslima Muxlis   180
34   Sa'dulla   180
35   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   175
36   Farhodjon Isroilov   130
37   Nuriddin Sirojiddinov   100
38   Abdulatif Boltaboyev   95
39   Muhammad Saidxon   90
40   Abdul_Malik   85
41   Begzod Bakirov   85
42   Nodirshoh Mamatqulov   80
43   Xolms   80
44   Muzayyana   70
45   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
46   Maqsud Asqarov   55

3-bosqichdagi holat yana takrorlandi: finalda yana ikkita foydalanuvchining ballari bir xil bo'lib qoldi. Anisa va Aziza Mannopovalar o'rtasida yana bir qo'shimcha tur o'tkaziladi. Inshaalloh, undan so'ng mutlaq g'olib e'lon qilinadi.

Iroda Turdimatova va Ummatiy Muhammadiy ham 6-o'rin uchun yana bir bor kurashib ko'radilar.

Nomlari zikr etilgan ushbu foydalanuvchilar dushanba kuni men bilan bog'laninglar va qo'shimcha turni o'tkazamiz.

Bahriddin Botirov bu yil ham 3-o'rinni band etdilar. Tabriklaymiz.
Abdulaziz Toshmatov   ni 4-o'rin bilan tabriklaymiz.
Bahodir Ashurov 5-o'rin bilan tabriklaymiz.

Barcha ishtirokchilarga tashakkur izhor etaman. Ilmingiz bundan-da ziyoda bo'lsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Noyabr 2010, 16:51:42

IV BOSQICH
10-tur: O’tilgan mavzularni takrorlash

1. Payg'ambar SAVga doyalik qilgan Shaffo qaysi buyuk sahobaning onasi edi?
To’g’ri javob: Abdurahmon ibn Avf
Izoh: Rasululloh SAV Fil yilida Bani Hoshim ko’chasidagi Abu Tolibning uyida dunyoga keldilar. U kishiga Islom nuri yer yuzini yoritganidan keyin eng ulug’ sahobiylardan biriga aylangan, "œAsharayi Mubashshara"dan bo’lgan sahobiy Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo doyalik qilgan. ("œNurul yaqiyn", Tarixi Muhammadiya")

2. Payg'ambarimiz SAV Payg'ambarlik berilganda ham sog'inib eslaydigan,  agar hozir ham birov shunday ishga da’vat etsa, sira ikkilanmay qabul qilardim degan johiliyatdagi yaxshi hodisa qaysi edi?
To’g’ri javob: Hayriya uyushmasiga a’zo bo’lganlari.
Izoh: Abdulloh ibn Ju’donning uyida tuzilgan hayriya uyushmasiga a’zo bo’lgan, xayrli ishlarda qatnashgan Muhammad SAV, payg’ambarlik sharafiga erishganlaridan keyin ham u kunlarni juda ko’p martalab sog’inib eslab, tilga olganlar. U zot: "œMen Abdulloh ibn Jud’oning hovlisida qurilgan uyushmaga kirganman, bu tashkilot qizil tuyalardan qimmatroq, (arablarda qizil tuyalar eng qimmatli narsa hisoblanardi)  agar hozir ham birov shunday ishga da’vat etsa, sira ikkilanmay qabul qilardim, deganlar. ("œNurul yaqiyn", "œTarixi Muhammadiy")

3. Payg'ambarimiz Muhammad SAV Hadicha onamizga mahrga nima hadya qilganlar? Qancha?
To’g’ri javob: 20 ta bo’taloq.
Izoh: Yuqoridagi baxtli nikoh o’qilganidan keyin Muhammad a.s. Xadichaga r.a. 20 ta bo’taloq mahr beradigan bo’ldilar. ( "œAr-rohiyq al-maxtum", "œTarixi Muhammadiy")

4. Rasululloh SAV tiriklik paytlarida vafot etgan 1-mo'minlar onasi Hadicha binti Xuvaylid r.a.dir. Rasululloh SAV tiriklik paytlarida vafot etgan yana bir mo’minlar onasining ismi-sharifi nima edi?
To’g’ri javob: Zaynab binti Xuzayma r.a.
Izoh: Oltinchi onamiz Xuzayma qizi Zaynabdur. Xayr-saxovatda nomi chiqqan xotinlardan edi. Shu uchun arablar uni johiliyat zamonida ham «Ummu Masokin», ya’ni, «Miskinlar onasi» deb atamish edilar. Ikki-uch oygina Rasululloh xizmatlarida turgandan keyin vafot topmish edi. Uning janozasini Rasululloh o‘zlari o‘qib, Baqe’ go‘ristoniga dafn qildilar. Yoshlari o‘ttizdan o‘tmagan edi. Rasulullohning tirikliklarida vafot topgan xotinlari Hazrati Hadicha bilan Zaynab ikkovlaridurlar, raziyallohu anhumo. ("œTarixi Muhammadiy")

5. Rasululloh SAVga ikkinchi bo’lib nozil qilingan oyatlar qaysi suradan edi?
To’g’ri javob: Mudassir.
Izoh: Jibril ikkinchi marta vahiy olib keldi. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan vahiyning to‘xtab qolishi haqida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi so‘zlari rivoyat qilingan:
«Hiroda bir oy turganimdan so‘ng, tushib kelayotib, vodiyga yetganimda meni chaqirgan bir bir ovozni eshitdim. O’ng tomonimga ham, chap tomonimga ham, oldimga ham, orqamga ham qarab, hech kimni ko‘rmadim. Tepaga qarasam, Hiro g‘orida oldimga kelgan farishta osmon bilan yer oralig‘ida kursi ustida o‘tiribdi. Qattiq qo‘rqqanimdan yerga yotib qoldim. So‘ng Xadichaning oldiga kelib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar, boshimdan muzdek suv quyinglar» dedim. Meni o‘rab qo‘yishdi, boshimdan muzdek suv ham quyishdi. Shunda: «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring! Yolg‘iz Robbingizni ulug‘lang! Liboslaringizni pok tuting! Butlardan yiroq bo‘ling!» oyatlari (Muddassir : 1-5) nozil bo‘ldi. Bu namoz farz bo‘lishidan oldin edi. So‘ng vahiy ko‘payib, ketma-ket tusha boshladi.» ("œSahihi Buxoriy", "œRohiyq al-maxtum")

6. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ilk iymon keltirgan sahobalardan birinchi bo’lib Abdurahmon ibn Avfning ismlarini "œAbdurrohman" deb o’zgartirganlar. Bu zotning johiliyatdagi ismi nima edi?
To’g’ri javob: Abduamr.
Izoh: Zuhra jamoasidan bo‘lmish Abdurahmon ibn Avfning islomga kirishdan oldingi ismi Abduamr edi. Rasululloh unga Abdurahmon deb ot qo‘ydilar. ("œNurul yaqin")

7. Islomda eng avval qon to'kkan sahobiy kim?
To’g’ri javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
Izoh: Bir kuni hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir necha sahobalar bilan tog’ ichida yashirincha namoz o’qib turgan chog’larida Quraysh mushriklaridan bir to’p kishilar kelib qoldilar. Bularning namoz o’qishlariga qattiq g’azablanib, inkor qildilar. Har ikki taraf o’z so’zlarini isbotlash ustida bir qancha tortishuvlar bo’ldi. Buning bilan mushriklar qanoatlanishmay, o’rtadin urush chiqardilar. Qurolsiz bo’lgan bu urushda hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir mushrikni tuya suyagi bilan urganda, uning boshi yorildi. Islom boshlanishida eng avval to’kilgan qon shu edi. ("Tarixi Muhammadiy")

8. Asadulloh (Allohning she'ri) deya nom olgan sahoba kim?
To’g’ri javob: Hamza r.a.
Izoh: Jismoniy jihatdan haddan tashqari baquvvat, o‘ta jasur Hamza musulmonlarning qalqoniga, mushriklarning yuragiga g‘uluv soladigan qudratli bahodirga aylandi va unga Asadulloh (Ollohning sheri) deya nom berildi. (Nurul-yaqiyn)

9. Rasululloh s.a.v.ning ilk g’azotlari qaysi edi?
To’g’ri javob: Abvo (yoki Vaddon).
Izoh: Abvo’ yoki Vaddon g‘azoti Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning birinchi g‘azotlari edi, unda o‘n besh kun Madinada bo‘lmadilar. Bayroqlari oq rangli bo‘lib, uni Hamza ibn Abdulmuttalib ko‘tarib olgandi. ("œRahiyq al-maxtum").

10. Islom tarixidagi g’azotda o’ldirilgan birinchi shahid kim?
To’g’ri javob: Mahjo’ r.a.
Izoh: Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ozod qilgan quli Mahjo’ga kamon o‘qi tegib jon berdi. Shunday qilib, u birinchi shahidlik maqomiga u erishdi. Keyin hovuzdan suv ichayotganida tomog‘iga o‘q sanchilib, Horis ibn Suroqa ham shahid bo‘ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib, odamlarni shijoatlantirib:
«Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, kimda-kim sabr bilan, savob umidida oldinga intilib, ortga qochmay urush qilsa va o‘lsa, Alloh uni jannatga kiritadi!» dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va Risolat")

11. Payg’ambar SAVning kuyovlari, Zaynab r.a.ning erlari, Rasululloh rostgo’yligini maqtagan kishi kim edi?
To’g’ri javob: Abul Os ibn Robe’
Izoh: Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "¦Keyin, ul zot Banu Abdi Shams qabilasidan bo‘lmish kuyovlari haqida gapira turib, uning o‘zlariga yaxshi kuyovlik qilganini aytib maqtadilar. So‘ng: «(Men johiliyat davrida katta qizim Zaynabni Abu al-Os ibn Rabi’aga nikohlab bergan erdim), u (qizim ustiga uylanmaslikka) menga va’da berib, so‘zining ustidan chiqdi. (So‘ng, bizga asir tushganida qizimni mening huzurimga qaytarib yubormoqqa ham) va’da berib erdi, va’dasiga vafo qildi. ("œAl-jome’ as-sahih", Buxoriy)

12. U Uhud g’azoti shahidlaridan biri. U musulmon bo‘lishidan oldin Qurayshning eng erkatoy va nozu ne’matga ko‘milgan, yegani oldida yemagani ortida, zaru kimhoblarga burkangan yigitlaridan biri edi. Musulmon bo’lib, Alloh uchun Madinaga hijrat qildi. U o‘zidan hech qanday mol-dunyo qoldirmadi, faqat bitta jundan to‘qilgan choponi bo‘lib, shahid bo’lganida boshiga yopilsa, oyog‘lari, oyog‘lariga yopilsa, boshlari ochilib qoldi"¦ gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr
Izoh: Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Olloh taolo rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birimiz o‘sha ajru savobdan olib ulgurmay dunyodan o‘tib ketdi. Masalan, Mus’ab ibn Umayr. Ul kishi Uhud kuni o‘ldirildilar, o‘zlaridan hech qanday mol-dunyo qoldirmadilar, faqat bitta jundan to‘qilgan choponlari bo‘lib, boshlariga yopsak, oyog‘lari, oeg‘lariga yopsak, boshlari ochilib qoldi. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Choponi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir tashlab qo‘yingizlar!» — deb amr qildilar. Biroq, oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordur». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

13. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Ota-onam sizga fido bo‘lsin!» — deb aytganlar?
To’g’ri javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos
Izoh: Sa’d ibn Abu Vaqqos (Sa’d ibn Molik) raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytdilar», — deydilar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

14. Uhud jangida Rasuli akram SAVni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qilgan sahobiya ayol kim edi?
To’g’ri javob: Nasiba binti Ka’b
Izoh: Shu payt Ummu Ammona Nasiba binti Ka’b al-Mozaniya ismli sahobiya ayol Rasuli akram alayhissolatu vassalomni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qildi. Payg‘ambarimiz alayhissalomga yaqinlashib qolgan mushrik Umar ibn Qumaaga bir necha marta qilich urdi. Ammo u ikkita sovut kiyib olgan ekan, o‘tmadi va Ummu Ammonaning siynasiga qilich solib, qattiq yarador qildi. (Hadis va hayot: "œNubuvvat va Risolat")

15. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimni «jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar?
To’g’ri javob: Hazrat Fotima r.a.ni
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

16. Jabroil alayhissalom odam shalida qaysi sahoba qiyofasida kelar edilar?
To'g'ri javob: Dihyatul Kalbiy
izoh: Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Jabroil alayhissalom (bir notanish odam qiyofasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, shunda ul yerda Ummu Salama ham bor erdilar. O’shal (notanish) odam Janob Rasululloh birlan so‘zlashib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib chiqib ketdilar. So‘ng, ul zot Ummu Salamaga: «Haligi odam kim erdi?» — dedilar (yoki shunga o‘xshash gap aytdilar). Ummu Salama: «U Dihya (ibn Xulayfa al-Kalbiy) erdi», — dedilar, (chunki Jabroil alayhissalom ko‘pincha shu kishining qiyofasida kelar erdilar)».  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

17. Hudaybiya sulhida ikki tomon imzoagan sulh bandlari qaysi so’z bilan boshlandi?
To’g’ri javob: Bismikallohumma.
Izoh:Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sulh bandlarini yozish uchun Aliyni chaqirib, unga aytib yozdira boshladilar: «Bismillahir rohmanir rohiym...» Suhayl bunga rozi bo‘lmasdan: «Rahmon degani nimaligini biz bilmaymiz, «Bismikallohumma» deb yoz», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u aytganidek yozishga buyurdilar. (Rohiyq al-maxtum)

18. Rasululloh SAV Xaybardan qaytayotganlarida Hamza r.a.ning qizlari U kishiga ergashdi. Shunda u qizchani o’z kafolatiga olishda 3 kishi talashishdi. Rasululloh SAV kimning foydasiga hukm qildilar?
To’g’ri javob: Ja’far ibn Abu Tolibning
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarramadan chiqmoqchi bo‘lib turganlarida shahidlarning sayyidi Hamza roziyallohu anhuning qizlari U zotga ergashib, amaki, amaki, deb kelib qoldi. Uni hazrati Ali yugurib borib qo‘lidan tutib Fotimai Zahroning oldilariga olib borib, amakingning qizini ol, dedilar. Hazrati Fotima qizchani ko‘tarib oldilar. O’sha yerda qizchani o‘z kafolatiga olish haqida Ali, Ja’far va Zaydlar talashib ketishdi;
Ali roziyallohu anhu:
«Men uni oldim. U amakimning qizi», dedi.
Ja’far roziyallohu anhu bo‘lsa:
«U mening amakimning qizi. Xolasi xotinim», dedi.
Zayd roziyallohu anhu o‘z navbatida:
«U mening birodarimning qizi», dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Xola onaning o‘rnidadir, deb uni xolasiga berish haqida hukm chiqardilar. Shu bilan birga qizchani kafolatiga olish uchun talashgan sahobalariga iliq so‘zlar aytdilar; Hazarati Aliga:
«Sen mendansan, men sendanman», dedilar. Ja’far ibn Abu Tolibga:
«Mening xalqimga va xulqimga o‘xshading», dedilar. Zayd roziyallohu anhuga esa:
«Sen birodarimiz va mavlomizsan», dedilar. ("œHadis va hayot". "œNubuvvat va risolat")

19. Mu’ta g’azotida amir bo’lgan 4 ta sahoba ketma-ketligini aniqlang.
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Xolid ibn Valid
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni amir etib ta’yinlar ekanlar: «Agar Zaydga bir gap bo‘ladigan bo‘lsa odamlarga Ja’far ibn Abu Tolib bosh bo‘lur, agar Ja’farga bir gap bo‘ladigan bo‘lsa Abdulloh ibn Ravoha», dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

20. Rasululloh s.a.v. Makka fathidan so’ng u yerda muazzin etib kimni qoldirdilar?
To’g’ri javob: Abu Mahzura
Izoh: Bir kuni shular ichidan Abu Mahzura degan yigit o‘z odaticha Hazrati Bilolni do‘rab azon aytganida Rasululloh eshitib qoldilar. Qarasalar uning ovozi yoqimli ekan, uni chaqirtirib kishi yubordilar. U ham bu ishim uchun o‘limga chaqirildim, deb qo‘rqib keldi. Oldilariga kelgach, uning manglayini, ko‘ksini qutlug‘ qo‘llari bilan silagan edilar, ko‘nglida iymon nuri yoridi. So‘ngra azon aytishni unga o‘rgatdilar: — Mana endi sen aniq azonchi bo‘lding. Shu kundan boshlab, Makka xalqiga azon o‘qib turgin, — dedilar. ("œTarixi Muhammadiy")

Qayd etilgan