So'rovnoma

O'zbek estradasining hozirgi holati haqida nima deya olasiz?


Yaxshi
  2 (5.3%)
O'rtacha
  4 (10.5%)
Yomon
  9 (23.7%)
O'ta achinarli
  17 (44.7%)
Men umuman estradaga qiziqmayman
  6 (15.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 37



O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..  ( 62323 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:41:49

farzonochka:

Man hozirgi ashulalala 0 ball ham bermasdim torisi, endi ayrimlarini hisobga olmaganda, masalan Kvartetmi kim edi u ishqilib "SMS yubor menga" degan ashulasini atayin eshitib kordim, qanaqa ma`no bor ekan deb. topomadim... xullas, umuman hozir ashula eshitishshi hojati yo..

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:42:01

Mohinur:

Ular-ku, hech nimamas.
Shohruh Repperni eshitib ko'ring, hayratdan yoqa ushlaysiz...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:42:13

farzonochka:

ha, haqiqatdan ham juda be`mani ammo uni yigitlar emas qizla ham yoqtirishadi, man tushunmadim... u ham mayli, man radiodan bitta ashula eshitib qoldim, kimligini bilmimanu sozlari esimda qogande boldi.... "Sochini alvastiga oxshatib kochaga chiqadi, u baxtga loyiq emas.." xullas ochirib tashlagandim,,, u nima degani????Inson ashula eshitib madaniy xordiq chiqarish kere aslida... bu esa odammi charchatadi...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:42:28

Feruza:

To'g'ri aytasiz Mohinur!
Hayratdan yoqa ushlaysiz. Menga umuman yoqmaydi. Shu Shoxrux deyishardi, eshitib ko'rsam na qo'shiqda mazmun na boshsqa narsa. Bunaqa qo'shiqlarni eshitib "madaniy hordiq" olgandan ko'ra hordiqsiz ishlaganim ming marta afzal

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:42:43

Shoir:

Ha, bu janobning "qos'hiq"larini tinglab odamning ensasi qotadi. Nima deyayotganini umuman tushunib bo'lmaydi.
"Shaharda pana yo'q,
Darxonda pana yo'q,
Janna yo'q.
Qoshinimni qizi Leyli.
Ertalab birga uyg'ondik."
Bu bilan nima demoqchi?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:42:57

Uztermbek:

Ha-a... bunaqa 'kosa tagi nimkosa' qabilidagi qo'shiqlar o'zi yangi emas... Lekin hozir rosa urchtishayapti... Tohir Sodiqovning bitta qo'shig'ini eslang(ajab, shu qo'shiqning musiqasi menga yoqadi...): "Jala quysin ertagacha... u qolsin yonimda... ertalab meniki bo'lib uyg'onsin..." Keyin shu ashulani setorachilar aytib chiqishdi ;D

Lekin, 'tan olib' aytish kerak, bu Shohrux deganlari ham: "unda-bunda.. yana bir nima.. mani baxtim ota-onada" ham deb qo'yadi :)) Buzib aytsa ham, yaxshi gaplari yo'q emas...

U kungina marshrutkada ketayotib, Manzura Yo'ldoshevaning shu paytgacha ham yoqtirmaganim bir nag'masining so'zlariga e'tibor berib qoldim. U aytdi:

Nega yonimga kelmiysan?
Axir men seni hohliyman.... :o

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:43:10

Shoir:

Kecha yana radioda bir qo'shiq eshitib qoldim. Qiz bola aytayapti. Kimligini bilmadim. Yangi chiqqanlaridan:
"Onangga ayt, menga tezroq sovchi yuborsin.
Vasling istab ortiq sabrim qolmadi..."

Astag'firulloh. Qiz bola ham shunaqa deb ashula aytadimi? O'zbek qiziya? Qani o'zbekona hayo ibo? Uyalish?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:43:21

* * *

Bir qo‘shiqchi singlimizning telemuxbir bilan qilgan suhbatlari kishini taajjubga soldi. Singlimiz san’at cho‘qqisini ko‘zlab, shaharga kelibdilar. Erlari bilan ajralishibdilar. Uch yoshli farzandlari qishloqda, onalari tarbiyasida ekan. «Uyga borsam, bolam meni tanimaydi», deb kuldilar. (Aqlli ona bunday holda yig‘lashi kerakmasmi?)Yana dedilarki, ustoz qo‘shiqchi opalaridan «oilamni nima qilay?» deb so‘ragan ekanlar, «sen san’atni o‘yla», degan «dono» nasihatni quloqqa olibdilar.
Hech kim «avvalo ona bo‘ling», demabdi.
Hozir «uyga borsam bolam tanimaydi», deb kulyaptilar.
Keyinchi, yillar o‘tib yig‘lamaydilarmikin?
Ikki tuyaqush oila qurib, ko‘payish ilinjida tuxum qo‘yarkanlaru, og‘irliklari tufayli uni sindirib, keyin fig‘on chekarkanlar. Oxiri ular dono tuyaqushdan maslahat olmoq uchun necha kunu necha tun yo‘l bosib, sahroning narigi chetiga boribdilarda:
— Bizga yordam bering, bizdan ham nasl qolsin, — deb yalinishibdi.
Ularning iztiroblarini tinglagan dono tuyaqush:
— Nasl qoldirish uchun faqat istak-xohishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu oson ish emas, mashaqqatni yengishingiz lozim bo‘ladi, — debdi
— qanday mashaqqatligini ayting, biz hammasiga tayyormiz, — deyishibdi ikki tuyaqush.
— Unday bo‘lsa, diqqat bilan tinglangu, yodingizga muhrlang: nasl qoldirishning eng muhim sharti — yurak taftidir. qo‘ygan tuxumingizga faqat yuragingizning haroratigina jon bera oladi. Shuning uchun unga eng qadrli, eng aziz narsaday munosabatda bo‘ling va ehtiyotlang.
Er-xotin tuyaqush bu maslahatga amal qilishibdi. Tuxum qo‘yilgach, har qanday rohatdan voz kechib, faqat uning uchun parvona bo‘lishibdi. Ochlik, suvsizlikka ham chidashibdi. Oqibat ulug‘ mukofotga erishishibdi — tuxum yorilib, jajji tuyaqushning boshchasi ko‘rinibdi...
Ashulachi singlimizga Xudo ovoz beribdi, farzand ham beribdi-yu, yuragiga harorat bermabdi-da, attang...

Tohir Malik

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:43:38

AbdulAziz:

Ba’zi insonlar san’at, pul yo’lida insonlikni unutadilar. Oilani unutadilar.

Yangi insonlar, yangiz xushtorlar"¦, sahna, olqishlar, stadion, konsert zallari, uchrashuvlar, gazeta, jurnal, radio, TV"¦

Bularning hammasi ularga har doimgidek tuyuladi. Ertaga ham shun zaylda davom etadigandek"¦ Lekin ertaga ularni kim eshitadi, kim chorlaydi, o’ziga, shuni o’ylashmaydi. Yoshlikda o’ynab qol deyishadi, tavsiya etishadi. Yoshlari o’tib, endi pardoz vositalari ham pand bermaydigan holga kelganlarida endi ular yoshlarga ustozlik qiladilar, san’atda cho’qqiga erishish asrorlarini o’rgatadilar. Eng yomoni — dono maslahaygo’yga aylanishadi"¦
Qarib qartayganlarida esa farzandsiz"¦uysiz, joysiz, qariyalar uyidan yoki pastqam kulbalardan joy olishadi"¦

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:44:03

Shoir:

O'zim unchalik shou-biznesga qiziqmayman.
Lekin kecha bir narsani eshitib qoldim: Yulduz Usmonova xorazmlik qizlarning sha'niga yaxshi gap aytmaganmish.
Keyin Ozoda Nursaidova bunga javob qilganmish?
Sizlar nima deysizlar?

Qayd etilgan