Kutubxona > O'zbek adabiyoti

Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

<< < (13/15) > >>

Hadija:
Haqiqatda qanchalik tariflamaylik, tarifga til ojiz. Juda chiroyli, ma'nolik, insonni qalbini jumbushga keltirardigan, o'zbekona lutfu-karam, hayo va ibo masalalari yorqin, aniq va go'zal ko'rinishda namoyon bo'lgan asar deb o'ylayman.
To'g'ri bu asarga ishlangan film ham yaxshi olingan-u, ammo asarning o'zichalik kitobdagi satrlarda yozilganchalik ta'sirli emas degan fikrdaman!...

Gabriela:
juda ham yaxshi asar, bu asar haqida ko'p eshitgandim, biroq o'qib yanada ta'sirlandim. Kumushbibi va Otabeklarning muhabbatlariga havasim keldi...

Muxsiya:
Men shu asar haqida gap ketganda Zaynabni qoralawlariga qarwiman. Ayol bo'lib sevilmagan, yori bo'la turib beva edi. Kumuwni u bir marta zaharladi, lekin o'zi har kuni mehr o'rniga beetiborlik zahrini yutib yawadi. Ayolga bundan ortiq jazo yo'q. Zaynab rolini o'ynagan aktrisani bir gapi hech esimdan chiqmaydi "Film senariysi o'z qo'limda bo'lganida Ikki ayolini teng ko'rmagan Otabekni zaharlab, Kumuw bn opa singildek bo'lardim" degandi. Haqiqatda bu yerda asosiy ayb Otabekda wariat barcha ayollariga teng muomala qiliwni buyurgan. Sevmagan taqdirida ham ozgina mehr ko'rsatganda Zaynab bu iwlarga qo'l urmasdi.

XurshidbekUZ:

--- Iqtibos ---Men shu asar haqida gap ketganda Zaynabni qoralawlariga qarwiman. Ayol bo'lib sevilmagan, yori bo'la turib beva edi. Kumuwni u bir marta zaharladi, lekin o'zi har kuni mehr o'rniga beetiborlik zahrini yutib yawadi. Ayolga bundan ortiq jazo yo'q. Zaynab rolini o'ynagan aktrisani bir gapi hech esimdan chiqmaydi "Film senariysi o'z qo'limda bo'lganida Ikki ayolini teng ko'rmagan Otabekni zaharlab, Kumuw bn opa singildek bo'lardim" degandi. Haqiqatda bu yerda asosiy ayb Otabekda wariat barcha ayollariga teng muomala qiliwni buyurgan. Sevmagan taqdirida ham ozgina mehr ko'rsatganda Zaynab bu iwlarga qo'l urmasdi.
--- End quote ---


ZAYNAB QO'SHIG'I
Tengim boshqa, dedi yor,
Topdim desam tengimni.
Marg’ilonlik bir dildor
Tortib oldi begimni.

Kulgu ketmay ko’zimdan
Yog’ar bo’ldi ko’zyoshim.
Ko’z-ko’z qilib baxtini
Yoqar bo’ldi ko’zyoshim.

Nima bo’ldi, bek yigit,
Bekangizga qarash yo’q?
Kumushdan ming o’rgilib,
Zaynabdan hol so’rash yo’q.

Taqdir derdim, shum taqdir,
Ko’nglim ko’nsa- kuymasdim.
Begim, sizni men axir,
Kumushdan kam suymasdim...

Qolsam — dardim bir dunyo,
Ketsam — bir uy ko’chim bor.
Kumushoyni keltirgan
Aravada o’chim bor!

Muhammad Yusuf

Ansora:
Men esa bu romanni orqasida boshqa bir falsafa bolganligini oylayman, balki yoritgandir abadiy tanqidchilarimiz.


Ozbek oyim roli zotan Ozbek millatini tamsil etadi...buni hamma bilsa kerak...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version