Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 236420 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 25 B


AbdulAziz  13 Fevral 2010, 13:00:47

Qo'shimcha tur o'z nihoyasiga yetdi. Uning natijalariga ko'ra,
Aziza Mannopova - 1-o'rin
Anisa - 2-o'rin
Bahriddin Botirov - 3-o'rin
Zulayho Xon - 4-o'rin
Mahdiyah - 5-o'rinni egallashdi.

G'oliblarni chin dildan qutlaymiz. Ilmlari ziyoda bo'lib, ikki dunyolari obod bo'lsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Fevral 2010, 12:17:03



Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!
Mana, Allohning karami va inoyati ila, "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizning 3-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi.

Tanlovning 3-bosqichi Qurbon hayiti munosabati bilan boshlanib, Payg'ambarimiz s.a.v. tug'ilgan, hijrat qilgan va vafot etgan Rabiul avval oyida nihoyasiga yetdi. Unda Payg'ambar alayhissalomning siyratlari, Islom tarixi va fiqh mavzularida 200 ta savol berildi. Tanlovda 36 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

Tanlovda ishtirok etgan, o'z savollarini yuborgan barcha ishtirokchilarga Allohning Rahmati yor bo'lishini, yuksak ilm martabasini tilaymiz. G'olib bo'lgan quyidagi ishtirokchilarga sovg'alar taqdim etildi:


1-o'rinni egallagan Aziza Mannopovaga Esdaliknoma, "Kifoya" (3 mujallad. Muallif: Ubaydulloh ibn Mas'ud. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), Al-adab al-Mufrad (4 mujallad. Muallif: Imom al-Buxoriy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Ruhiy tarbiya" (3 mujallad, Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Yaxshilik va silai rahm" (2 mujallad. Muallif: Husayn Marvaziy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

2-o'rinni egallagan Anisaga Esdaliknoma, "Kifoya", "Yaxshilik va silai rahm", "Hadis va hayot: Anbiyolar qissasi" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

3-o'rinni egallagan Bahriddin Botirovga Esdaliknoma, "Al-Adab al-Mufrad", "Ruhiy tarbiya" kitoblari;

4-o'rinni egallagan Zulayho Xonga Esdaliknoma, "Kifoya", "Hadis va hayot: Islom va iymon" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Hadis va hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

5-o'rinni egallagan Dilnoza Tohir qiziga Esdaliknoma, Al-Adab al-Mufrad", "Yaxshilik va silai rahm" kitoblari.

G’oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.

Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda.
Barcha savollarga javoblar, tanlov arxivi shu yerda.

Mavludun-nabiy muborak bo'lsin! Barchamizga Rasululloh s.a.v. xulqlaridan xulqlanish, u zotning xos ummatlaridan bo'lish nasib etsin!

www.ziyouz.com tahririyati

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Avgust 2010, 11:44:58

:bsm:

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari — adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 4 BOSQICH


"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Ramazon hayiti munosabati bilan viktorinaning 4-bosqichini e'lon qildik.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichi inshaalloh 2010 yil 10 sentabr, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3-4 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni [email protected] elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
     - Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

To'rtinchi bosqichning 1-tur mavzusi - Mu'ta g'azoti

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
www.ziyouz.com tahririyati.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Sentyabr 2010, 11:31:32

:bsm:

Assalamu alaykum!
Birodarim, sizni ushbu ulug' kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan tabriklayman.
Ramazon oyida, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o'z dargohida qabul qilsin!
Yuzingizdan bu kungidek tabbassum hech qachon arimasin!
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

Alloh taolodan xayrli natija tilab, "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining IV bosqichni boshladik.



IV BOSQICH
1-tur: Mu’ta g’azoti

1. Mu’ta jangi qachon bo’lib o’tdi?
a) 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
b) 8-hijriy yil, jumodus-soniy oyida
c) 8-hijriy yil, rajab oyida
d) 9-hijriy yil, muharram oyida

2. Rasululloh s.a.v. Busrodagi Rum hokimiga kimni elchi qilib yuborgan edilar?
a) Salama ibn Akva’ r.a.
b) Horis ibn Umayr r.a.
c) Muhammad ibn Salama r.a.
d) Sobit ibn Aqram r.a.

3. Mu’ta g’azotiga musulmonlardan necha kishi chiqdi?
a) 2500 kishi
b) 3000 kishi
c) 4000 kishi
d) 4200 kishi

4. Musulmonlarga qarshi to’plangan qo’shining umumiy soni qancha edi?
a) 50000
b) 100000
c) 200000
d) 120000

5. Rasululloh s.a.v. musulmonlar qo’shini amiri etib kimni tayinladilar?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.

6. Musulmonlarning Mu’ta qo’shini amiriga Rasululloh s.a.v. qanday rangli bayroq berdilar?
a) Oq
b) Yashil
c) Qizil
d) Qora

7. Mu’ta g’azotida amir bo’lgan sahobalar ketma-ketligini aniqlang.
a) Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Xolid ibn Valid
b) Zayd ibn Horisa — Abdulloh ibn Ravoha — Ja’far ibn Abu Tolib — Xolid ibn Valid
c) Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Sobit ibn Aqram - Xolid ibn Valid
d) Abdulloh ibn Ravoha - Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Xolid ibn Valid

8. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketishdan oldin nima uchun yig’ladi?
a) Rasululloh s.a.v.dan ayrilayotganini bilib.
b) Do’zax zikr etilgan oyatni tafakkur qilib.
c) Ga’zotda shahid ketajagiga bashoratni eshitib.
d) Mujohidlarga jannat ato etilishi haqidagi oyatni eslab.

9. Ma’onda ikki kun qolib ketgan musulmon askarlarini olg’a intilishga shijoatlantirgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Ja’far ibn Abu Tolib r.a.
b) Abdulloh ibn Ravoha r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.

10. Mu’tada musulmonlar qo’shini o’ng qanotiga kimni qo’yildi?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Qutba ibn Qatoda r.a.
d) Uboda ibn Molik r.a.

11. Ja’far ibn Abu Tolib r.a. Mu’tada necha yoshlarida shahid bo’ldilar?
a) 28
b) 33
c) 36
d) 39

12. Musulmonlar shahida a’lo Ja’far ibn Abu Tolib r.a. ko’ksidan-tanalaridan qilich va nayzaning nechta jarohatini topdilar?
a) 50 dan ortiq
b) 70 dan ortiq
c) 90 dan ortiq
d) 100 dan ortiq

13. Nima uchun Ja’far ibn Abu Tolib r.a. "œJa’far at-tayyor" deb atalgan?
a) Mu’ta jangida ikki qo’lidan ajragani uchun.  
b) Jang maydonida shiddatli jang qilib, qushdek uchgani uchun.
c) Tez yugurgani, qushdek uchgani uchun.
d) Ikki qo’li uzun bo’lgani uchun.

14. Abdulloh ibn Ravoha amir bo’lgach, jangga kirishib ketadi. Shunda amakivachchasi bir go’shli suyak olib kelib, ibn Ravohaga uzatadi. Shunda u"¦
a) shunday paytda taom yeyish menga harom deya jangni davom ettiradi.
b) go’shtni yeyayotgan paytda dushman askari kelib, qo’lini kesib tashlaydi.
c) go’shni boshqa och askarlarga berishini aytadi.
d) go’shtdan bir tishlab, so’ng tashlab yuboradi va yana jangga kirishadi.

15. Xolid ibn Valid r.a. Mu’tada qanday harbiy xiyla ishlatdi?
a) Kechasi turli joylarda olov yoqib, musulmonlar soni ko’paygani ma’lum qilindi.
b) Askarlarning o’rni almashtirildi, kechasi ovoz chiqarib, yangi kuchlar kelgani ma’lum qilindi.
c) Kechasi dushman askarlari uxlab yotganida yoppa jangga kirishildi.
d) Xufya elchilar tomonidan ko’plab arab qabilalari musulmonlarga birikish uchun kelayotgani haqida xabar tarqatildi.

16. Mu’ta g’azotida Xolid ibn Valid r.a.ning nechta qilichi sindi?
a) 10 ta
b) 7 ta
c) 9 ta
d) 5 ta

17. Mu’ta g’azotida Rasululloh s.a.v. Xolid ibn Valid r.a.ni qanday nomladilar?
a) Sayfulloh
b) Asadulloh
c) Nasrulloh
d) Fathulloh

18. Mu’ta g’azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo’ldi?
a) 33
b) 70
c) 24
d) 12

19. Mu’ta g’azotidan qaytayotgan sahobalarni Madina ahli kutib oldi va ularni "œQochqoqlar!" deb atashdi. Rasululloh s.a.v. esa qanday atadilar?
a) Qayta hujum qiluvchilar
b) G’oziylar
c) Fotihlar
d) G’oliblar

20. Mu’ta g’azoti uchun quyidagi ta’riflardan qaysi biri mos tushadi?
a) Arabiston yarimorolidan tashqarida arablardan boshqalar bilan birinchi to’qnashilgan jang.
b) Rasululloh s.a.v. hayotlik chog’larida amalga oshirilgan eng uzoq masofadagi g’azot.
c) Bu g’azotga shu paytgacha eng ko’p qo’shin jamlandi.
d) Shu paytgacha musulmonlardan eng ko’p shahid berilgan g’azot bo’ldi.


Ushbu turda AbdulAziz va Robiyaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Makka fathi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

http://www.ziyouz.com
http://islom.ziyouz.com

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Sentyabr 2010, 08:35:45

IV BOSQICH
2-tur: Zotus-salosil jangi. Makka fathi oldidan

1. Zotus-salosil jangiga Rasululloh s.a.v. kimni amir etib tayinladilar?
a) Ubayda ibn Jarroh r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Xolid ibn Valid r.a.
d) Umar ibn Hattob r.a.

2. Zotus-salosil jangi qachon bo’ldi?
a) 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
b) 8-hijriy yil, jumodul-oxir oyida
c) 8-hijriy yil, rajab oyida
d) 8-hijriy yil, sha’bon oyida

3. Zotus-salosil jangiga chiqqan musulmon qo’shinining umumiy soni qancha edi?
a) 300 kishidan ortiq
b) 400 kishidan ortiq
c) 500 kishidan ortiq
d) 700 kishidan ortiq

4. Zotus-salosil jangi jamoalariga  Rasululloh s.a.v. jami nechta bayroq tikib berdilar?
a) 1 ta
b) 2 ta
c) 3 ta
d) 4 ta

5. Zotus-salosil jangi amiri jang haqidagi xushxabarlarni bildirish uchun kimni Rasululloh s.a.v. huzuriga jo’natdi?
a) Avf ibn Molik r.a.
b) Rofe’ ibn Makis r.a.
c) Horis ibn Umayr r.a.
d) Shujo’ ibn Vahb r.a.

6. Zotus-salosil jangi amiri ustidan qaysi masalada Rasulullohga shikoyat qilishdi?
a) Izg’irinli kechada olov yoqtirmaganidan.
b) Qochayotgan dushman ortidan quvishga ruxsat bermaganidan.
c) Junub holiday imomlikka o’tganidan.
d) Barcha javoblar to’g’ri.

7. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga Rasululloh s.a.v. kimni yubordilar?
a) Abu Qatoda r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Amr ibn Os r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

8. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga borgan musulmon qo’shini soni qancha edi?
a) 100 kishi
b) 200 kishi
c) 300 kishi
d) 70 kishi

9. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga borgan musulmon qo’shiniga o’z tuyalarini so’yib yedirga sahoba kim edi?
a) Qays ibn Sa’d r.a.
b) Sa’d ibn Ma’oz r.a.
c) Mu’oz ibn Jabal r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

10. Haziraga yuborilgan 15 kishilik qo’shinga Rasululloh s.a.v. kimni amir qilib tayinladilar?
a) Abu Qatoda r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Amr ibn Os r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

11. Makka fathining amalga oshishiga turtki bo’lgan sabab nima edi?
a) Hudaybiya sulhining buzilishi.
b) Qurayshning yahudiy qabilalari bilan birlashib Madinaga hujum qilish haqidagi rejasi.
c) Quraysh bo‘ysunmaguncha arablar yalpisiga bo‘ysunmasligi uchun uning fath qilinishi shartligi.
d) Makkaning uch buyuk sarkardasi musulmonlar safiga qo’shilib, ularning qo’shin soni ham ortganligi.

12. Hudaybiya sulhiga ko’ra, Quraysh bilan ittifoq bo’lgan qabila qaysi edi?
a) Bani Ka’b
b) Huzo’a
c) Bani Bakr
d) Havazon

13. Bani Bakrning Xuzoaga hujumi qaysi oyda bo’lib o’tdi?
a) Rajab
b) Sha’bon
c) Ramazon
d) Shavvol

14. Bani Bakr hujumi oqibatida Xuzoa qabilasidan necha kishi o’ldi?
a) 7 kishi
b) 10 kishi
c) 20 kishi
d) 32 kishi

15. Bani Bakrning qilmishi haqida Rasululloh s.a.v.ga xabar berib, bayt aytgan kim edi?
a) Budayl ibn Varqo’ al-Huzo’iy
b) Amr ibn Solim al-Huzo’iy
c) Harom ibn Umayya al-Huzo’iy
d) Ummu Ma’bad al-Huzo’iyya

16. Rasululloh s.a.v. bo’lib o’tgan voqealardan so’ng Qurayshga odam yuborib, uch taklifdan birini tanlashlarini aytdilar. Ularning boshliqlari nimani tanladilar?
a) Xuzo’alik o‘ldirilgan kishilarning xunini to‘lash.
b) Xuzo’aga qarshi hujum uyushtirgan Bani bakrliklarni o‘z sherikligidan chiqarish.
c) Ahdni buzib urush holiga o‘tish.
d) a va b.

17. Makka fathidan oldin Quraysh qabilasi boshlig’i kim edi?
a) Hakim ibn Hizom
b) Abu Sufyon ibn Harb
c) Safvon ibn Umayya
d) Ikrima ibn Abu Jahl

18. Sulhni yangilash uchun Madinaga borgan Abu Sufyon shaharda birinchi bo’lib kimga uchradi?
a) To’g’ri Rasululloh huzurlariga kirib, sulhni yangilash taklifini aytdi.
b) Mo’minlar onasi Ummu Habibaning oldiga kirdi.
c) Xuzo’alik Budayl ibn Varqo bilan uchrashdi.
d) Rasululloh s.a.v. masjidlariga kirishdan avval Abu Bakr r.a. bilan uchrashdi.

19. Ummu Habiba r.a. Abu Sufyondan Rasululloh s.a.v.ning ko’rpachalarini tortib olarkan, unga aynan nima dedi?
a) "œSen mushriksan, najassan!"
b) "œSen kofirsan, jirkanchsan!"
c) "œSen mushriksan, hayvonsan!"
d) "œSen do’zax ahlidansan!"

20. Abu Sufyonga odamlardan omonlik so’rab, Makkaga jo’nab qolishni kim maslahat berdi?
a) Budayl ibn Varqo.
b) Xolid ibn Valid r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Ali ibn Abu Tolib r.a.


Ushbu turda AbdulAziz va Yoqutxonning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Makka fathi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

1-tur javoblari 23-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Sentyabr 2010, 08:38:54

IV bosqich 1-turning dastlabki natijalari

1   Abdumuhaymin   100
2   Aziza Mannopova   100
3   Dilmurod Majidov   100
4   Iroda Turdimatova   100
5   JaviK (Javlonbek Ikromov)   100
6   Lolo   100
7   Muhammad Sohib   100
8   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
9   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   100
10   Aziz Uralov   95
11   Jamoliddin Hasanov   95
12   Habib   90
13   Fatima Sultanova   90
14   Muhammad Saidxon   90
15   Shohrux Mirzo   90
16   Abdul_Malik   85
17   Erkin Vahidov   85
18   Mubashsher Muhammad   85
19   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   85
20   Braupov (Bahrom Raupov)   80
21   Kapalak (Zamira Hamidova)   80
22   Nodirshoh Mamatqulov   80
23   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   80
24   Farhodjon Isroilov   75
25   G_u_l_i (Guli Omonova)   70
26   Muzayyana   70
27   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
28   Maqsud Asqarov   55

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2010, 09:09:48

IV BOSQICH
3-tur: Makka fathi. 1-qism

1. Payg’ambar s.a.v. sahobalarga safar tadorigini ko’rishni buyurdilar. Makkaga otlanganliklari sirini kimga aytgandilar?
a) Hech kimga qayerga ketayotganlarini aytmadilar.
b) Abu Bakr r.a.ga aytdilar.
c) Ummu Salama r.a.ga aytdilar.
d) Rasululloh s.a.v.ning siri sohibi Huzayfa r.a.ga aytdilar.

2. Hotib ibn Abu Balta’a Rasululloh (s.a.v.)ning Makkaga maxfiy yurishlarini Qurayshga bildirish maqsadida bir ayolni qancha mablag’ evaziga yollaydi?
a) 27 dinor, 2 ta tuya.
b) 20 dinor, 1 ta ot.
c) 10 dinor va 1 ta to’n.
d) 15 dinor va 2 ta tuya.

3. Hotib ibn Abu Balta’a Rasululloh (s.a.v.)ning Makkaga maxfiy yurishlarini Qurayshga bildirish maqsadida bir ayolni Makkaga jo’natdi. Rasululloh s.a.v. uning ortidan yuborgan sahobalar orasida javobdagi qaysi birlari yo’q edi?
a) Ali ibn Abu Tolib r.a.
b) Miqdod r.a.
c) Zubayr ibn Avvaom r.a.
d) Abu Marsad r.a.
e) Hammalari bor edi.

4. Hotib ibn Abu Balta’aning xiyonat qilishiga sabab nima edi?
a) Munofiqlik, qurayshga yaxshi ko’rinish.
b) Makkada qolgan mol-mulklarini saqlab qolish.
c) Makkadagi yaqinlarini himoya qildirish.
d) b va c.

5. Makka fathiga safar qachon boshlandi?
a) Hijratning 8-yili Ramazonning 10-kuni.
b) Hijratning 8-yili Ramazonning 1-kuni.
c) Hijratning 8-yili Ramazonning 7-kuni.
d) Hijratning 8-yili Ramazonning 14-kuni.

6. Makka safariga yo’lga chiqqan qurollik askarlar soni nechta edi?
a) 10000
b) 15000
c) 7000
d) 12000

7. Rasululloh s.a.v. u haqda: “Hamzaning o’rinbosari bo’ladi, deb umid qilaman” degan sahoba kim edi?
a) Abu Sufyon ibn Harb r.a.
b) Abdulloh ibn Abu Umayya r.a.
c) Qusam ibn Abbos r.a.
d) Abu Sufyon ibn Horis r.a.

8. Musulmon qo’shini Makka va Madina oralig‘idagi Abvo degan joyga yetganlarida Makkadan hijrat qiloib, musulmonlarga qo’shilgan Abdulloh ibn Abu Umayya Rasulullohga qanday qarindosh edi?
a) Amakilari Horisning o’g’li.
b) Ammalari Sofiyaning o’g’li.
c) Ammalari Otikaning o’g’li.
d) Ammalari Ummu Hakimning o’g’li.

9. Rasululloh s.a.v. qaysi manzilda qo’shinga ro’zalarini ochishni buyurdilar?
a) Abvoda.
b) Qudaydda.
c) Mahruz-zahronda.
d) Juhfada.

10. Rasululloh s.a.v. Fotima vodiysida kimni lashkar qo’riqchilariga bosh etib tayinladilar?
a) Umar ibn Hattob r.a.ni
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.ni
c) Zubayr ibn Avvom r.a.ni
d) Xolid ibn Valid r.a.ni

11. Abu Sufyonni Rasululloh s.a.v. huzurlariga kim olib keldi?
a) Umar ibn Hattob r.a.
b) Abbos ibn Abdulmuttalib r.a.
c) Hakim ibn Hazom
d) Xolid ibn Valid r.a.

12. Islom lashkari qaysi kuni Mahruz-zahronni tark etib, Makkaga yo’l oldi?
a) Ramazon oyining 14-kuni
b) Ramazon oyining 17-kuni
c) Ramazon oyining 19-kuni
d) Ramazon oyining 22-kuni

13. Makka fathida Rasululloh s.a.v.ning bayroqdorlari kim bo’ldi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Ali ibn Abu Tolib r.a.
d) Xolid ibn Valid r.a.

14. Makkaga kirayotgan Ansor qo’shining bayroqdori kim edi?
a) Sa’d ibn Muoz r.a.
b) Muoz ibn Jabal r.a.
c) Avf ibn Molik r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

15. Rasululloh (s.a.v.) o’z bayroqlarini Hajun degan joyga o’rnatishga amr qildilar. Keyin ushbu bayroq o’rnatilgan joyda qanday tadbir amalga oshirildi?
a) “Muaskar ar-ra’ya” nomini olgan musulmon harbiy jamloq joylashtirildi.
b) “Masjid ar-ra’ya” nomi bilan atalgan masjid bino qilindi.
c) “Buston ar-ra’ya” nomi bilan mashhur katta bir bog’ barpo etildi
d) Makkaga ziyoratga keluvchilarning “ar-Ra’ya” nomini olgan qo’nalg’asi bo’lib qoldi.

16. Xolid ibn Valid qo’shini bilan urushgan qurayshliklardan nechtasi halok bo’ldi?
a) 14 ta
b) 20 ta
c) 24 ta
d) 77 ta

17. Xolid ibn Validning qo’shinida musulmonlardan kimlar halok bo’ldi?
a) Iyos ibn Avs, Bahhos ibn Sa’laba
b) Sobit ibn Amr, Jubayr ibn Ilyos
c) Kurz ibn Jobir, Xunays ibn Xolid
d) Horis ibn Qays, Habib ibn Asvad

18. Rasululloh s.a.v. piyoda va qurolsiz kishilarga kimni bosh qildilar?
a) Zubayr ibn Avvom r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Muhammad ibn Maslama r.a.
d) Xolid ibn Valid r.a.

19. Qaysi onalarimiz Makka fathida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga hamrohlik qilishdi?
a) Oisha va Ummu Habiba r.a.lar
b) Ummu Salama va Sofiya r.a.lar
c) Oisha va Ummu Salama r.s.lar
d) Maymuna va Ummu Salama r.a.lar

20. Makka shahri qaysi kuni fath bo’ldi?
a) Ramazon oyining 20-kuni, jum’a.
b) Ramazon oyining 17-kuni, seshanba.
c) Ramazon oyining 16-kuni, dushanba.
d) Ramazon oyining 15-kuni, yakshanba.


Ushbu turda AbdulAziz, Anisa, Robiya, Nodir Shoh va Yoqutxonning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Makka fathi. 2-qism
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

2-tur javoblari 30-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2010, 09:13:39

IV BOSQICH
1-tur: Mu’ta g’azoti
Javoblar va izohlar

1. Mu’ta jangi qachon bo’lib o’tdi?
a) 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
b) 8-hijriy yil, jumodus-soniy oyida
c) 8-hijriy yil, rajab oyida
d) 9-hijriy yil, muharram oyida
To’g’ri javob: 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
Izoh: Bu urush Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotliklarida musulmonlar olib borgan eng og‘ir jang va eng qonli to‘qnashuv sifatida tarixga kirdi. U 8-hijriyning jumodul-uvlo oyida — 629-milodiyning avgust yoki sentyabrida — bo‘lib o‘tdi va nasroniy o‘lkalarni fath etishga tayyorgarlik va debocha bo‘lib qoldi. ("œRohiyq al-maxtum")

2. Rasululloh s.a.v. Busrodagi Rum hokimiga kimni elchi qilib yuborgan edilar?
a) Salama ibn Akva’ r.a.
b) Horis ibn Umayr r.a.
c) Muhammad ibn Salama r.a.
d) Sobit ibn Aqram r.a.
To’g’ri javob: Horis ibn Umayr r.a.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Busrodagi Rum tomonidan ta’yinlangan hokim Sharhabiyl ibn Amr al-G’assoniyga al-Horis ibn Umayr al-Azdiyni elchi qilib yubordilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

3. Mu’ta g’azotiga musulmonlardan necha kishi chiqdi?
a) 2500 kishi
b) 3000 kishi
c) 4000 kishi
d) 4200 kishi
To’g’ri javob: 3000 kishi
Izoh: Elchi va choparlarni o‘ldirish eng qabih jinoyatlardan sanalar, bunday qilish urush e’lon qilish bilan barobar, balki undan-da ortiqroq ish hisoblanardi. Ushbu xabar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga juda qattiq ta’sir qildi va ularga qarshi uch ming kishilik qo‘shin hozirladilar. Bu juda katta qo‘shin bo‘lib, Ahzob jangidan boshqa biron jang uchun hali bunchalik ko‘p sonli qo‘shin jamlamagan edilar. ("œZodul-ma’od", "œRohiyq al-maxtum")

4. Musulmonlarga qarshi to’plangan qo’shining umumiy soni qancha edi?
a) 50000
b) 100000
c) 200000
d) 120000
To’g’ri javob: 200000
Izoh: Rumliklar o‘zlari yuz ming aksar yig‘dilar. Ularning Shomdagi ittifoqdoshlari va nasroniy arab qabilalari ham yuz ming askar to‘pladilar. Shu ikki yuz ming askar bilan musulmonlarni yo‘q qilib tashlash qasdida edilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

5. Rasululloh s.a.v. musulmonlar qo’shini amiri etib kimni tayinladilar?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa r.a.
Izoh: Uch ming kishilik lashkarga Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni amir etib ta’yinladilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

6. Musulmonlarning Mu’ta qo’shini amiriga Rasululloh s.a.v. qanday rangli bayroq berdilar?
a) Oq
b) Yashil
c) Qizil
d) Qora
To’g’ri javob: Oq
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘shinga Zayd ibn Horisani amir qilib tayinladilar va: «Agar Zayd halok bo‘lsa Ja’far, Ja’far halok bo‘lsa Abdulloh ibn Ravoha amir bo‘ladi», dedilar. Oq rangli bayroq tikib, uni Zayd ibn Horisaga berdilar. ("œRohiyq al-maxtum")

7. Mu’ta g’azotida amir bo’lgan sahobalar ketma-ketligini aniqlang.
a) Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Xolid ibn Valid
b) Zayd ibn Horisa — Abdulloh ibn Ravoha — Ja’far ibn Abu Tolib — Xolid ibn Valid
c) Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Sobit ibn Aqram - Xolid ibn Valid
d) Abdulloh ibn Ravoha - Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Xolid ibn Valid
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa — Ja’far ibn Abu Tolib — Abdulloh ibn Ravoha — Xolid ibn Valid
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni amir etib ta’yinlar ekanlar: «Agar Zaydga bir gap bo‘ladigan bo‘lsa odamlarga Ja’far ibn Abu Tolib bosh bo‘lur, agar Ja’farga bir gap bo‘ladigan bo‘lsa Abdulloh ibn Ravoha», dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

8. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketishdan oldin nima uchun yig’ladi?
a) Rasululloh s.a.v.dan ayrilayotganini bilib.
b) Do’zax zikr etilgan oyatni tafakkur qilib.
c) Ga’zotda shahid ketajagiga bashoratni eshitib.
d) Mujohidlarga jannat ato etilishi haqidagi oyatni eslab.
To’g’ri javob: Do’zax zikr etilgan oyatni tafakkur qilib.
Izoh: Islomiy qo‘shin yo‘lga chiqishi oldidan odamlar yig‘ilib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amirlari haqlariga duo-u salomlar yo‘lladilar. Shunda qo‘shinning qo‘mondonlaridan biri Abdulloh ibn Ravoha yig‘lab yubordi. Undan yig‘isi sababini so‘rashganda: «Allohga qasamki, men hayoti dunyoni yaxshi ko‘rganimdan yoki sizlardan ayrilishni istamaganimdan yig‘lamadim. Lekin, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohning Kitobidan do‘zax zikr etilgan: «Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir» (Maryam: 71) oyatini o‘qiganlarini eshitdim. Unga tushganimdan keyin qaytib chiqa olamanmi, yo‘qmi, bilmayman. Shuning uchun yig‘lamoqdaman», dedi. ("œZodul-ma’od", "œRohiyq al-maxtum")

9. Ma’onda ikki kun qolib ketgan musulmon askarlarini olg’a intilishga shijoatlantirgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Ja’far ibn Abu Tolib r.a.
b) Abdulloh ibn Ravoha r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ravoha r.a.
Izoh: Ikki kundan keyin Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu kishilarni shijoatlantirib:
«Ey, qavm! Allohga qasamki, siz qo‘rqayotgan narsa, o‘zingiz talab qilib chiqqan narsa-shahidlikdir. Biz odamlarga qarshi son bilan yoki kuchu ko‘plik bilan urushmaymiz. Biz faqatgina Alloh bizni mukarram kilgan ushbu din bilan urushamiz. Qani jo‘nanglar! Ikki yaxshilikdan biri; zafar yoki shahidlikdan boshqa narsa bo‘lmaydi!» dedi.
Odamlar dadil turib yo‘lga tushdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

10. Mu’tada musulmonlar qo’shini o’ng qanotiga kimni qo’yildi?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Qutba ibn Qatoda r.a.
d) Uboda ibn Molik r.a.
To’g’ri javob: Qutba ibn Qatoda r.a.
Izoh: Dushman yaqinlashib kela boshlagach, musulmonlar orqaroq qaytib, Mu’ta degan joyda qarorgoh tikdilar va urushga hozirlana boshladilar. O’ng qanotga Qutba ibn Qatoda al-Uzriyni, chap qanotga Uboda ibn Molik al-Ansoriyni qo‘yildi. ("œRohiyq al-maxtum")

11. Ja’far ibn Abu Tolib r.a. Mu’tada necha yoshlarida shahid bo’ldilar?
a) 28
b) 33
c) 36
d) 39
To’g’ri javob: 33
Izoh: Urushda u kishining o‘ng qo‘li kesilib ketdi. Shunda u kishi bayroqni chap qo‘li bilan ko‘tardilar. Chap qo‘li ham kesilgan edi bayroqni ikki kesilgan qo‘lning qolgan qismi ila ko‘tardilar. Oxiri shahid bo‘ldilar. O’shanda Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu o‘ttiz uch yoshda edilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

12. Musulmonlar shahida a’lo Ja’far ibn Abu Tolib r.a. ko’ksidan-tanalaridan qilich va nayzaning nechta jarohatini topdilar?
a) 50 dan ortiq
b) 70 dan ortiq
c) 90 dan ortiq
d) 100 dan ortiq
To’g’ri javob: 90 dan ortiq
Izoh: Ibn Umar aytadi: «Men ham o‘sha g‘azotda bor edim. Ja’far ibn Abi Tolibni qidirib, o‘lganlar orasidan topdik. Uning jasadida to‘qsondan ortiqroq qilich va nayza asarlarini topdik. Al-Amriyning Nofe’dan qilgan rivoyatida: «Bularning hammasini uning jasadining oldi tarafida topdik», deb qo‘shimcha qilingan. ("œSahihul Buxoriy", "œRohiyq al-maxtum")

13. Nima uchun Ja’far ibn Abu Tolib r.a. "œJa’far at-tayyor" deb atalgan?
a) Mu’ta jangida ikki qo’lidan ajragani uchun. 
b) Jang maydonida shiddatli jang qilib, qushdek uchgani uchun.
c) Tez yugurgani, qushdek uchgani uchun.
d) Ikki qo’li uzun bo’lgani uchun.
To’g’ri javob: Mu’ta jangida ikki qo’lidan ajragani uchun. 
Izoh: So‘ng bayroq Ja’far ibn Abi Tolibning qo‘liga o‘tdi. Egar ustida jang qilish qiyinlashib qolgach, otidan sakrab tushib, unga qilich tortib yubordi, so‘ng yana shiddat bilan jangga kirib ketdi. Dushman qilichi uning bayroq tutgan o‘ng qo‘lini chopib tashlagan edi, bayroqni chap qo‘li bilan tutib qoldi. Chap qo‘li ham kesilib ketgach, bayroqni azudlari (qo‘lning chig‘anoqdan yelkagacha bo‘lgan qismi) bilan bag‘riga bosganicha tik tutib turdi. To shahid bo‘lgunicha shu zaylda turib berdi. Aytishlaricha, bir rum askari uni qilichi bilan urib, ikki bo‘lakka bo‘lib tashlagan ekan. Alloh taolo jannatda unga ikki qanot ato etgan bo‘lib, u o‘sha qanotlari bilan istagan joyiga uchib yuradi. Shuning uchun ham u Ja’far at-tayyor (uchuvchi Ja’far) va Ja’far zul-janohayn (ikki qanotli Ja’far) deb ataldi. ("œRohiyq al-maxtum")

14. Abdulloh ibn Ravoha amir bo’lgach, jangga kirishib ketadi. Shunda amakivachchasi bir go’shli suyak olib kelib, ibn Ravohaga uzatadi. Shunda u"¦
a) shunday paytda taom yeyish menga harom deya jangni davom ettiradi.
b) go’shtni yeyayotgan paytda dushman askari kelib, qo’lini kesib tashlaydi.
c) go’shni boshqa och askarlarga berishini aytadi.
d) go’shtdan bir tishlab, so’ng tashlab yuboradi va yana jangga kirishadi.
To’g’ri javob: go’shtdan bir tishlab, so’ng tashlab yuboradi va yana jangga kirishadi.
Izoh: Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu shahid bo‘lganlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavsiya qilganaridek bayroqni Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu olib olg‘a tashlandi. U kishi otidan tushib bayroqni ko‘targan holda jang qila boshladi. Amakivachchasi uning yoniga kelib bir oz go‘shti bor bir suyakni uzatib: «Bir oz tamaddi qilib ol! Bu kunlarda ko‘p charchading» dedi. U go‘shtdan bir tishladi. Ammo uni darohol tashlab yubordi-da, turib qilichini olib yana jangga kirdi. Dushman tomon sherdek tashlandi. Vaqti soati yetib Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu ham shahidlar safiga qo‘shildi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

15. Xolid ibn Valid r.a. Mu’tada qanday harbiy xiyla ishlatdi?
a) Kechasi turli joylarda olov yoqib, musulmonlar soni ko’paygani ma’lum qilindi.
b) Askarlarning o’rni almashtirildi, kechasi ovoz chiqarib, yangi kuchlar kelgani ma’lum qilindi.
c) Kechasi dushman askarlari uxlab yotganida yoppa jangga kirishildi.
d) Xufya elchilar tomonidan ko’plab arab qabilalari musulmonlarga birikish uchun kelayotgani haqida xabar tarqatildi.
To’g’ri javob: Askarlarning o’rni almashtirildi, kechasi ovoz chiqarib, yangi kuchlar kelgani ma’lum qilindi.
Izoh: Kechasi Xolid ibn Valid roziyallohu anhu Islom lashkari turgan joyning orqa tomoniga ko‘pchilik jangchilarni turli joylarga o‘rnashtirdi. Keyin ularga xuddi orqadan madad kuchlari yetib kelgandek ovoz chiqarishni amr qildi. Jangchilar o‘z amirlarining amrini a’lo darajada bajardilar. Shu bilan birga Xolid ibn Valid roziyallohu anhu yana boshqa bir harbiy hiyla ham ishlatdi. Askarning o‘ng tomonini chap tomonga, ort tomonini old tomonga almashtirdi. Ertalab rumliklar tamoman boshqacha askarni ko‘rdilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

16. Mu’ta g’azotida Xolid ibn Valid r.a.ning nechta qilichi sindi?
a) 10 ta
b) 7 ta
c) 9 ta
d) 5 ta
To’g’ri javob: 9 ta
Izoh: Xolid ibn Valid: «Mu’ta g‘azotida mening qo‘limda to‘qqizta qilich sindi, faqat Yaman qilichi butun qoldi»,— deydilar. («Sahihi Buxoriy»)

17. Mu’ta g’azotida Rasululloh s.a.v. Xolid ibn Valid r.a.ni qanday nomladilar?
a) Sayfulloh
b) Asadulloh
c) Nasrulloh
d) Fathulloh
To’g’ri javob: Sayfulloh
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Zayd, Ja’far va Ibn Ruvohaga ne bo‘lajagini ular o‘ldirilgani haqida xabar kelmasidan burun bunday deb bashorat qildilar: «Bayroqni Zayd qo‘liga oldi, shahid bo‘ldi, so‘ng Ja’far oldi, shahid bo‘ldi, keyin ibn Ravoha oldi, shahid bo‘ldi, (shunda ikki ko‘zlaridan yosh quyilib ketdi), so‘ng bayroqni Ollohning qilichlaridan biri qo‘liga olib erdi, musulmonlar g‘alaba qozondilar». («Sahihi Buxoriy»)

18. Mu’ta g’azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo’ldi?
a) 33
b) 70
c) 24
d) 12
To’g’ri javob: 12
Izoh: O’sha kuni musulmonlardan jami o‘n ikki kishi shahid bo‘ldi. ("œRohiyq al-maxtum")

19. Mu’ta g’azotidan qaytayotgan sahobalarni Madina ahli kutib oldi va ularni "œQochqoqlar!" deb atashdi. Rasululloh s.a.v. esa qanday atadilar?
a) Qayta hujum qiluvchilar
b) G’oziylar
c) Fotihlar
d) G’oliblar
To’g’ri javob: Qayta hujum qiluvchilar
Izoh: Musulmonlar Islom lashkarining shonli zafarlariga o‘rganib qolishgan edilar. Shuning uchun ham Mo‘‘tadagi urush ularga Islom lashkarining mag‘lubiyati bo‘lib ko‘rindi. Ular qaytib kelayotgan jangchilar ustidan tuproq sochib: «Qochqoqlar! Allohning yo‘lida qochdinglar!» deb baqira boshladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q! Ular inshaalloh karrorlar-qayta hujum qiluvchilar», dedilar. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

20. Mu’ta g’azoti uchun quyidagi ta’riflardan qaysi biri mos tushadi?
a) Arabiston yarimorolidan tashqarida arablardan boshqalar bilan birinchi to’qnashilgan jang.
b) Rasululloh s.a.v. hayotlik chog’larida amalga oshirilgan eng uzoq masofadagi g’azot.
c) Bu g’azotga shu paytgacha eng ko’p qo’shin jamlandi.
d) Shu paytgacha musulmonlardan eng ko’p shahid berilgan g’azot bo’ldi.
To’g’ri javob: Arabiston yarimorolidan tashqarida arablardan boshqalar bilan birinchi to’qnashilgan jang.
Izoh: Mo‘ta jangi musulmonlarning Arabiston yarim orolidan tashqarida arablardan boshqalar bilan birinchi bor to‘qnashuvi edi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2010, 09:16:57

IV bosqich 1-turning yakuniy natijalari

1   Abdulaziz Toshmatov   100
2   Abdumuhaymin   100
3   Anisa   100
4   Aziza Mannopova   100
5   Bahodir Ashurov   100
6   Bahriddin Botirov   100
7   Dilmurod Majidov   100
8   Iroda Turdimatova   100
9   JaviK (Javlonbek Ikromov)   100
10   Lolo   100
11   Mirolim Qodiraliyev   100
12   Muallim   100
13   Muhammad Sohib   100
14   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
15   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   100
16   SardorbekTurdiyev   100
17   Ummatiy Muhammadiy   100
18   Abdulatif Boltaboyev   95
19   Aziz Uralov   95
20   Jamoliddin Hasanov   95
21   Mo'min Mirzo   95
22   Diydor   90
23   Fatima Sultanova   90
24   Habib   90
25   Muhammad Saidxon   90
26   Musannif Adham   90
27   Sa'dulla   90
28   Shohrux Mirzo   90
29   Abdul_Malik   85
30   Erkin Vahidov   85
31   Mubashsher Muhammad   85
32   Samia   85
33   Yoqutxon (Yoqutxon Rasulova)   85
34   Braupov (Bahrom Raupov)   80
35   Kapalak (Zamira Hamidova)   80
36   Nodir Shoh   80
37   Nodirshoh Mamatqulov   80
38   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   80
39   Xolms   80
40   Farhodjon Isroilov   75
41   G_u_l_i (Guli Omonova)   70
42   Muzayyana   70
43   N.Nodirbek (Nodirbek Nishonov)   70
44   Maqsud Asqarov   55

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Sentyabr 2010, 09:20:47

IV bosqich 2-turning dastlabki natijalari

1   Habib   100
2   Muvahhid (Otabek To'rayev)   100
3   Abdumuhaymin   95
4   Aziz Uralov   95
5   Lolo   95
6   Musannif Adham   95
7   Ummatiy Muhammadiy   95
8   Diydor   90
9   Fatima Sultanova   90
10   Mirolim Qodiraliyev   90
11   G_u_l_i (Guli Omonova)   80
12   Robiya (Go'zal Muhiddinova)   80
13   Samia   80
14   Braupov (Bahrom Raupov)   70
15   Erkin Vahidov   60
16   Farhodjon Isroilov   55
17   UzMuslim (Sarvar Tojiyev)   45

Qayd etilgan