Umumiy bo'lim > Madaniyat

O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..

(1/16) > >>

qaysar:
O'zbekcha "VIAGRA"

TV Markaz kanalini ko'rib, o'zimni xuddi MTV ni ko'rayotganday his qildim. Yangi guruh chiqibdi: "Setora"! Ashulalari nomi: Sen unga ishonma!
Men avval ko'rib bu chet-elliklar kim ekan deb qiziqayotgan edim. Keyin bilsam, ular o'zimizning o'zbek! lar ekan. Ularning harakatlari, ishva-nozlari, kiyinishlari istalgan "Viagra", "slivki" qizlarinikidan oshsa oshadiki, aslo qolishmaydi. Ekranda istagan narsangizni tomosha qilishingiz mumkin...
Hayron qoldim: nahotki o'zbek qizlari shunchalik o'zligini yo'qotgan bo'lsa? Mayli, yo'qotgan o'zgalardir,
Lekin nega ularni TVga chiqarishadi? Bundan maqsad nima? Boshqa qizlarga ham "hayot lazzatlari"ni o'rgatishmi? Yoki ko'rsatib qo'yishmi qizlarimizning "nimalarga qodir"liklarini?
Tushunmadim, tushunmadim...

qaysar:
"Ming bir kecha" va Yasmina

TV Markaz degani juda "zo'r" kanal chiqibdi-da! Har kuni yangi nom, har kuni yangi qo'shiq! Lekin bunisiga nima deyishgayam hayron bo'lib qoldim. "O Lally!" qo'shig'i ijrochisi Yasminaxon o'zlarini "Ming bir kecha" ertaklarida his qildilar shekilli.
Erkak kishi yotog'i, u ayolni chorlamoqda... Klip aynan shunday boshlanadi va klip davomida shu holat davom etadi. Haromga to'la ziyofat, klip qahramoni maroq bilan chilim tortadi. Atrofda jononlar hirom aylaydilar...
Bu bilan nimaga da'vat etishmoqchi? Zinogami? Ichkilikkami? Giyohvandlikkami? Behayolikkami?
Tushunmadim, tushunmadim...

qaysar:
Plyajdagi "Afruz"

Bu tinib-tinchimagan "Afruz"chilar, kechagina tuxumdan chiqib nelarga qodirliklarini ko'rsata boshlashibdi. Plyaj, hamma yarim yalang'och, bu bolalar esa shular davrasida qo'shiq aytadilar.
Nima, o'zbekcha klip qilishga plyajdan boshqa joy qurib ketganmi? Yoki yalang'och erkagu ayolni namoyish qilish bilan ma'nisiz ashulalari haridorgir chiqib qoladimi?
Tushunmadim, tushunmadim...

qaysar:
Dam ovotti mario!

Shu Davron Ergashevgayam tushunib bo'lmay qoldi. Oldinlari bir yaxshi qo'shiqlar aytardi. Endi esa allaqanday bir boshqacha ashulalar bilan odamni jig'iga tega boshladi. Avvaliga "zakonniy"ga chidadik, lekin "Mario"si o'tib tushdi. hadeb bitta qiz "mario" deb qichqiraveradi, kim o'zi mario? Qo'shiqqa nima aloqasi bor?
Qo'shiq matniga maymunlar qon yig'laydi. Shunchalik ham savodsizlik bo'ladimi? Qo'shiq ekan deb istalgan so'zni qo'yib aytaveradimi? "Uxlavotti mario, dam ovotti mario, manimcha u mario jahlimni biladiyo"
Shu ham she'rmi? Shu ham qo'shiqmi?
Tushunmadim, tushunmadim...

qaysar:
Ozodlik ham evi bilan-da!

Shahzodbek degan repper "Ozodman" deb "barcha bevafo, jossalar, tyolkalar, chivihalar"ga murojaat qilibdilar. Murojaat ham shu darajadagi ichida yo'q gapning o'zi yo'q. Inglizchalab onasini, qizni so'kadimiyey yana allaqanday notanish iboralar...
Nega shunday ashulalar tarqab yuribdi, bemalol prokatlarga chiqarilgan? Axir qani vijdon?
Tushunmadim, tushunmadim...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version