Assalomu alaykum, aziz forum ishtirokchilari.
Manda bir taklif bor edi.
Ihyou ulumiddiynn kitobi qanday kitob ekanligini juda yaxshi bilamiz.
Ulardan bitta-bitta o'zekcha tarjimalar chiqayotgani ham sir emas.
Man internetdan bu kitobning arabcha varianti olgan edim.
Forum a'zolari ichida arab tilini biladiganlar borligini bilgandim.
Shundan kelib chiqqan holda quyidagi taklifni bildirmoqchiman:
Har kuni, yoki kun ora shu kitobning arabcha varianti oz-ozdan (misol uchun 6-7 qator) forumga joylansa-da, arab tilini biladigan birodarlarimiz o'zlari bilgan joylarini tarjima qilib berishsa, InshaAlloh bu hamma uchun foydali bo'lar edi.
Iltimos oldin bu haqidagi o'z fikrlaringni bildirsanglar.
Eng avvalo forumimiz admini Abdulaziz akadan bu narsa haqidagi fikrlarini bilmoqchi edim.
Assalom alaykum.
Bu fikrlar mani bir tarafdan hursand qilgan bo'lsa bir tarafdan esa qo'rqitadi. Agar kimdir tarjimani qilaolsa juda hursand bo'larlik voqea. Lekin bir narsani unutmaslik kk. Bu oddiy hal etiladigan, narsa emas. Alloh saqlasin tarjimada birozgina hatolikga yo'l qo'yilsa nima bo'lishini o'ylab ko'rilar??
Shunig uchun hursand bo'lishdan ko'ra, ko'proq tashvishdaman va juda qo'rqaman. Alloh saqlasin sof dinimizga, biroz bo'lsada hatolik kirib qolishidan.
Mani ojizona fikrim bu borada sabr qilib, boshlarini ham tarjima qilishlarini, ilmli kishilarga qo'yib beraylik.
Chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin !!!
Biror kishi ggaplarimdan hafa bo'lgan bo'lsa, uzr!