Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar  ( 186864 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


shoir  27 Iyun 2006, 06:07:04

abdulaziz:

ssalomu alaykum!
Man ham sizning fikrlaringizga qo`shilaman.
Manam birinchi o`qiganimda aynan siz e'tibor qilgan jihatlarni sezgandim.
Lekin bu asar mardlik bilan yozilgan. Chunki o`sha davrdayoq jamiyatimiz va sovet tuzumining qing`irliklari haqqoniy tarzda yoritilgan.
Otabek o`z suhbatlaridan birida Shamayga borganini hikoya qilib beradi va "Shamayning idora uslubi biznikidan anchayin farq qiladi" deya o`z e'tirozlarini birin ketin bayon qiladi. O`sha davrdagi ilmsizlik, ma'rifatdan yiroqlik, ilm egalari, davlat egalarining zalolat botqog`iga botganliklari hammasi ustalik bilan bayon qilingan.
"Otkan kunlar"dagi umidsizlikni Abdulla Qodiriy Otabekning tilidan gapiradilar: "DARHAQIQAT, MOZORISTONDA HAYYA ALAL FALAH (najotga kelinglar!!!) NIDOSINI KIM HAM ESHITARDI!"

Assalom:

Judayam zo`r so`zlar ekan. Huddi o`sha zamonga mos keladi.
Haqiqatda shu davrlar (qodiriy tasvirlagan) ma'naviy inqiroz davri bo`lgan. Undagi holatlar haqida ham shu asarda berilgan...
Ma'naviyati inqirozga uchragan mamlakat oxir-oqibat kofirlarga qul bo`lgandi...

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:07:20

xadicha:

Menga O`tgan kunlar romanidagi Otabekning maktubi va Kumushning unga bo`lgan javob
maktubi juda yoqadi. Maktub judayam tasirli yozilgan.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:07:34

sevara:

Menda Otabek va Kumushning sof sevgisi va bir-biriga bo`lgan hurmati katta ta`surot qoldirdi.
Hozirgi kunda bunday sevgini kamdan-kam hollarda uchratamiz.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:07:56

maknuna:

Albatta Zaynabning ham ayol sifatida sevishga, qadr-qimmat topishga haqqi bor edi. Lekin, uning bitta katta aybi bor edi. Buni muallif ham ustalik bilan ta'riflagan. Unga biron taklif berilsa, masalan, to'yga borasanmi deyilsa, indamas, ota-onalari to'yga borib-kelishgandan keyin esa, nega meni olib ketmadinglar deya zorlanardi. Bu holatidan muallif uni "pismiq" deya ataydi.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:08:09

maknuna:

O'tkan kunlarning har qaysi obrazi o'ziga xos tasvir usuli bilan ajralib turadi.
Albatta Otabek va Kumushlar hamma uchun ideal.
Hayotda bo'lganidek, hammayerda ham yaxshi-yomon bo'ladi.
Shuning uchun bir narsa deyosh qiyin.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:08:42

behzodbek:

Assalomu alaykum,
Qanday zo'r, yoshlarimiz adabiyot, ma'rifat haqida shunday chiroyli suhbatlar qilishyapti. Judayam xursandman. Hozir yoshlarimiz kitob o'qishmayapti, ma'naviy qashshoqlashib ketishyapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz, ko'cha-ko'yda yurgan tengdoshlarimizning ishlarini ko'rib ham bundan boshqa fikr xayolimga kelmaydi. Lekin, baribir, adabiyot o'lmas ekan. Unga bo'lgan qizizqish, ishtiyoq hanuz mavjud va bundan so'ng ham davom etadi.

"O'tgan kunlar" haqida birodarlarimiz Assalom va Abdulazizlar aytgan ramziylik haqidagi fikrlarga qo'shilaman. Ma'lumki, o'tgan kunlar haqida ko'plab ilmiy ishlar, izlanishlar qilingan va hanuz qilinmoqda. Menga, shular orasidan, domla Tohir Malikning yozganlari juda yoqadi.
Adashmasa, "20 asr o'zbek romani" seriyasi ostida chop etilgan "O'tgan kunlar" nashri oxirida Tohir Malikning asar haqidagi bir maqolasi ilova qilingan. Men o'qimagan birodarlarimizga shu maqolani o'qishlarini tavsiya etardim. Aynan, ramziylik, Qodiriyning aytmoqchi bo'lgan gaplari haqida hurmatli adibimiz judayam nozik va ishonchli fikrlar berganlar.
Abdulla Qodiriy shaxs sifatida ham buyuk inson bo'lganlar. Va men bu insonni shahid ketganlar, deb ishonaman.

"O'tgan kunlar" dagi muhabbat masalasiga oid yana bir fikr aytmoqchi edim. Ma'lumki, asar markazida Otabek va Kumushning muhabbati turadi. Adib ular muhabbatining qanchalar kuchli ekanligini, yoki Kumushning nechog'lik go'zalligini tasvirlash uchun ortiqcha bo'rttirishlar, so'zlar qo'llamaydi. Qodiriy shunchalar nozik detallar ishlatganki, bular bevosita adib maqsadlari yo'liga xizmat qilgan. Diqqat qilmagan kitobxon bu narsani ilg'amasligi ham mumkin.

Bir misol. Otabek Kumushni 1-bor ko'rgan holat. O'shanda Asr namozi vaqti edi. Otabek anhor bo'yida tahorat olayotgan edi. Shu payt bexosdan Kumushga ko'zi tushdi. Uning husni jamoliga shunchalik asir bo'ldiki, natijada tashqi dunyoni unutdi. Oxiri ahvol shunchalikka borib yetdiki, asr vaqti ham chiqib ketdi, namoz qazo bo'ldi.
Muhtaram forumdoshlarimizga ma'lum bo'lsa kerak, asr namozini qazo qilish Islomda juda qattiq qoralanadi. Hatto shunday hadislar borki, ularni o'qib joningiz chiqib ketay deydi. Ulardan birida asrni qazo qilish butun umr qilingan xayrli ishlarning yuvilib ketishiga sabab bo'ladi, deyilgan. Demak, bundan shunday xulosa chiqadiki, asrni o'z vaqtida o'qishga qattiq say-harakat qilmoq lozim.
Otabek yaxshigina dindor, ilmli yigit ham edi. Asrning qadrini, albatta, uning bilmasligi mumkin emas. Lekin uning Kumushga bo'lgan muhabbati bir lahzada shunchalar alanga oldiki, natijada asrni ham unutdi.
O'ylaymanki, Abdulla Qodiriy hazratlari mazkur narsani ayni shu holatlarni ifodalash uchun qo'llagan.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:08:58

maknuna:

Bu fikringizga ozgina qo'shilolmayman. Yuqoridagi holat bilan tezda yana Otabekning kaatta gunohlar botqog'iga botdirmang. Albatta asr namozini qazo qilganini inkor qilmayman. Agar asarga e'tibor bergan bo'lsangiz, shu paytda asrning vaqti oz qolgan edi, Otabek, tezroq tahorat qilib olay deb do'kondorlardan so'ragan, ular esa, ariq bo'yidagi yuzani ko'rsatishgan edi. Shu payt u Kumushbibini ko'rib qoladi. U cho'chib qochgach, u ketgan tomonga uzoq termulib qoladi. Tahoratni qilib bo'lib ham yana termuladi. Natijada asrni boy beradi.

Bu bilan muallif nima demoqchi? Otabek ham xudoning bir bandasi. U ham xato qiladi. Inson bo'lganligi uchun ham xato qiladi. Ojiz bo'lgani uchun ham xato qiladi. Bu gapiz bilan boshqa maqsadni ko'zlamang. Agar biz Otabekni siz aytgandek dindor bo'lganligini olib,k insonligini unutsak, u holda bo'zaxonadagi holatlarini ko'rib undan umuman yuz o'girishimiz kerakmi?

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:09:12

behzodbek:

Assalomu alaykum, mening xayolimga kelmagan narsalarni tushunibsiz.

Mening maqsadim hech ham Otabekni gunoh qildi, xato qildi, deyish emas, shunchaki muhabbatning kuchini ko'rsatish edi, xolos.
Tadqiqotchilar orasida Otabek va Kumush muhabbatiga ilohiylik ramzini beruvchilar ham bor.

Umuman, tasavvufda haqiqiy Alloh ishqini his qilish uchun, avvalo, insoniy ishqni boshdan kechirish kerak, degan mulohaza bor.
Alisher Navoiyning bir asarida Shayx Zunnor hikoyatini eshitgan bo'lsangiz kerak. Bir ulug' shayx nasoro qiziga oshiq bo'lib, zunnor taqishgacha borib yetadi. Zohiran, u kufr sodir etdi. Lekin uning bu muhabbati alal-oqibat haqiqiy ishqni tanish darajasiga yetkazdi. Shu bois muallif Shayxni bu holatda qoralamagan.
A.Qodiriy ham Otabekni bu ishi uchun hech ham yomon ko'rsatgisi kelmagan...

Muhabbat shunday narsaki, u insonni telba qiladi, hushini oladi, natijada chet olamdan uziladi, nimalar qilayotganini, nimalar deyayotganini anglolmay qoladi.

Mansur Halloj hayoti ham, boshqa ko'plab tasavvufdagi jazba holatiga tushgan so'filar holati ham buning misolidir. Ulamolar, bu holatda hukm zohiriga qarab chiqariladi, demak, Halloj Anal Haq (Men Haqman) dedimi, shariatga ko'ra, murtad bo'ldi, qatl qilinishi lozim, botinini, uning asl iymonini Alloh biladi, deyishgan.

Mavzudan ham biroz chetlashdik, nazarimda. Xullas, asosiy diqqat asarda Otabek xulq-atvoriga, insoniy-diniy istiqomatiga emas, uning muhabbatiga qaratilgan.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:09:49

maknuna:

Iqtibos
Assalomu alaykum, mening xayolimga kelmagan narsalarni tushunibsiz.

Mening maqsadim hech ham Otabekni gunoh qildi, xato qildi, deyish emas, shunchaki muhabbatning kuchini ko'rsatish edi, xolos.
Tadqiqotchilar orasida Otabek va Kumush muhabbatiga ilohiylik ramzini beruvchilar ham bor.
va alaykum assalom!
man ham siz aytmoqchi bo'lgan shunchaki muhabbatning kuchini ko'rsatish edi, xolos fikringizga qarshi chiqib yuqoridagi narsalarni yozgan edim.
Iqtibos
Alisher Navoiyning bir asarida Shayx Zunnor hikoyatini eshitgan bo'lsangiz kerak. Bir ulug' shayx nasoro qiziga oshiq bo'lib, zunnor taqishgacha borib yetadi. Zohiran, u kufr sodir etdi. Lekin uning bu muhabbati alal-oqibat haqiqiy ishqni tanish darajasiga yetkazdi. Shu bois muallif Shayxni bu holatda qoralamagan.
A.Qodiriy ham Otabekni bu ishi uchun hech ham yomon ko'rsatgisi kelmagan...
Navoiyning Shayx San'oni bilan Qodiriyning Otabegini o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. San'onning sevgisi g'irt shaytoniy edi...
Iqtibos
Muhabbat shunday narsaki, u insonni telba qiladi, hushini oladi, natijada chet olamdan uziladi, nimalar qilayotganini, nimalar deyayotganini anglolmay qoladi.
Bu muhabbat bilan ham Otabekning muhabbatini farqi bor. ozgina o'ylabroq fikr qiling.
Iqtibos
Mansur Halloj hayoti ham, boshqa ko'plab tasavvufdagi jazba holatiga tushgan so'filar holati ham buning misolidir. Ulamolar, bu holatda hukm zohiriga qarab chiqariladi, demak, Halloj Anal Haq (Men Haqman) dedimi, shariatga ko'ra, murtad bo'ldi, qatl qilinishi lozim, botinini, uning asl iymonini Alloh biladi, deyishgan.
mansuri Hallojning esa "Otkan kunlar"ga umuman bog'liqlik joyi yo'q.

Yana eski so'zlarimni takrorlashga majburman:
Bu bilan muallif nima demoqchi? Otabek ham xudoning bir bandasi. U ham xato qiladi. Inson bo'lganligi uchun ham xato qiladi. Ojiz bo'lgani uchun ham xato qiladi. Bu gapiz bilan boshqa maqsadni ko'zlamang.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:10:25

maknuna:

Assalomu alaykum!
Muhokama uchun savol:

"O'tkan kunlar" voqealari haqiqatda bo'lganmi?
Qahramonlarning prototipi bormi?
U yerdagi joy nomlari haqiqiymi?

Qayd etilgan