Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 444664 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 96 B


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:10:51

57-bob. Birovning marjonini vaqtincha olib taqmoq haqida.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Asmoning marjoni (bo’ynimdan uzilib tushib) yo’qolib qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam uni tonib kelish uchun odam yubordilar. Shu asnoda namoz vaqti bo’lib qOldi. Ular (odamlar) betahorat erdilar. Qidirib suv tonisha olmagach, tahoratsiz namoz o’qishdi, keyin bu haqda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga aytishdi. Shunda, Olloh taolo tayammuy haqida o’z oyati karimasini nozil qildi».Hishom: «Oisha o’sha marjonni vaqtincha taqib turmoq uchun Asmodan so’rab olgandi»,—deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:11:53

58-bob. Ayollar sirg’asi haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ayollarga sadaqa qilmoqni amr qildilar. Men ularning quloqlariga qo’llarini uzatib. sirg’alarini olayotganlarini ko’rdim».


Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:13:03

59-bob. Sochning oqi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga Madina bozorlaridan birmda erdim. Janob Rasululloh (boaordan)  qaytdilar, men ham qaytdim. Keyin: «Qaii mening kichkintoyim?!« —deb uch marotaba takrorladilarda: «Hasan ibn Alini chaqir!» — dedilar. Hasan ibn Ali bo’yniga munchoq taqqan holda o’rnidan turib kela boshladi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam quchoqlarini ochib: «Mana bunday qil!» dedilar. Hasan ibn Ali ham quchog’ini ochib Mana bunday qiling!»— dedida, ul zotning bag’rlariga o’zini tashladi. Janob Rasululloh: «Ey xudoyim, men buni juda Ham yaxshi ko’ramak buni yaxshk ko’rganni hai  yaxshi ko’raman dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu gapni aytganlaridan so’ng Hasan ibn Ali mening uchun eng suyukli odam bo’lib qoldi!» — deydilar


Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:14:13

60-6ob. Ayolchalish erkaklar va erkakchalish ayollar

Ibn Abbos raziya-glouu apzu rivoyat kaladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni hamda erkaklarga taqlid kiluvchi ayollarni la’natladilar».


Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:15:36

61-bob. Ayolchalish erkaklarni uylardan haydab chiqarmoq lozimligi xususida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xotinchalish erkaklar birlan erkakchalish xo-inlarni la’natlab: «Ularni uylariigizdan xaydab chiqaringiz!—dedilar». Ibn Abbos: «Nabiy sallallohu alayhi va sallai falonchiii, Umar ersa nistonchini uydav haydab chiqarganlar»,— dedilar.

Zaymab binti Abu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Umma Salamaning huzurida edilar, uyda xunasa bor edi. Janob Rasululloh Ummu Salamaning ukasiga: «Ey Abdulloh, agar ertagashi fath qilmoq sizlarga nasib bulsa. unda men senga G’aylonning qizini ko’rsataman. U to’rttasi bilan ayollik qilib, sakkiztasi bilan erkaklik vdladi» — dedilar. So’ng yana: «Ularni uyingizga kiritmangiz!» —deb qo’shib qo’ydilar». Abu Abdulloh (al-Buxoriy) bunday deydilar: «Тo’rttasi bilan ayollik qiladi, deganlarida qizning qornidagi to’rt qavat yog’ qatlamini nazarda tutganlar. Qiz o’sha yeri bilan ayellik qilgan. Sakkiztasi bnlan erkaklik qiladi, deganlarida ersa to’rt qavat yog’ qatlamining o’zaro  yonishib hosil qilgan uchlarini nazarda tutganlar. Ammo, sakkiztasi bilan, desalarda, uning hammasi bilan demoqchi emaslar. Chunki, o’sha uchlardan faqat bittasigina zakardir. Zakar ersa sakkiz uchli bo’lmaydi».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:16:41

62-bob. Mo’ylabni qisqartirmoq haqida

Ibn Umar mo’ylablarini shunchalik kalta qilib olardilarki, hatto (mo’ylab ostidagi) teri oqarib ko’rinib qolardi. Ikkalasini ham, ya’ni mo’ylab birlan soqolni ham shunday kalta qilib olar erdilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo’ylabni qisqartirmoq fitratdandir (ya’ni, azaldan inson yaratilgandan beri sunnatdir)»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Besh narsa—xatna qilmoq, avrat junini qirmoQ qo’ltiq junini yulmoq, tirnoq olmoq va mo’ylabni qisqartirmoq fitratdandir»,— deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:17:26

63-bob. Тirnoq olmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Avrat junini qirmoq, tirnoq olmoq va mo’ylabni qisqartirmoq fitratdandir (azaldan sunnatdir)»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Rasulullohsallellphu alayhi va sallamning «Besh narsa  xatna qilmoq, avrat junini qirmoq, mo’ylabni qisqartirmoq, olmoq va qo’ltiq junini yulmoq fitratdandir» —deganlarini eshitdim»,—dedilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mushriklar singarm ish tutmanglar, soqolni mo’l quyib, muylabni qisqartiringlar!» — dedilar».

Ibn Umar haj yokim umra qilsalar, soqollarini tutamlab, tutamlari (qabzalari) dan ortig’ini qirqib tashlar erdilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:17:53

64-bob. Soqolni mo’l qo’ymoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo’ylabni qisqartirib, soqolni mo’l qo’yinglar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:18:30

65-bob. Sochning oqi haqida

Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladilar: «Men Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sochlarini) bo’yaganmilar?»— deb so’radim. U: «(Sochlariga) ozgina oq tushgan, xolos»,— deb javob berdi».

Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sochlarini bo’yaganmilar?» — deb Anasdan so’rashdi. U: «Sochlari bo’yaydirgan darajada oqarmagan. Agar istasam, soqollarining oqi qanchaligini bemalol sanay olardim»,—deb aytdi».

Usmon ibn Abdulloh ibn Mavuib rivoyat qiladilar: «Ahlim menga suv ichadigan qadahni berib Rasulullohning zavjalari — Ummu Salamaning huzuriga yubordi. Isroil Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (asrab qo’yilgan) sochlaridan uch chimdimini (qadahdagi suvga solib chayib oldi va bu bi.pyan qadyahdyagi ouvni tyabarruk qi.ttib berdi. Ko’z tekkan yokim boshqa qandaydir dardga chalingan shaxs o’zining suv idishlaridan birortasini (undagi suvni tabarruk qilib berishlari uchun) Ummu Salamaga yuborar erdi. Men idishning ichiga ko’z tashlab erdim, bir qancha qizg’ish soch tolalarining mavjudligini ko’rdim».

Usmon ibn Abdulloh ibn Mavuib: «Ummu Salamanichg Huzurlariga kirib erdim, bizgya Nyabiy yeallallohu alayhi va sallamning bo’yalgan sochlaridan olib chiqib berdilar»,— deydilar.
Nusayr ibn Abu al-Ash’as aytadilarki, Ummu Salama Ibn Mavhibga Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qizil sochlarini ko’rsatgan erkanlar.   .   . ,
    

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:19:33

 66-bob. (Soch-soqolni) bo’yamoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yahudiy va nasorolar (soch-soqollarini) bo’yamaydilar, siz ular singari ish tutmangiz!» — dedilar».


Qayd etilgan