SHOIR (Hikoya). Karel CHAPEK  ( 8545 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  14 Aprel 2008, 12:04:17

— Marhamat qilib, ayting-chi, — xitob qildi Meyzlik. — Xo‘p mayli, qani, asaringizni bering-chi? Rahmat. Demak, bu yerda nima deyilgan? Hm... "œTun pardasida saf tortgan uylar..." Nega saf tortgan? Tushuntiring-chi?

— Jitnaya ko‘chasi, — xotirjam gapirdi shoir. — Ikki qator uylar. Tushundingizmi?

— Nega endi Milliy prospekt emas? — ishonqiramay so‘radi Meyzlik.

— Chunki Milliy prospekt bu ko‘cha kabi to‘ppa-to‘g‘ri emas, — dadil javob berdi shoir.

— Xo‘p, yana o‘qiymiz: "œMandolinada tong chalganda kuylar...", tushunarli. "œQirmiz yuzin ochib kelar qizaloq..." Uzr, qizaloq qaerdan kelib qoldi?

— Tonggi shafaq, — lo‘nda javob qildi shoir.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:04:58

— Ha, unday bo‘lsa, kechirim so‘rayman. "œOlis Singapurga ketganday uchib, poygachi avtoda ruhini quchib..."

— Chamasi, o‘sha avtomobilni tasavvurim shunday qabul qilgan, — tushuntirdi shoir.

— U poygachi avtomobilmidi?

— Bilmayman. U quturganday tez uchib ketdi degan ma’noda. Xuddi dunyoning narigi chetiga shoshayotganday.

— Ha-ha, yaxshi. Masalan, Singapurga-a? Lekin nega aynan Singapurga, xudo haqqi?

Shoir yelkalarini qisdi.

— Bilmayman, ehtimol u yerda malayyalar yashashi uchun bo‘lsa kerak.

Shoir tutilib qoldi.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:05:38

— Balki, mashina jigarrang bo‘lgandir, — o‘ylanib gapirdi u. — U yerda jigarrangga oid nimadir bor edi. Aks holda Singapur qaerdan kelib qolardi?

— Mayli, — dedi Meyzlik. — Boshqa guvohlar mashina ko‘k, to‘q qizil, qora rangda edi, deb aytishdi. Kimga ishonish kerak?

— Menga, — dedi shoir. — Men tasvirlamoqchi bo‘lgan rang ko‘z uchun yoqimli.

— "œTo‘zonga qulagan uzilgan lola", — o‘qishda davom etdi Meyzlik. — "œ...uzilgan lola" — nima bu, mast kampirshomi?

— Men bu haqda bunday yoza olmas edim-da! — afsus bilan dedi shoir. — U ayol kishi edi, bor-yo‘g‘i shu. Tushunarlimi?

— Ha-a! mana bu-chi: "œO, oqqushjon bo‘yni, qontalash siyna!, Ikki besabr novda beparvogina, ajal nog‘orasini savardi dardli..." Xom xayollarmi bu?

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:07:07

— Qani ko‘rsating-chi, — dedi engashib shoir. — Hmm... "œO, oqqushjon bo‘yni, qontalash siyna! Ikki besabr novda... Ajal nog‘orasi...", nima ekan bularning ma’nosi?

— Men sizdan xuddi shuni so‘rayapman, — kinoya bilan so‘z qotdi politsiya amaldori.

— To‘xtang, — mulohaza qilardi Nerad. — Nimadir bor, bu timsollarni yodimga solgan...

— Ayting-chi, ikki raqami oqqushning bo‘yniga o‘xshamaydimi? Mana, qarang.

Va u qalam bilan 2 ni yozdi.

— Ha, — endi qiziqish bilan xitob qildi Meyzlik. — "œQontalash siyna-chi?"

— Bu, axir 3 raqami. U ikkita chala aylanadan tarkib topgan. Shunday emasmi?

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:07:37

— Ikki besabr novda va ajal nog‘orasi qoldi! — to‘lqinlanib ketdi politsiya amaldori.

— Ikki besabr novda, ajal nog‘orasi... — o‘ylardi Nerad. — Ajal nog‘orasi va cholg‘uvchi novdalar... Balki, u beshdir-a? Qarang. — U 5 raqamini yozdi. — Quyi doira nog‘oraga o‘xshaydi, ustida ikki novda, xuddi alifday.

— Xo‘sh, — dedi Meyzlik varaqda 235 raqamini yozar ekan. — Siz avtoning nomeri 235 ekanligiga ishonasizmi?

— Nomer? Men hech qanday nomerni payqamadim, — qat’iyan qarshi chiqdi Nerad. — Lekin nimadir borki, men shunday deb yozganman. Menimcha, she’rning eng muvaffaqiyatli joyi shu bo‘lsa kerak. Siz nima deb o‘ylaysiz?..

Ikki kundan keyin Meyzlik Neradning uyiga kirdi. Bu safar shoir uyquda emasdi. Huzurida bir qiz borligidan, u politsiya amaldorini o‘tqazishga stul topolmay qoldi.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:08:16

— Men bir lahzaga xolos, — dedi Meyzlik. — O‘sha avtomashinaning nomeri haqiqatan ham 235 bo‘lganligini aytib qo‘yish uchun kirdim.

— Qanaqa avtomashina? — ajablandi shoir.

— "œO, oqqushjon bo‘yni, qontalash siynalar! Ikki besabr novdalar, ajal nog‘orasin savardi dardli!" — to‘xtamay xitob qildi Meyzlik. — Singapur ham to‘g‘ri yozilgan. Mashina jigarrang tusda ekan.

— Ha-ha! — esladi shoir. — Mana, ko‘rdingizmi, ichki voqelik nima degani. Xohlasangiz, ikki-uchta she’rimdan o‘qib beraman. Endi siz ularni tushuna olasiz.

— Boshqa safar! — shoshilib javob qildi politsiya amaldori. — Yana shunday hodisa yuz berganda-a, xo‘pmi?

Rus tilidan Nurbek ABDULLAYEV tarjimasi

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Avgust 2008, 06:14:53

Yaxshi hikoya ekan. Lo'ndagina, ma'noli.

Qayd etilgan