Va alaykum assalom!
Yurist, fikringiz juda yaxshi. Lekin mening mulohazalarim shunday: odatda do'st achitib gapiradi...
1. Xullas, avvalo o'rganish kerak, forum yoki www.ziyouz.com foydalanuvchilarining bu qonunlarga ehtiyoji bormi? Qay darajada ularga bu foydali? Masalan, men unchalik qiziqmayman.
2. Avval internetda bunday loyiha bo'lgan ekan. Nega endi yana uni takrorlash kerak. G'oya o'g'irlash bo'lib qolmaydimi?
3. Agar joylansa ham, download qilib olinadigan holda joylanaversin. Kerakli odam o'zi olaveradi. Qonunlar bazasi juda ko'p, uning matnini forumga kiritish bilan vaqt o'tkazguncha boshqa foydali manbalarni kiritgan ma'qul.
4. Asosiy gap: bir ishni yakunlamay turib, ikkinchisini boshlash har ikkisining ham chala qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Yurist, avvalo oldingi loyiha O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini tugataylik. Chunki bu foydali manbani tezroq foydalanuvchilarga yetkazish kerak. Undanso'ng esa boshqa loyihalar haqida bosh qotirsa bo'ladi.
5. Usmonning gaplarida jon bor. Umumiy bo'limda Huquqiy maslahatxona deb mavzu ochilsa, foydalanuvchilar o'zlarining savollarini o'sha yerda qoldirishsa bo'ladi.
-Assalomu alaykum WR WB....
-Aziz birodarlar sizlarni bu munozaralaringa be ijozat va be mavrid qo'shilganim uchun avvalo UZUR...
-Endi kiribmanmi demak o'z FIKRimni bildirib chiqib ketaman (bu mani yomon odatim)...
Manimcha teppada "Iqtibos" qilib olganim hamma fikrlar to'g'ri deb o'ylayman.
-Bu forum hamma narsalar bilan aralashib ketadimi deb qo'rqaman...
SABAB: Hamma narsa sal-sal, ozgina-ozginadan boshlanadi, manimcha teppada ko'tarilgan mavzuni yopish kerak.... yana bir bor UZUR...
Men bu fikrga unchalik qo'shilmayman.Chunki qonunlarimizni albatta bilishimiz kerak,deb o'ylayman.Masalan,men har bir qonunimizni o'rganib borishga harakat qilaman.