Va alaykum assalom!
Yurist, fikringiz juda yaxshi. Lekin mening mulohazalarim shunday: odatda do'st achitib gapiradi...
1. Xullas, avvalo o'rganish kerak, forum yoki
www.ziyouz.com foydalanuvchilarining bu qonunlarga ehtiyoji bormi? Qay darajada ularga bu foydali? Masalan, men unchalik qiziqmayman.
2. Avval internetda bunday loyiha bo'lgan ekan. Nega endi yana uni takrorlash kerak. G'oya o'g'irlash bo'lib qolmaydimi?
3. Agar joylansa ham, download qilib olinadigan holda joylanaversin. Kerakli odam o'zi olaveradi. Qonunlar bazasi juda ko'p, uning matnini forumga kiritish bilan vaqt o'tkazguncha boshqa foydali manbalarni kiritgan ma'qul.
4. Asosiy gap: bir ishni yakunlamay turib, ikkinchisini boshlash har ikkisining ham chala qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Yurist, avvalo oldingi loyiha
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini tugataylik. Chunki bu foydali manbani tezroq foydalanuvchilarga yetkazish kerak. Undanso'ng esa boshqa loyihalar haqida bosh qotirsa bo'ladi.
5. Usmonning gaplarida jon bor.
Umumiy bo'limda
Huquqiy maslahatxona deb mavzu ochilsa, foydalanuvchilar o'zlarining savollarini o'sha yerda qoldirishsa bo'ladi.